Xabaqquq 2
2
2–BOB
1Men minoraga chiqib olaman. Shahar devoridan olislarga qarab, Egamning javobini kutaman. Shikoyatimga javob berganda, Unga nima aytishimni oʻylab koʻraman#2:1 Shikoyatimga javob berganda, Unga nima aytishimni oʻylab koʻraman — ibroniycha matndan. Qadimiy suryoniycha tarjimada Qani koʻray–chi, U mening shikoyatimga qanday javob berarkan..
Xudo Xabaqquqqa javob beradi
2Egamiz menga shunday javob berdi: “Senga ayon qilgan soʻzlarimni tosh lavhalarga aniq qilib yoz, yugurib ketayotgan odam uni bir qarashdanoq oʻqiy oladigan boʻlsin. 3Bashorat belgilangan vaqtda amalga oshadi. Oʻsha vaqt hademay yetib keladi, bashorat roʻyobga chiqadi. Bordi–yu, u kechikadigan boʻlsa, sabr qilgin. U albatta bajo boʻladi, kech qolmaydi.
4Menga qara! Toʻgʻri yoʻldan yurmaganlar halok boʻladi#2:4 Menga qara! Toʻgʻri yoʻldan yurmaganlar halok boʻladi — yoki Takabburlarga bir qara! Ular egri yoʻllardan yurmoqda.. Solihlar esa Xudoga boʻlgan sadoqati#2:4 Xudoga boʻlgan sadoqati — yoki imoni. tufayli tirik qoladi.”
Xabaqquq fosiqlarning jazo olishini eʼlon qiladi
5Boylik#2:5 Boylik — Qumron qoʻlyozmalaridan. Ibroniycha matnda Sharob. aldamchidir. Boylar takabburdirlar, ular hech qachon tinib–tinchimaydilar. Ular oʻliklar diyori kabi ochkoʻz, oʻlim kabi toʻymaydilar. Ular xalqlarni oʻzlariga tobe qilishadi, ellarni qoʻl ostiga olishadi. 6Asirlikka tushganlar ularni nafratomuz mazax etadilar, masxara qilib, shunday aytadilar:
“Ey birovning boyligini talab, uyum qilganlar, sizning holingizga voy! Sizlar birovning narsasini qaytarmay, qarzlaringizni#2:6 qarzlaringiz — majoziy maʼnoda ishlatilgan bu soʻz boshqalardan zoʻravonlik bilan tortib olingan narsalarga ishora qiladi. Zoʻravonlar xuddi boshqalardan qarz olaverib, oʻzining boshiga kulfat keltiradigan odamlarga oʻxshaydi. Mana shu zoʻravonlar, bir kun kelib, qilmishlari uchun jazo oladilar. orttirib yuribsizlar. Bunday hol uzoqqa choʻzilarmidi?! 7Qarzlaringizni qistaydiganlar toʻsatdan paydo boʻladi. Ular kelib, sizlarni dahshatga solishadi. Shunda sizlar ular uchun oʻlja boʻlasizlar. 8Sizlar koʻp xalqlarni taladingiz. Odamlarning qonini toʻkdingiz, yurtlaru shaharlarni vayron qilib, u yerdagilarni nobud qildingiz. Shuning uchun omon qolgan xalqlar endi sizlarni talon–taroj qiladilar.
9Ey harom yoʻl bilan boylik topib, uyiga tashiganlar, sizning holingizga voy! Sizlar uylaringizni balandlikda qurib, oʻzingizni kulfat changalidan asramoqchi boʻldingiz. 10Ammo hiylalaringiz xonadoningizni sharmanda qildi. Sizlar koʻp xalqlarni nobud qilganingiz uchun oʻz boshingizga yetdingiz. 11Hatto uyingiz devoridagi toshlar zoʻravonligingizdan dod soladi. Toʻsinlarning nolasi aks sado boʻlib chiqadi.
12Ey qotillik ila shaharlar qurganlar, holingizga voy! Ey zoʻravonlik ila qoʻrgʻonlarga asos solganlar, holingizga voy! 13Ellar behuda tinkasini quritadi. Xalqlarning ter toʻkib erishganlari olovga yem boʻladi. Bu Sarvari Olamning ishi emasmi?!
14Ha, suvlar toʻldirganday dengizni,
Yer yuzi toʻliq bilib oladi Egamizning ulugʻvorligini.
15Ey qoʻshni xalqlarga sharobni zoʻrlab ichirganlar, holingizga voy! Yalangʻoch badanlarini tomosha qilaylik deb, ularga gʻazabingiz sharobidan#2:15 gʻazabingiz sharobi — bu oʻrinda sharob Xudo gʻazabining ramzi boʻlib, sharobdan mast boʻlish Xudoning hukmiga duchor boʻlishni bildiradi. Sharob ichaverib mast boʻlib qolgan inson baʼzan Xudoning gʻazabi ostida qolgan insonning timsoli edi (Ishayo 51:17-23, Yeremiyo 25:15-29 ga qarang). Mazkur oyatda Xabaqquq bu timsolni Bobilning boshqa xalqlarga boʻlgan gʻazabini — ularni xoʻrlaganini va yurtlarini vayron qilganini ifodalash uchun ishlatgan. Ammo shu bobning 16–oyatida Xabaqquq bu timsol orqali Bobilni ogohlantirib, Xudo ularni jazolaydigan vaqt kelishini aytadi. ichirdingiz. Ularni mast qildingiz. 16Biroq sizlar obroʻ topmay oʻzingiz sharmandalikdan mast boʻlasizlar. Qani, iching! Yalangʻoch tanangizni koʻrsating! Ana, Egamizning oʻng qoʻlidagi jazo kosasi sizlarga yetib keldi! Obroʻyingiz toʻkilib, sharmandangiz chiqadi. 17Ha, Lubnonda qilgan zoʻravonligingiz#2:17 Lubnonda qilgan zoʻravonligingiz — Lubnon togʻlari oʻzining katta sadr daraxtlari va goʻzal tabiati bilan mashhur edi (Qonunlar 3:25, Zabur 103:16-17 ga qarang). Bobilliklar oʻsha daraxtlarning koʻpini kesib tashlagan edilar (Ishayo 14:3-8 ga qarang). oʻz boshingizga yetadi. U yerda yovvoyi hayvonlarni qirdingiz, endi hayvonlar sizlarni dahshatga soladi. Chunki sizlar yurtlaru shaharlarni vayron qildingiz. Odamlarning qonini toʻkib, ularni nobud qildingiz.
18Inson yasagan butdan ne foyda?! Sanamning foydasi bormi yolgʻondan boshqa?! Nega odam oʻzi yasagan narsasiga umidini bogʻlaydi?! Nega tili yoʻq bir butni yasaydi?! 19Holingizga voy, ey bir parcha yogʻochga «Uygʻon!» deganlar! Holingizga voy, ey tilsiz toshga «Tur!» deb yolvorganlar! But sizga toʻgʻri yoʻl koʻrsatarmidi?! Oltinu kumush bilan qoplangan butning joni bormidi?!
20Egamiz esa Oʻzining muqaddas Maʼbadidadir.
Uning oldida butun dunyo sukut saqlasin!”
Currently Selected:
Xabaqquq 2: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: