Ester 2
2
2–BOB
Ester malika boʻladi
1Axashverash#2:1 Axashverash — 1:1 ning birinchi izohiga qarang. gʻazabidan tushgandan keyin, Vashti va uning qilmishi, Vashtining ustidan chiqarilgan hukm esiga tushib qoldi. 2Shohning aʼyonlari aytdilar: “Shohimiz uchun yosh, chiroyli qizlar qidirilsin. 3Buning uchun shohimiz qoʻli ostidagi viloyatlarda nazoratchilar tayin qilinsin, ular chiroyli barno qizlarni shohimizning xizmatkori, haram ogʻasi Xegay nazorati ostida Shushan qalʼasidagi haramga toʻplasinlar, qizlarga pardoz bersinlar. 4Shohimizga yoqqan qiz Vashtining oʻrniga malika boʻlsin.” Bu gap shohga maʼqul keldi va u aytilganlarni qildi.
5Shushan qalʼasida bir yahudiy yashardi. Uning ismi Yovir oʻgʻli Mardoxay boʻlib, Benyamin qabilasidan edi. Yovir Shimax va Kish#2:5 Kish — shoh Shoulning otasi (1 Shohlar 9:1-2 ga qarang). nasliga borib taqalardi. 6Bobil shohi Navuxadnazar Yahudo shohi Yohayixinni#2:6 Yohayixin — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yoxoniyo. asir qilib olib kelganda#2:6 …asir qilib olib kelganda… — miloddan oldingi 598 yil (4 Shohlar 24:8-16 ga qarang)., Mardoxay ham Quddusdan keltirilgan edi. 7Ota–onasidan yetim qolgan Hadassani Mardoxay asrab olib tarbiya qildi. Hadassa Mardoxayning jiyani edi. Uning boshqa ismi Ester boʻlib, kelishgan, goʻzal qiz edi.
8Shohning amru farmoni eʼlon qilingach, Shushan qalʼasiga koʻp qizlarni toʻplab, Xegay nazoratiga topshirishdi. Ester ham shoh saroyiga keltirilib, haram ogʻasi Xegay nazoratiga topshirildi.
9Xegayga Ester yoqdi, Xegay unga iltifot koʻrsatdi. Xegay darrov: “Bu qizga pardoz berib, parvarishlanglar, unga ulushini berib turinglar, saroydan yettita kanizak tanlab olinib, unga choʻri qilib berilsin”, deb buyurdi. U shoh haramining eng yaxshi boʻlmasiga qizni va uning kanizlarini joylashtirdi. 10Lekin Ester oʻz xalqi, urugʻ–aymogʻi toʻgʻrisida hech narsa aytmadi. Chunki Mardoxay unga bu toʻgʻrida ogʻiz ochmasligini buyurgan edi.
11Mardoxay har kuni Esterning sogʻligidan xabar olgani, unga qanday muomala qilishyapti ekan, deb bilgani haram hovlisi atrofida yurardi. 12Har bir yosh qizga, Axashverash huzuriga kirish uchun navbati kelganda, oʻn ikki oy davomida pardoz berilardi. Ayollar uchun chiqarilgan qoida shunaqa edi. Olti oy mirra moyi#2:12 mirra moyi — maʼlum bir daraxtlar yelimidan tayyorlangan xushboʻy moy. bilan, olti oy xushboʻy narsalar va upa–eliklar bilan pardoz qilardilar. 13Shundan keyin qiz shoh huzuriga kirardi: qiz saroyga kirayotganda, haramdan nima talab qilsa, hammasi berilardi.
14Kechqurun shoh huzuriga kirgan qiz, ertasiga ertalab shohning mulozimi#2:14 mulozim — qadimda saroy xizmatida boʻlgan kishi (shu bobning 15–oyatida ham bor). 1:10 izohiga qarang., kanizaklar#2:14 kanizaklar — ibroniycha matnda bu soʻzning maʼnosi quyidagicha: kanizaklar qonuniy xotin boʻlmasalar–da, xoʻjayinlari ular bilan jinsiy aloqada boʻlishgan. Qadimgi paytlarda bu ayollarning jiddiy qonuniy huquqlari boʻlib, xoʻjayinlari ularning erlari sifatida boʻlgan. soqchisi Shashagaz nazorati ostidagi boshqa haramga#2:14 …boshqa haramga… — yoki …haramning boshqa boʻlmasiga…. qaytardi. Faqat shohga xush yoqqan, shoh nomini aytib chaqirgan qiz qaytadan uning huzuriga kirardi.
15Mardoxayning asrandisi, uning amakisi Abuhayilning qizi Ester shoh huzuriga kiradigan payt ham keldi. Ester shohning mulozimi, haram ogʻasi Xegay nima taklif qilgan boʻlsa, shuni oldi va boshqa hech narsa soʻramadi. Esterni koʻrganlarning koʻzlarida quvonch porladi.
16Shunday qilib, Axashverash hukmronligining yettinchi yili#2:16 …Axashverash hukmronligining yettinchi yili… — taxminan miloddan oldingi 478 yil (1:1 ning birinchi izohiga qarang). oʻninchi oyi — Tabat oyida#2:16 Tabat oyi — ibroniy kalendarining oʻninchi oyi. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan dekabrning oʻrtasidan boshlanadi., Ester shoh Axashverash saroyiga keltirildi. 17Shoh Esterni hamma qizlardan ortiq sevib qoldi. Ester shohning muruvvatiga va iltifotiga barcha qizlardan koʻproq sazovor boʻldi: Axashverash malikalik tojini Esterning boshiga kiygizib, uni Vashtining oʻrniga malika qildi. 18Soʻngra shoh hamma aʼyonlari va xizmatkorlari uchun Ester sharafiga ziyofat berdi, hamma viloyatlarda bayram eʼlon qildi. Oliyhimmatlik bilan hadyalar ulashdi.
Mardoxay shohning hayotini saqlab qoladi
19Barno qizlar keyingi safar haramga toʻplanishganda, Mardoxay saroyda oʻz vazifasini bajarayotgan edi#2:19 …Mardoxay saroyda oʻz vazifasini bajarayotgan edi — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi …Mardoxay shohning darvozasida oʻtirgan edi (shu bobning 21–oyatida ham bor). Mazkur gapning ibroniycha varianti shundan dalolat beradiki, Mardoxay saroyda maʼmuriy vazifada boʻlgan. Mardoxay shoh xizmatiga Ester saroyga olib kelingandan oldin kirgan boʻlishi mumkin.. 20Ester Mardoxayning buyrugʻiga itoat etib, urugʻ–aymogʻi va xalqi toʻgʻrisida hali gapirmagan edi. Ester Mardoxayning tarbiyasida boʻlgan paytda unga qanday itoat qilgan boʻlsa, hozir ham shunday itoat etardi.
21Oʻsha kunlarda — Mardoxay saroyda oʻz vazifasini bajarayotganda, shohning Bixtan va Tarash degan ikkita darvozaboni quturib, shoh Axashverashning joniga suiqasd qilishni rejalashtirdilar. 22Mardoxay bu fitnani bilib qolib, malika Esterni ogohlantirdi. Ester esa fitna toʻgʻrisidagi xabarni Mardoxay nomidan shohga yetkazdi.
23Bu voqea tekshirilgach, toʻgʻri deb topildi va ikkala xizmatkor dorga osildi#2:23 …ikkala xizmatkor dorga osildi — yoki …ikkala xizmatkorni oʻldirib, jasadlarini tik oʻrnatilgan xodaga qoqishdi.. Bu voqea shohning “Kundalik xotiralar kitobi”ga yozib qoʻyildi.
Currently Selected:
Ester 2: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: