Ester 3
3
3–BOB
Xomon yahudiylarga qarshi chiqadi
1Bu hodisalardan keyin shoh Axashverash#3:1 shoh Axashverash — 1:1 ning birinchi izohiga qarang. Oʻgax#3:1 Oʻgax — Omolek xalqining shohi boʻlib, Omoleklar azaldan Isroil xalqining dushmani edilar (Chiqish 17:8-16, Qonunlar 25:17-19, 1 Shohlar 15:1-33 ga qarang). naslidan boʻlgan Xamadoto oʻgʻli Xomonni koʻklarga koʻtarib, yuksak martabaga tayinladi. Boshqa hamma aʼyonlar ustidan Xomonni nozir etib tayinladi. 2Shohning saroydagi#3:2 saroydagi — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi shohning darvozasidagi (shu bobning 3–oyatida ham bor). boshqa aʼyonlari Xomonga tiz choʻkib taʼzim qilardilar. Chunki shohning amri shunday edi. Mardoxay esa na egilardi, na taʼzim qilardi. 3Shohning saroydagi aʼyonlari Mardoxayga: “Nimaga sen shohning amriga itoat etmayapsan–a?!” deb aytardilar.
4Ular Mardoxayga bu gapni har kuni aytsalar ham, Mardoxay ularning gapiga quloq solmasdi. Aʼyonlar, Mardoxayning bu qiligʻiga Xomon toqat qila olarmikan, deb uni bu ahvoldan xabardor qildilar. Chunki Mardoxay ularga: “Men yahudiyman”, deb aytgan edi.
5Xomon Mardoxayning tiz choʻkib taʼzim qilmayotganini koʻrganda, gʻazabdan tutaqardi. 6Xomon birgina Mardoxayni oʻldirishni arzimas ish deb oʻyladi. Mardoxayning qaysi xalqdan ekanini bilgani uchun Xomon Axashverashning butun shohligi hududidagi Mardoxayning xalqini — jamiki yahudiy xalqini qirib tashlashga qasd qilib qoʻydi.
7Axashverash hukmronligining oʻn ikkinchi yili#3:7 Axashverash hukmronligining oʻn ikkinchi yili… — taxminan miloddan oldingi 472 yil (1:1 ning birinchi izohiga qarang). birinchi oyi — Nison oyida#3:7 Nison oyi — ibroniy kalendarining birinchi oyi (Nison oyi Abib oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan martning oʻrtasidan boshlanadi. bu fitna amalga oshiriladigan kun va oy uchun Xomon oldida pur#3:7 pur — akkad–bobil tilidagi soʻz boʻlib, qurʼa degan maʼnoni bildiradi. — qurʼa tashlandi. Qurʼa oʻn ikkinchi oyning — Adar oyining#3:7 Adar oyi — ibroniy kalendarining oʻn ikkinchi oyi. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan fevralning oʻrtasidan boshlanadi. oʻn uchinchi kuniga#3:7 …oyining oʻn uchinchi kuni… — qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha matnda oyining oʻn uchinchi kuni degan jumla yoʻq. Ammo ibroniycha matndagi shu bobning 13–oyatida koʻrsatilgan. tushdi.
8Shundan keyin Xomon shoh Axashverashga aytdi:
— Shohligingiz viloyatlaridagi boshqa xalqlarning orasiga sochilib–tarqalib ketgan bir xalq bor. Ularning qonunlari hamma xalqlar qonunidan farq qiladi. Shohimiz qonunlariga ular boʻysunmaydilar. Ularga sabr–toqat qilish shohimizning manfaatlariga ziddir. 9Agar shohimiz maʼqul koʻrsalar, bu xalqni qirib tashlash uchun farmon bersinlar. Men oʻn ming talant#3:9 oʻn ming talant — taxminan 340 tonnaga toʻgʻri keladi. kumushimni aʼyonlar qoʻliga olib borib beraman. Ular bu kumushni shohimiz xazinasiga topshiradilar.
10Shundan keyin shoh barmogʻidagi muhr uzugini yechib, farmonini tasdiqlash uchun yahudiylar dushmani Oʻgax naslidan Xamadoto oʻgʻli Xomonga berdi.
11— Bu pullar oʻzingda qolsin, xalqni ham senga berdim, — dedi shoh Xomonga. — Anavi xalqqa nimani maʼqul koʻrsang, shuni qil.
12Birinchi oyning oʻn uchinchi kuni shohning mirzalari chaqirildi. Xomonning hamma buyruqlari har bir viloyat xalqining oʻz yozuvida va oʻz tilida shohning noiblariga, har bir viloyat hokimiga va har bir xalqning begiga yozildi. Maktublar shoh Axashverash nomidan yozilib, shohning muhr uzugi bilan tasdiqlandi#3:12 …shohning muhr uzugi bilan tasdiqlandi — xatni muhrlash uchun surgʻuchdan foydalanilgan. Yumshoq surgʻuch ustiga shohning uzugi bosilib, xat muhrlangan. Muhr xatning rasmiy ekanini koʻrsatgan..
13Maktublar choparlar orqali shohning qoʻli ostidagi hamma viloyatlarga joʻnatildi. “Yahudiylarning hammasi — yoshu qarisi, bolalaru ayollari bir kunda — oʻn ikkinchi oyning, yaʼni Adar oyining oʻn uchinchi kuni yoʻq qilinsin, oʻldirilsin, qirib tashlansin, mol–mulki talon–taroj qilinsin, 14hamma oʻsha kunga tayyor boʻlsin”, deb farmon eʼlon qilindi. Shuning uchun har bir viloyatga ular uchun qonun sifatida farmondan koʻchirma berildi.
15Choparlar shohning aytganiga muvofiq tezlik bilan yoʻlga chiqdilar. Farmon Shushan qalʼasida ham eʼlon qilingach, shahar besaranjom boʻlib qoldi. Shoh bilan Xomon esa oʻtirishib kayfu safo qilishardi.
Currently Selected:
Ester 3: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020