Ibroniylar 12
12
12–BOB
Xudoga sodiq qolinglar!
1Imoni bizga ibrat boʻlib xizmat qiladigan ana shu odamlarning hammasi atrofimizni oʻrab olgan. Bu katta olomon bizni kuzatib turarkan, taqdirimizdagi musobaqada sabr–toqat bilan chopaylik. Yugurishimizga xalaqit berayotgan har qanday yukni, ayniqsa, toʻsqinlik qilayotgan har qanday gunohni bir chetga uloqtirib tashlaylik. 2Isoga koʻz tikaylik. Axir, bu imon musobaqasida U biz uchun yoʻl ochib, butun masofani bizdan oldin yugurib oʻtdi. Iso kelajakdagi shodlikka erishish uchun sharmandali oʻlimni#12:2 sharmandali oʻlim — Iso Masihning yalangʻoch holda xochda oʻldirilganiga ishora. Odatda jinoyatchilar shu tarzda oʻldirilardi (Filippiliklar 2:7-8 ga qarang). Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XOCH soʻziga qarang. Yahudiylar yogʻochga osilgan odamni Xudo laʼnatlagan deb hisoblashardi (Qonunlar 21:23, Galatiyaliklar 3:13 ga qarang). pisand qilmay, xochda azob tortib jon berdi. Hozir esa U Xudo taxtining oʻng tomonida oʻtiribdi#12:2 …Xudo taxtining oʻng tomonida oʻtiribdi — 1:3 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang.. 3Jasoratingiz soʻnmasligi va koʻnglingiz choʻkmasligi uchun Iso haqida fikr yuritinglar. Axir, U gunohkorlar tomonidan koʻp xoʻrlanib, hammasiga chidagan–ku!
Xudo Oʻz farzandlarini tarbiyalaydi
4Sizlar esa qoningiz toʻkilguncha gunohga qarshi kurashmadingizlar. 5Xudoning sizlarga Oʻz farzandlari sifatida aytgan mana bu dalda soʻzlarini unutibsizlar:
“Oʻgʻlim, Egamizning tarbiyasiga eʼtiborsiz boʻlmagin,
Undan tanbeh olganingda koʻngling choʻkmasin.
6Zero, Egamiz yaxshi koʻrgan bandasini tarbiyalaydi,
Farzand qilib olgan har bir odamni jazolaydi.”#12:5-6 Muallif bu oʻrinda Hikmatlar 3:11-12 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.
7Chekayotgan azoblaringizni Xudoning tarbiyasi deb bilib, sabr–toqat qilinglar. Chunki Xudo sizlarni Oʻz farzandlariday koʻrib, tarbiya qilyapti. Axir, har bir ota oʻz farzandini tarbiya qiladi–ku! 8Agar Xudo sizlarni boshqa farzandlarini tarbiyalaganday tarbiyalamasa, demak, sizlar Xudoning farzandlari emas, haromzodasizlar. 9Biz jismoniy otalarimizning tarbiyasini olib, ularni hurmat qilib kelyapmiz. Shunday ekan, yangi hayotga ega boʻlish uchun osmondagi Otamizga bundan–da koʻproq itoat qilishimiz kerak emasmi?! 10Jismoniy otalarimiz qisqa vaqt davomida, bizni oʻz bilganiday tarbiyalagan edilar. Xudo esa bizning manfaatimizni koʻzlaydi. Biz U kabi muqaddas boʻlishimiz uchun Xudo bizni tarbiyalaydi. 11Odam tarbiya olayotganda xursand boʻlmaydi, aksincha, qaygʻuradi. Ammo bunday tarbiyani olgan odam keyinchalik tinch–totuv va solih hayot kechiradi.
Xudoning yoʻlidan yuringlar!
12Sizlarning qoʻllaringiz toliqqan, tizzalaringiz bukilgan, ammo mahkam turing. 13Oʻzingiz uchun toʻgʻri yoʻlni tanlab yuring#12:13 …toʻgʻri yoʻlni tanlab yuring — Hikmatlar 4:26 ga qarang.. Toki orangizdagi “ojiz” va “oqsoq” odamlar yiqilmasin, balki shifo topsinlar.
14Hamma bilan tinch–totuv yashashga harakat qilinglar. Halol hayot kechirishga tirishinglar, aks holda, Egamizni koʻra olmaysizlar. 15Ehtiyot boʻlinglar, tagʻin, oʻzingizni Xudoning inoyatidan mahrum qilib qoʻymanglar. Oralaringizda achchiq ildiz oʻsishiga yoʻl qoʻymanglar, aks holda, uning zahri muammolar tugʻdirib, koʻplaringizni harom qiladi. 16Qaranglar, orangizda Esovga#12:16 Esov — Ibtido 25:29-34, 27:30-40 ga qarang. oʻxshaganlar boʻlmasin. Esov toʻngʻich oʻgʻil huquqini bir kosa ovqat uchun sotgan axloqi buzuq#12:16 axloqi buzuq — Esov oʻzining toʻngʻichlik huquqini taom evaziga sotganiga ishora boʻlishi mumkin. Bu qilmishi bilan Esov oʻzini bashariy hirslarini qondirish orqali obroʻsini toʻkkan fohishaboz erkakka teng qilib qoʻygan. Axloqi buzuq iborasi Esovning ota–onasini ranjitib, ajnabiy ayollarga uylanganiga ham ishora qilayotgan boʻlishi mumkin (Ibtido 26:34-35 ga qarang)., betavfiq bir odam edi. 17Oʻzingizga maʼlumki, keyin Esov vaʼda qilingan merosni olish uchun otasidan: “Meni duo qiling”, deb soʻradi, ammo otasi uni rad etdi. Esov koʻz yosh toʻkib, otasiga yolvorsa–da, voz kechgan merosini qaytarib olishga aslo imkon yoʻq edi#12:17 …voz kechgan merosini qaytarib olishga aslo imkon yoʻq edi — Esovning hayotida boʻlib oʻtgan voqea va uning xulq–atvori oʻquvchilar uchun kuchli bir ogohlantirish boʻlib xizmat qiladi. Agar oʻquvchilar ham uzoqni koʻzlamasdan qaror chiqarsalar, Esovga oʻxshab ular ham bir umr armonu afsuslarga toʻla boʻlishlari mumkin (4:1, 6:4-8, 10:26-31 ga qarang)..
Xudodan yuz oʻgirmanglar!
18Sizlar yaqinlashgan togʻ Sinay togʻi#12:18 Sinay togʻi — Chiqish 19:10-25, 20:18-21 ga qarang. emas. Sinay togʻi jismoniy bir togʻ boʻlib, unga qoʻl tekkizib koʻrsa boʻlardi. U yerda alanga lovullab yonardi, ustini zulmat, qora bulut qoplagan, boʻron bosgan edi. 19Burgʻu sadosi yangrab, Xudoning ovozi eshitilgandi. Buni eshitgan odamlar: “Yolvoramiz, Xudo bizga boshqa gapirmasin”, deb oʻtingandi. 20Chunki: “Toqqa hatto hayvon ham tegsa, toshboʻron qilinsin” degan Xudoning buyrugʻiga ular dosh bera olmagan edilar. 21Sinay togʻidagi manzara shu qadar dahshatli ediki, Musoning oʻzi: “Qoʻrqqanimdan titrab ketyapman”, degandi#12:21 Musoning oʻzi…degandi — bu oʻrinda muallif Qonunlar 9:19 ni nazarda tutgan..
22Sizlar, aksincha, samodagi Sion togʻiga#12:22 Sion togʻi — Quddusdagi Maʼbad qurilgan tepalik Sion togʻi deb atalgan. Eski Ahddagi sheʼriy parchalarda va paygʻambarlar bitiklarida Sion soʻzi koʻpincha Quddus shahriga yoki Xudoning xalqiga nisbatan ishlatilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SION soʻziga qarang. Bu oʻrinda Xudoning samoviy makoniga ishora qilingan. va barhayot Xudoning shahri — samoviy Quddusga yaqinlashgansizlar. Shod–xurramlik qilgani yigʻilgan minglab farishtalar oldiga kelgansizlar. 23Ismlari osmonda yozilgan Xudoning merosxoʻrlariga sizlar sherik boʻldingizlar. Hammani hukm qiluvchi Xudoning huzuriga kirdingizlar. Xudo barkamol qilgan solihlarning ruhlari oldiga keldingizlar. 24Sizlar yangi ahdning#12:24 yangi ahd — 8:6-13 ga qarang. vositachisi Isoning huzuriga kirdingizlar. Isoning qoniga yaqinlashdingizlar. Uning qoni Hobilning qoniga#12:24 Hobilning qoni — Ibtido 4:8-10 ga qarang. oʻxshab qasos talab qilmaydi, aksincha, gunohlarimizni yuvish uchun toʻkilgan#12:24 Uning qoni…gunohlarimizni yuvish uchun toʻkilgan — 9:11-15, 10:19-22 ga qarang..
25Ehtiyot boʻlinglar, sizlarga gapirayotgan Xudodan yuz oʻgirmanglar! Xudo yer yuzida gapirgan vaqtda, Uni rad etganlar halokatdan qutula olmagan edilar. Shunday ekan, biz osmondan gapirayotgan Xudoni rad etsak, ikki dunyoda ham jazodan qutula olmaymiz! 26Oʻsha vaqtda Uning ovozi yerni larzaga solgan edi#12:26 …yerni larzaga solgan edi — Chiqish 19:18-20, Zabur 67:8-9 ga qarang.. Endi esa U shunday demoqda#12:26 …U shunday demoqda… — bu oʻrinda muallif Xaggey 2:6 ni nazarda tutgan.:
“Men yana bir bor yerni larzaga solaman, ammo bu safar osmonni ham titrataman.”
27“Yana bir bor” degani shuni bildiradiki, yaratilgan butun mavjudot yoʻq boʻlib ketadi, faqat tebranmas, abadiy mavjudot qoladi.
28Bizga tebranmas shohlik berilgan. Shunday ekan, Xudodan minnatdor boʻlib, ehtirom va qoʻrquv ila Unga manzur ravishda sajda qilaylik. 29Axir, bizning Xudoyimiz yamlamay yutadigan olovdir#12:29 …Xudoyimiz yamlamay yutadigan olovdir — Qonunlar 4:24 ga qarang..
Currently Selected:
Ibroniylar 12: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020