Xoʻsheya 8
8
8–BOB
Butparast Isroil xalqi hukm qilinadi
1Egamiz shunday deydi:
“Qani boʻling, bong uring!
Dushman#8:1 Dushman — Ossuriya lashkari nazarda tutilgan. burgutday xonadonimga hujum qilmoqda.
Axir, xalqim ahdimni barbod qildi,
Ular qonunimni buzdi.
2Isroil xalqi Menga faryod qiladi:
«Ey Xudoyim, Seni tan olamiz», deb aytadi.
3Oʻzlari esa ezgulikni rad etishdi,
Dushmanlar ularni taʼqib qiladi.
4Ular roziligimni soʻramay shohlar tanlashdi,
Ijozatimni olmay, mulozimlar tayinlashdi.
Oltinu kumushlaridan butlar yasashdi,
Shu orqali boshlariga halokat keltirishdi.
5Samariyaliklarning oltin buzogʻini#8:5 Samariyaliklarning oltin buzogʻi — Isroil, yaʼni shimoliy shohlik aholisi shoh Yeribom davridan beri buzoq shaklidagi butlarga topinar edi. Bu butni Yeribomning oʻzi yasattirgan edi (3 Shohlar 12:26-33 ga qarang). Samariya Isroilning poytaxti edi. Men rad etdim!
Ularga qarshi alanga olgandir Mening gʻazabim.
Qachon ular oʻzlarini poklab olishadi?
6Butni Isroillik hunarmand yasagan–ku,
But Xudo emas!
Samariya shahrining buzogʻi parchalanib tashlanadi.
7Shamolni ekkan odam boʻronni oʻrib olar.
Bugʻdoy boshoqsiz boʻlsa, xalq nonga zor boʻlar.
Bugʻdoyingiz boshoq tukkan taqdirda ham,
Uni begonalar yeb ado qilar.
8Boshqa xalqlar orasida Isroil ado boʻldi,
Qadrsiz sopol idishga u oʻxshab qoldi.
9Yolgʻiz daydigan qulonday u,
Ossuriyaga yordam soʻrab bordi.
Efrayim#8:9 Efrayim — 4:17 izohiga qarang. oʻzini oʻynashlariga sotdi.
10U boshqa xalqlarga sotilgan boʻlsa ham,
Men uni yigʻib olaman.
Ossuriya shohining#8:10 Ossuriya shohi — ibroniycha matnda Buyuk shoh. Miloddan oldingi 722 yilda Ossuriya shohi Shalmanasar Isroilga, yaʼni shimoliy shohlikka hujum qilib, poytaxti Samariyani zabt etdi. Soʻng Isroil xalqining aksariyat qismini Ossuriyaga surgun qildi (4 Shohlar 17:1-6 ga qarang). Shunday qilib, shimoliy shohlik tag–tomiri bilan yoʻq boʻlib ketdi. zulmi ostida
U tezda xazon boʻladi.
11Efrayim gunohlarini yuvmoqchi boʻldi,
Qurbongohlar qurib tashladi.
Qurbongohlar esa gunoh makoni boʻlib qoldi.
12Men bu xalqqa koʻplab qonunlar yozdim,
Biroq qonunlarimni ular yot deb biladi.
13Ular Men, Egasiga aʼlo qurbonliklar keltirishsa ham,
Qurbonlik goʻshtidan tanovul qilishsa ham,
Men ulardan mamnun boʻlmayman.
Men jinoyatlarini esga olaman,
Gunohlari uchun jazosini beraman.
Ular Misrga qaytib ketadi#8:13 Ular Misrga qaytib ketadi — bu oʻrinda Misrga qaytish majoziy maʼnoda ishlatilgan boʻlib, Isroil xalqining Ossuriyaga surgun qilinishi nazarda tutilgan. Xudo Oʻz xalqini Misrdagi qullikdan qutqargan edi (2:15 ga qarang), endi esa Isroil xalqi Ossuriyaliklarning qoʻliga tushib, yana zulm ostida qoladi. Yana 9:3, 11:5 ga qarang..
14Isroil oʻz Yaratuvchisini unutib, saroylar qurdi.
Yahudo koʻplab shaharlarni mustahkam qildi.
Men esa shaharlariga oʻt qoʻyaman,
Qalʼalarini olovga yem qilaman.”
Currently Selected:
Xoʻsheya 8: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020