YouVersion Logo
Search Icon

Ishayo 15

15
15–BOB
Xudo Moʻabni vayron qiladi
1Moʻab#15:1 Moʻab — 11:14 ning birinchi izohiga qarang. haqida bashorat:
Vayrona boʻldi tunda,
Moʻabdagi Or shahri nidosiz yotar.
Vayrona boʻldi tunda,
Moʻabdagi Xir shahri#15:1 Xir shahri — Xir–Xarasotning yana bir nomi. Bu shahar Moʻab yurtining poytaxti edi. nidosiz yotar.
2Moʻab xalqi oʻz xudosining uyiga chiqdi faryod qilgani,
Ha, Dibonliklar sajdagohiga chiqdi nola qilgani.
Har birining sochlari qirilgan,
Har birining soqoli olingan,
Navo va Midavo shaharlari uchun Moʻab nola chekar.
3Koʻchalarda xalq qanorga oʻrangan#15:2-3 …sochlari qirilgan…soqoli olingan…3…qanorga oʻrangan — qanor dagʻal qoramtir mato boʻlib, echki yoki tuya junidan toʻqilgan. Sochni qirish, soqolni olish va qanorga oʻranib olish umidsizlikni va qaygʻuli holatni ifodalaydi..
Tomlarda, xiyobonlarda faryod qilib,
Hammasi koʻz yoshlarini toʻkar.
4Xashbon, Elaley ahli faryod chekar,
Ularning ovozi Yaxazgacha eshitilar.
Moʻabning qurollanganlari faryod etar,
Ular qoʻrquvdan qaltirar.
5Yuragim Moʻab uchun faryod qiladi,
Qochoqlar qochib borar Zoʻvarga,
Eglat–Shalishiyo shahriga.
Luxit tepaligiga ham ular yigʻlab boradi.
Hatto Xoʻronayim yoʻlida
Ular halokat tufayli figʻon chekadi.
6Ha, oʻtlar qurib ado boʻldi,
Maysalar tamom boʻldi.
Yashillikdan asar qolmadi,
Nimrim suvi xarob boʻldi.
7Endi ular oʻzlari erishgan boyliklarni,
Oʻzlarining hamma mol–mulklarini
Arabim soyligi orqali olib ketadi.
8Faryod yetib borgan Exlayim shahrigacha,
Yigʻi yetib borgan Ber–Ilim shahrigacha,
Moʻab yurti ohu nolaga toʻldi!
9Ana, Dibondagi suvlar#15:9 Dibondagi suvlar — Arnon daryosi nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. qon bilan toʻla!
Ammo endi Xudo Dibonga#15:9 …Dibon…Dibon… — Qumron qoʻlyozmalaridan, qadimiy yunoncha tarjimaning baʼzi qoʻlyozmalaridan va qadimiy lotincha tarjimadan. Ibroniycha matnda …Dimon…Dimon…. battarini qiladi.
Moʻabning qochib qutulganlariga,
Yurtdagi qolgan–qutganlarining boshiga
Sherlarni olib kelaman.

Currently Selected:

Ishayo 15: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in