Ester Kirish
Kirish
Ester kitobi bizni yahudiylar tarixining ayrim voqealari bilan tanishtiradi. Kitobdagi voqealar yahudiylar Fors shohligida asirlikda yashagan paytda, Fors shohi Axashverash hukmronligi davrida yuz beradi. Mazkur kitobdagi voqealar tafsirchi Ezra kitobi qamragan davrga tegishlidir. Bu kitobda Xudo Oʻz xalqining Xaloskori ekanini yaqqol koʻrishimiz mumkin.
Ester toʻgʻrisidagi voqea Fors shohining Shushan qalʼasidagi qishki saroyida boʻlib oʻtadi. Shoh Axashverash#Shoh Axashverash — Kserks ismi bilan ham tanilgan boʻlib, miloddan oldingi 486-465 yillarda Fors shohligida hukmronlik qilgan. malikani haydab yuboradi. Keyin Ester ismli yosh yahudiy qizni tanlab, uni malika martabasiga koʻtaradi. Ester yetim boʻlib, amakisi Mardoxayga oʻz farzandiday edi. Mardoxay shoh saroyida xizmat qilardi. U Esterni: “Yahudiy ekaningni hech kimga aytma”, deb ogohlantiradi. Ester Mardoxayning aytganini qiladi.
Shohning Xomon ismli eng katta lavozimdagi amaldori boʻladi. U yahudiylardan nafratlanadi. Xomon shohni aldab, hamma yahudiylarni oʻldirish toʻgʻrisida ijozat oladi. Kitobning davomida Ester oʻz hayotini xavf ostiga qoʻygani va xalqini saqlab qolgani haqida hikoya qilinadi. Keyinchalik Mardoxay va Ester hamma yahudiylarga maktub yozib, Purim bayramini nishonlash toʻgʻrisida koʻrsatmalar beradilar. Yahudiylar Purim bayramini#Purim bayrami — 9:24-28 oyatlarga va 9:26 ning birinchi izohiga qarang. har yili nishonlaydigan boʻldilar, bayram davomida ularning hayoti qanday qilib saqlab qolinganini xotirlaydilar.
Ester kitobida Xudo tilga olinmaydi, shunga qaramay, kitobdagi har bir voqea ortida Xudoning buyukligini va Oʻz xalqiga boʻlgan cheksiz inoyatini koʻrishimiz mumkin.
Currently Selected:
Ester Kirish: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020