Ishayo 12
12
12–BOB
Shukrona qoʻshigʻi
1Oʻsha kuni sen aytasan:
“Senga shukur aytaman, ey Egam,
Mendan gʻazablangan eding,
Gʻazabing bosildi, ey Egam,
Menga Sen tasalli berasan!”
2Sen yana aytasan: “Ha, Xudo najotimdir,
Qoʻrqmasman, U mening umidimdir.
Egamning Oʻzi#12:2 Egamning Oʻzi — ibroniycha matnda Yah Yahveh. Ibroniychada Yahveh Xudoning ismidir, Yah — Yahvehning qisqa shakli. mening kuch–qudratimdir#12:2 …kuch–qudratimdir — yoki …qudratim, shukrona qoʻshigʻimdir.,
U mening qutqaruvchimdir.”
3Shod boʻlib, najot chashmasidan suv olasiz.
4Oʻsha kuni aytasiz:
“Shukronalar aytaylik Egamizga.
Sajda qilaylik Unga!
Qilgan buyuk ishlarini
Xalqlar orasida ovoza qilaylik,
Nomi yuksalganini yodga solaylik!”
5Hamdlar ayting Egamizga!
Butun yer yuzida boʻlgan ovoza
Uning qilgan ajoyib ishlari!
6Xitob qiling, hayqiring shodlikdan, ey Quddus#12:6 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 1:8 izohiga qarang. ahli,
Buyukdir orangizdagi Isroil xalqining Muqaddas Xudosi.
Currently Selected:
Ishayo 12: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

:
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020