YouVersion Logo
Search Icon

Xoʻsheya Kirish

Kirish
Mazkur kitob Xoʻsheya paygʻambarning nomi bilan atalgan. Xoʻsheya paygʻambar Amos paygʻambardan keyin vaʼz qilgan. U asosan Isroilda#Isroil — mazkur kitobda shimoliy shohlik Isroil degan nom bilan, janubiy shohlik esa Yahudo degan nom bilan yuritilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi ISROIL va YAHUDO soʻzlariga qarang., yaʼni shimoliy shohlikda, shohlik qulashidan oldin faoliyat koʻrsatgan. Isroil shohligi miloddan oldingi 722 yilda qulagan.
Kitobning dastlabki uch bobida Xoʻsheyaning oilaviy hayoti tasvirlanadi. Xoʻsheyaning oilasi u Isroil yurtida vaʼz qilgan xabarning jonli surati boʻlib xizmat qiladi. Xudo Oʻz xalqi Isroilning bevafoligini koʻrsatmoqchi boʻlib, Xoʻsheyaga: “Fohisha ayolga uylan”, deb amr qiladi. Fohisha ayol Xoʻsheyaga uch farzand tugʻib beradi. Xoʻsheyaning farzandlariga Xudo Isroil xalqining jazolanishini eslatib turadigan ismlarni qoʻyadi. Xudo Xoʻsheyaga: “Bevafo xotiningni sevgin”, deb amr qiladi, chunki bu sevgi Xudoning bevafo Isroil xalqiga boʻlgan abadiy sevgisining timsoli boʻladi.
Kitobning qolgan qismida Xudoning Isroil xalqi bilan tuzgan ahdiga alohida eʼtibor beriladi. Bu ahdga koʻra, Xudo va Isroil xalqi bir–biriga sadoqatli, vafodor boʻlishlari kerak boʻladi. Xudo doimo ahd shartlarini bajarib keladi, Isroil xalqi esa har safar ahd shartlarini buzadi. Ular Xudoning yordamiga ishonmay, lashkarining kuchi va boshqa yurtlarning yordami bilan oʻzlarini himoya qilmoqchi boʻladilar. Bundan tashqari, butlarga sigʻinib, yaxshi hosil yigʻib olamiz, mol–qoʻylarimiz koʻpayadi, deb umidini butlarga bogʻlaydilar.
Isroil va Yahudo xalqlari Xudodan yuz oʻgirishadi, Xudo ular bilan bu borada daʼvolashadi, ularni ahdni buzganlikda ayblaydi. Ular qilgan gunohlari uchun jazosini tortishadi.
Ularning gunohlariga qaramay, Xudo Oʻz xalqini sevadi. Nihoyat, Xudoning beqiyos sevgisi ularning qalblarini zabt etadi, Xudo va xalq orasidagi munosabat tiklanadi. Xullas, Xoʻsheya kitobi Xudoning mehribonligi va sodiq sevgisi haqidagi kitob, deb aytsak mubolagʻa boʻlmaydi. Zero, Xudo bu cheksiz sevgisi tufayli Oʻzining bevafo xalqidan yuz oʻgira olmaydi.

Currently Selected:

Xoʻsheya Kirish: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in