Hizqiyol 41
41
41–BOB
Maʼbad binosi
1Keyin oʻsha odam#41:1 oʻsha odam — 40:3 ga qarang. meni Maʼbadning asosiy xonasiga#41:1 asosiy xona — yaʼni Muqaddas xona. olib kirdi. U asosiy xona eshigining ikki yon devorini oʻlchadi. Yon devorlarning qalinligi 6 tirsak#41:1 tirsak — uzun tirsak nazarda tutilgan. Bir uzun tirsak taxminan 53 santimetrga toʻgʻri keladi. 40:5 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang. chiqdi. 2Ostonaning eni 10 tirsak, ostona ikki yon devorlarining uzunligi 5 tirsakdan chiqdi. Soʻngra oʻsha odam asosiy xonani oʻlchadi. Xonaning uzunligi 40 tirsak, eni 20 tirsak chiqdi. 3Keyin u asosiy xonadan Maʼbadning ichki xonasiga kirib, ichki xona eshigining yon devorlarini oʻlchadi. Yon devorlarning qalinligi 2 tirsak chiqdi. Ostonaning eni 6 tirsak, ostona ikki yon devorlarining uzunligi esa 7 tirsakdan chiqdi. 4Oʻsha odam ichki xonani ham oʻlchadi. Ichki xonaning uzunligi bilan eni bir xil — 20 tirsakdan chiqdi. U menga: “Bu Eng muqaddas xona”, deb tushuntirdi.
Maʼbaddagi yon xonalar
5Soʻng oʻsha odam Maʼbad devorini oʻlchadi. Devorning eni 6 tirsak chiqdi. Maʼbadning tashqi devoriga taqab yon xonalar qurilgan edi. Xonalarning uzunligi 7 tirsak edi. 6Xonalar uch qavat qilib qurilgan boʻlib, har bir qavatda oʻttiztadan xona bor edi. Maʼbadning devorlari uch pogʻonali zina shaklida boʻlib, xonalarga tayanch boʻlib xizmat qilar edi. Shu sababdan Maʼbad devorlarining oʻzi butun edi. 7Maʼbad devorining quyi qismi yuqori qismiga nisbatan qalinroq boʻlgani uchun tepadagi xonalar kengroq edi. Zinapoya orqali pastki qavatdan ikkinchi qavatga, soʻng uchinchi qavatga chiqilar edi. 8Men Maʼbad atrofida balandligi 6 tirsak boʻlgan poydevor borligini ham koʻrdim. Yon xonalar mana shu poydevor ustiga qurilgan edi. 9Yon xonalarning tashqi devori 5 tirsak qalinlikda edi. Yon xonalar va 10ichki hovlining devori boʻylab qurilgan hujralar orasidagi masofa 20 tirsak edi. Maʼbadning gir aylanasi hovli edi. 11Yon xonalarga ikkita eshik orqali kirilar edi. Bir eshik shimol tomonda, boshqasi janub tomonda joylashgan edi. Yon xonalar tevaragida boʻsh qolgan joyning eni 5 tirsak edi.
Gʻarb tomondagi imorat
12Maʼbad hovlisining gʻarb tomonida katta bir imorat bor edi. Imoratning eni 70 tirsak, uzunligi 90 tirsak, devorlarning qalinligi 5 tirsak edi.
Maʼbad majmuasining umumiy oʻlchamlari
13Oʻsha odam Maʼbadning uzunligini oʻlchadi. Maʼbadning uzunligi 100 tirsak chiqdi. Soʻng u Maʼbadning orqa devoridan gʻarbdagi imoratning orqa devorigacha boʻlgan masofani oʻlchadi, masofa 100 tirsak chiqdi. 14Maʼbadning old tomonidagi, yaʼni sharq tomondagi hovlining eni ham 100 tirsak chiqdi.
15Soʻngra u odam hovlining gʻarbida joylashgan imoratning uzunligini oʻlchadi. Imorat va uning ikki yon tomonidagi xonalarning uzunligi 100 tirsak chiqdi.
Maʼbadning ikir–chikirlari
Maʼbadning ayvoni, asosiy xonasi va ichki xonasi 16yerdan derazalargacha yogʻoch bilan qoplangan edi. Maʼbadning ostonalari, panjarali derazalari va yon xonalari yogʻoch bilan pardoz qilingan edi. 17Maʼbadning ichkaridagi hamma devorlariga, eshiklarning tepalarigacha oʻyma naqshlar solingandi. 18Hamma devorlarga karublarning suratlari oʻyilgan edi. Karublarning orasiga palma daraxtining suratlari ham oʻyilgandi. Har bir karubning ikkitadan yuzi bor edi. 19Karubning inson yuziga oʻxshagan yuzi bir tomondagi palma daraxtiga, sher yuziga oʻxshagan boshqa bir yuzi boshqa tomondagi palma daraxtiga qaratilgan edi. Bunday suratlar Maʼbadning ichki devorining gir aylanasiga, 20yerdan eshiklar ustidagi devorlargacha oʻyilgan edi. 21Asosiy xona eshigining kesakisi#41:21 kesaki — eshik oʻrnatilgan chorchoʻp. toʻrtburchak shaklida yasalgan edi.
Yogʻoch qurbongoh
Eng muqaddas xonaning roʻparasida 22qurbongohga oʻxshash bir narsa bor edi. Uning boʻyi 3 tirsak, uzunligi va eni 2 tirsak edi. Burchaklari, asosi va yon tomonlari yogʻochdan yasalgan edi. Oʻsha odam menga shunday dedi: “Bu Egamiz huzurida turadigan xontaxtadir.”
Eshiklar
23Asosiy xonaning va Eng muqaddas xonaning#41:23 Eng muqaddas xona — yana ichki xona deb atalgan (shu bobning 4–oyatiga qarang). eshiklari bor edi. 24Eshiklarning har biri ikki tavaqali, yigʻma edi. 25Asosiy xona eshiklarining yuzasiga devordagiday karublar va palma daraxtlarining suratlari oʻyilgan edi. Maʼbad ayvonining oldi tomoniga yogʻoch bostirma qurilgan edi. 26Ayvon yon devorlarining panjarali derazalari bor edi. Devorlarga palma daraxtining suratlari oʻyilgan edi. Maʼbaddagi yon xonalarning kiraverishiga yogʻoch bostirmalar qurilgandi.
Currently Selected:
Hizqiyol 41: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020