Ester 7
7
7–BOB
Xomon dorga osiladi
1Shoh va Xomon malika Ester bilan yeb–ichish uchun unikiga kelishdi. 2Ular ikkinchi kuni ham sharobxoʻrlik qilishayotganda, shoh Esterga yana aytdi:
— Qanday istaging bor, malika Ester? Istaging qondiriladi. Qanday iltimosing bor, malikam? Yarim shohlikni soʻrasang ham, beriladi.
3Shundan keyin malika Ester gapirdi:
— Shoh hazratlari! Agar oʻzlari mendan mamnun boʻlsalar, agar shohim maʼqul koʻrsalar, istagim shuki, jonimni saqlab qolsinlar, tilagim shuki, mening xalqim joniga rahm qilsinlar! 4Men va mening xalqim yer yuzidan yoʻq qilinish uchun, oʻldirilish va qirilish uchun sotilganmiz#7:4 Men va mening xalqim…sotilganmiz — Xomon shohga vaʼda qilgan pulga ishora (3:9 ga qarang).. Agar biz qul va choʻri qilib sotilganimizda edi, ovozimni chiqarmasdim. Oʻsha dushmanning qilmishi uchun shohimizni bezovta qilish arzimas ish boʻlardi.
5Shoh Axashverash#7:5 Shoh Axashverash — 1:1 ning birinchi izohiga qarang. malika Esterdan:
— Kim u? Qani oʻsha odam? Kim shunday qilishga jurʼat etdi? — deya soʻradi.
6— Zararkunanda, gʻanim, yovuz Xomon! — dedi Ester.
Shu zahoti Xomon shoh bilan malika qarshisida vahimaga tushdi. 7Shoh gʻazab bilan dasturxondan turdi–yu, saroy bogʻiga qarab ketdi. Xomon esa malika Esterdan “Jonimni qutqargin”, deb yolvorish uchun qoldi, chunki shohdan oʻziga nisbatan yovuz qismat tayin etilganini u bilib turardi.
8Shoh bogʻdan saroyning ziyofat boʻlayotgan xonasiga qaytganda, Xomon Ester yonboshlab oʻtiradigan oʻrindiqqa mahkam yopishib yotgan edi. Shoh bu ahvolni koʻrdi–yu:
— Oh–ho, men uyda ekanimda malikaning nomusiga tegmoqchi boʻldingmi? — deb baqirdi. Shoh gapini tugatar–tugatmas, Xomonning yuzini yopdilar#7:8 …Xomonning yuzini yopdilar — bu harakat uning oʻlimga hukm qilinganini bildirgan..
9Shohning mulozimlaridan#7:9 mulozim — qadimda saroy xizmatida boʻlgan kishi (1:10 izohiga qarang). biri Xarbona aytib qoldi:
— Ha, aytganday, Xomon uyining oldiga ellik tirsakli#7:9 ellik tirsak — taxminan 23 metrga toʻgʻri keladi. dor tayyorlab qoʻygan. Bu dorga Mardoxayni osmoqchi. Mardoxay esa shohimizni ogohlantirib uning hayotini saqlab qolgan.
— Oʻsha dorga Xomonning oʻzini osinglar!#7:9 …dor tayyorlab qoʻygan. Bu dorga Mardoxayni osmoqchi…Oʻsha dorga Xomonning oʻzini osinglar! — yoki …xodani tik oʻrnatib qoʻygan. U Mardoxayni oʻldirib, jasadini bu xodaning uchiga qoqmoqchi…Oʻsha xodaga Xomonning oʻzini qoqinglar! — deb farmon berdi shoh.
10Mardoxay uchun tayyorlab qoʻyilgan dorga Xomonning oʻzini osdilar#7:10 …dorga Xomonning oʻzini osdilar — yoki …xodaning uchiga Xomonning oʻzini qoqdilar.. Shundan soʻnggina shohning gʻazabi bosildi.
Currently Selected:
Ester 7: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: