YouVersion Logo
Search Icon

Xoʻsheya 9

9
9–BOB
Isroil xalqi jazolanadi
1Ey Isroil, bas qil shodligingni!
Boshqa xalqlarday nishonlading sen bayramingni!
Sen Xudoga bevafolik qilding.
Baalga fohishaday#9:1 …fohishaday… — Eski Ahdda zino yoki fahsh soʻzlari koʻpincha majoziy maʼnoda ishlatilgan boʻlib, Egamizga xiyonat qilishni va boshqa xudolarga sigʻinishni bildiradi. Baalga xizmat qilish evaziga moʻl hosil olishga ishongan odamlar koʻrsatgan xizmati uchun haq oladigan fohishaga qiyos qilinganlar. sajda etding,
Olgan hosilingni Baaldan toʻlov deb bilding.
2Endi xirmonu sharob meshlaring senga yetarlicha ozuqa bermas,
Yangi sharobing chanqogʻingni bosmas.
3Sen Egamizning yurtida qolmaysan,
Misrga qaytib ketasan#9:3 …Misrga qaytib ketasan — 8:13 izohiga qarang..
Ha, Ossuriyada harom ovqat yeysan.
4Egamizga sharob nazr qila olmaysan,
Keltirgan qurbonliklaring Unga maʼqul boʻlmaydi.
Bunday qurbonliklar azadorning noniga oʻxshaydi#9:4 …azadorning noniga oʻxshaydi… — murdaga tekkan odam ushlagan non ham, oʻlik chiqqan uydagi non ham harom hisoblanardi (Sahroda 19:11-16, Qonunlar 26:14 ga qarang).,
Undan yeganlarning hammasi bulgʻanadi.
Zero, keltirgan qurbonliklaring qorin uchun, xolos,
Bunday qurbonliklar Egamizning uyiga kiritilmaydi,
Egamizga ular nazr qilinmaydi.
5Ey Isroil, endi sen tayinlangan bayramlarni oʻtkaza olmaysan!
Egamizning muqaddas yigʻinlarini nishonlay olmaysan!
6Sen ofatdan qochib qutulsang ham,
Misr#9:6 Misr — 8:13 izohiga qarang. senga changalini soladi,
Poytaxti Nuf#9:6 Nuf — Memfis nomi bilan ham maʼlum. Memfis shahri Misr shimoliy hududining markazi boʻlib, Misr tarixida birmuncha vaqt poytaxt ham boʻlgan edi. senga qabr boʻladi.
Kumush xazinalaring yantoqqa nasib boʻladi,
Xaroba uylaringni tikanak oʻt bosadi.
7Ey Isroil, bilib qoʻygin:
Hisob–kitob vaqti keldi!
Jazo olish payti yetdi!
Koʻplab gunohlaring sababli,
Cheksiz adovating tufayli,
Sen paygʻambarlarni ahmoq hisoblaysan,
Ruhdan ilhomlangan odamlarni telba deb bilasan.
8Ey Efrayim#9:8 Efrayim — 4:17 izohiga qarang.,
Xudoyim paygʻambarlarni senga posbon qildi.
Ammo sen ularni tuzoqqa tushirding,
Xudosining yurtida ularga adovat qilding.
9Givoda razillik qilgan ajdodlaringga#9:9 Givoda razillik qilgan ajdodlaring — bu ibora Hakamlar 19:11-20:48 da bayon qilingan voqeaga, yaʼni bir ayolning zoʻrlanishi va oʻldirilishi hamda shundan keyin boʻlib oʻtgan ayanchli voqealarga ishora qiladi. oʻxshab qolding,
Ularday yaramas ishlarga berilib ketding.
Ammo Xudo jinoyatingni esga oladi,
Gunohingga yarasha jazoingni beradi.
Isroilning gunohi va uning oqibati
10Egamiz shunday deydi:
“Men Isroilni ilk bor topganimda,
Sahroda uzum solgan tokni topganday boʻldim.
Ha, ota–bobolarini birinchi koʻrganimda,
Anjirning chillaki mevalarini koʻrganday boʻldim.
Ammo ular Piyor togʻiga kelganda#9:10 …ular Piyor togʻiga kelganda… — Sahroda 25:1-9 ga qarang.,
Oʻzlarini sharmanda Baalga bagʻishladilar.
Koʻngil qoʻygan oʻsha butday jirkanch boʻlib qoldilar.
11Efrayimning shuhrati qushday uchib ketadi.
Ularda na farzand tugʻiladi,
Na ayollari homilador boʻladi,
Na pushti kamaridan bola bino boʻladi!
12Farzand oʻstirish nasib qilgan taqdirda ham,
Birontasini qoldirmay yoʻq qilaman.
Holiga voy, ularni tark etaman!
13Men Efrayimni koʻrganimda,
U Tir shahriga oʻxshardi,
Goʻzal yerda joylashgandi.
Ammo endi Efrayim oʻz bolalarini
Qotil oldiga olib chiqadi.”
14Ey Egam, bu xalqingga Sendan nima tilay?!
Ayollarini bepusht qilgin,
Emiza olmaydigan qilgin.
15Egamiz shunday deydi:
“Ularning har bir qabihligi Gilgaldan#9:15 Gilgal — Isroil xalqi Gilgalda butlarga topinish uchun sajdagoh qurgan edilar (4:15, 12:11 ga qarang). boshlangan,
Oʻsha yerda nafratlana boshladim ulardan.
Qabih qilmishlari uchun
Ularni yurtimdan haydab chiqaraman.
Endi ularga mehr qoʻymayman.
Ularning hamma beklari Menga qarshi bosh koʻtargan.
16Efrayim quladi,
Uning ildizlari quridi,
Meva berishga u ojiz boʻldi.
Farzand koʻrgan taqdirda ham,
Avaylagan zurriyotini oʻldiraman.”
17Isroil xalqini Xudoyim rad etadi,
Ular Xudoga itoat qilmadi.
Xalqlar orasida darbadar boʻlishadi.

Currently Selected:

Xoʻsheya 9: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in