Ester 4
4
4–BOB
Mardoxay Esterdan yordam soʻraydi
1Mardoxay yuz bergan voqeadan xabardor boʻlgach, kiyimlarini yirtdi, qanorga oʻranib, ustiga kul sochdi#4:1 …kiyimlarini yirtdi, qanorga oʻranib, ustiga kul sochdi — qanor dagʻal qoramtir mato boʻlib, echki yoki tuya junidan toʻqilgan. Kiyimlarni yirtish, qanorga oʻranib olish va ustiga kul sochish umidsizlikni va qaygʻuli holatni ifodalaydi. Koʻpincha bu harakat Xudodan kechirim soʻrab ibodat qilish va Undan madad tilash bilan birgalikda amalga oshirilgan.. Keyin qattiq alamli faryod koʻtarib, shahar boʻylab yurdi. 2Oʻsha holatda saroy darvozasiga bordi, lekin qanor kiyib saroy darvozasidan ichkariga kirish mumkin emasdi. 3Shuningdek, har bir viloyatda — shohning amru farmoni yetib borgan joylarda yahudiylar chuqur qaygʻuga botdilar, roʻza tutib, yigʻlab nola qildilar. Koʻpchilik qanorga oʻranib va kulga belanib yotdi. 4Esterning kanizlari va xizmatkorlari kelib, bu haqda xabar berishganda, malika qattiq tashvishga tushdi. “Mardoxay ustidagi qanorni yechib, mana bu kiyimlarni kiyib olsin”, deb malika kiyim berib yuborgan edi, Mardoxay olmadi. 5Esterning xizmatiga shoh tayinlagan Xatax ismli mulozim#4:5 mulozim — qadimda saroy xizmatida boʻlgan kishi (1:10 izohiga qarang). bor edi. Ester Xataxni chaqirib, unga: “Bu nimasi, Mardoxay nimaga bunday qilyapti ekan, bilib kel–chi”, deb buyurdi. 6Xatax shoh saroyi darvozasi oldidagi shahar maydoniga — Mardoxayning yoniga ketdi.
7Mardoxay oʻzining boshiga tushgan hamma kulfatni, Xomon yahudiylarga qirgʻin keltirish uchun shoh xazinasiga qancha miqdorda kumush berishga vaʼda qilganini Xataxga aytib berdi. 8Keyin Mardoxay Xataxga yahudiylarni qirish toʻgʻrisida Shushanda eʼlon qilingan farmondan bir nusxasini berib: “Esterga buni koʻrsat, u hamma narsani tushunib olsin”, dedi. “Ester shoh huzuriga kirib, oʻz xalqiga rahm etishini iltijo qilib soʻrasin”, deb tayinladi.
9Xatax qaytib kelib, Mardoxayning gaplarini Esterga aytib berdi. 10Ester: “Mardoxayga ushbu gaplarni yetkaz”, deb Xataxni yana joʻnatdi: 11“Shoh saroyida hamma xizmat qilayotganlar va shohning qoʻli ostidagi viloyatlar xalqi shuni biladilarki, kimki ichki hovliga — shoh huzuriga chaqirilmasdan kirsa, erkakmi, ayolmi, baribir, hukm bitta — uni oʻlim kutadi. Shoh saltanatning oltin hassasini kimga tomon uzatsagina, oʻsha tirik qoladi. Lekin oʻttiz kundan buyon shoh meni chaqirgani yoʻq.”
12Esterning bu gaplarini Mardoxayga aytishgach, 13u Esterga shu javobni yetkazishni soʻradi: “Saroyda yashaganim uchun yahudiylardan yolgʻiz oʻzim omon qolaman, deb oʻylamagin. 14Agar shu damlarda sen sukut saqlasang, yahudiylarga boshqa joydan najot keladi, ular ozod boʻladilar. Sen va otang xonadoni esa halok boʻlasizlar. Kim bilsin, balki shunaqa kunlar uchun sen malikalik martabasiga erishgandirsan.”
15Ester ham Mardoxayga quyidagicha javob joʻnatdi: 16“Boring, Shushandagi hamma yahudiylarni toʻplab, men uchun roʻza tutinglar. Uch kechayu uch kunduz hech narsa yemanglar ham, ichmanglar ham. Men ham kanizaklarim bilan roʻza tutaman, soʻngra qonunga xilof boʻlsa ham, shoh huzuriga boraman. Mayli, oʻlsam, oʻlay.”
17Mardoxay ketdi va Ester nima buyurgan boʻlsa, hammasini qildi.
Currently Selected:
Ester 4: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: