YouVersion Logo
Search Icon

Efesliklar 5

5
5–BOB
1Xudoning sevikli farzandlari ekansiz, endi Xudodan oʻrnak olinglar. 2Masih bizni yaxshi koʻrib, biz uchun Oʻzini fido qildi va shu yoʻsin Xudoga maʼqul keladigan qurbonlik boʻldi. Sizlar ham Iso Masihga oʻxshab, xuddi shunday mehr–muhabbat bilan yashanglar. 3Sizlarning orangizda fahsh, zinokorlik, ifloslik yoki xasisligu ochkoʻzlik hatto tilga ham olinmasin. Bular Xudoning azizlariga munosib emas. 4Shuningdek, orangizda beadablik, nojoʻya soʻzlaru qoʻpol hazillar ham boʻlmasin, chunki bunday qiliqlar sizlarga toʻgʻri kelmaydi. Yaxshisi, Xudoga shukur qilinglar. 5Shuni bilib qoʻyinglarki, hech bir fahshboz, iflos yoki xasisu ochkoʻz inson Masihning va Xudoning Shohligidan bahramand boʻlmaydi, chunki aytib oʻtilganlarning hammasi butparastlik bilan tengdir.
6Oʻshanday gunohlarni qilishga bahona izlaganlar sizlarni quruq gaplar bilan aldamasin, chunki Xudoning qahr–gʻazabi Unga itoatsiz bandalarning boshiga tushadi. 7Shuning uchun ularga sherik boʻlmanglar. 8Bir vaqtlar sizlar zulmatga toʻla edingiz, endi esa Rabbimiz Isoga tegishli boʻlganingiz uchun nurga toʻldingiz. Shunday ekan, nurga toʻla insonlar kabi yashanglar. 9Axir, har qanday ezgulik, solihlik va haqiqat nurning#5:9 nur — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Ruh. samarasidir. 10Rabbimizga nima maqbul ekanligini bilishga tirishinglar. 11Zulmatning besamara ishlarida ishtirok etmanglar, aksincha, ularni fosh etinglar. 12Maxfiy ravishda qilinadigan oʻsha ishlar haqida gapirish ham uyatdir. 13Ammo nur porlaganda hamma narsa fosh boʻlib, ochiq–oshkor koʻrinadi. Axir, nur hamma narsani ochiq–oydin namoyon qiladi–ku! 14Mana shu sababdan shunday deymiz:
“Ey uxlayotgan, tur!
Oʻlikdan tiril!
Masih senga nur sochar#5:14 Ey uxlayotgan, tur! …Masih senga nur sochar — bu soʻzlar ilk masihiylar kuylagan madhiyadan olingan boʻlishi mumkin..”
15Shunday qilib, qay tarzda yashayotganingizga diqqat qilinglar. Nodonlar kabi emas, balki donolarday hayot kechiringlar. 16Fursatni gʻanimat bilinglar, chunki biz yashayotgan bu kunlar yomonlikka toʻla. 17Shuning uchun beaql boʻlmanglar, balki Rabbimiz Isoning irodasi nima ekanligini anglashga harakat qilinglar. 18Sharob ichib mast boʻlmanglar, chunki bu buzuqlikka olib boradi. Aksincha, Muqaddas Ruhga toʻlib–toshinglar. 19Birga yigʻilganingizda sanolar, ruhiy madhiyalaru qoʻshiqlar kuylanglar. Musiqa asboblariyu xonishlaringiz bilan chin yurakdan Rabbimizga hamdlar aytinglar. 20Har doim, har bir narsa uchun Rabbimiz Iso Masih nomi bilan Otamiz Xudoga shukur qilinglar.
Oilaviy munosabatlar haqida nasihatlar
21Iso Masihni#5:21 Iso Masih — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Xudo. izzat–hurmat qilganingiz uchun bir–biringizga boʻysuninglar. 22Ey xotinlar, siz Rabbimiz Isoga qanday boʻysunsangiz, erlaringizga ham shunday boʻysuning. 23Masih imonlilar jamoatining boshi boʻlgani kabi, er ham xotinning boshidir. Masih Oʻz tanasi boʻlgan jamoatning Najotkoridir. 24Jamoat Masihga qanday tobe boʻlsa, xotinlar ham har jihatdan oʻz erlariga shunday tobe boʻlishlari kerak. 25Ey erlar, Masih jamoatni yaxshi koʻrib, Oʻzini jamoat uchun fido qilganiday, sizlar ham xotinlaringizni shunday yaxshi koʻringlar. 26Masih jamoatni suv#5:26 suv — suvga choʻmdirilish marosimiga ishora. Bu marosim qayta tugʻilish va gunohdan poklanish ramzidir (Yuhanno 3:5-7, Havoriylar 22:16, 1 Butrus 3:21 ga qarang). va Xudoning kalomi orqali poklab#5:26 …Xudoning kalomi orqali poklab… — Yuhanno 15:3, 1 Butrus 1:22-25 ga qarang., muqaddas qilish niyatida Oʻzini fido qildi. 27Jamoatni Oʻz huzuriga keltirganda, jamoat har qanday gʻubor, ajin va dogʻdan xoli boʻlib, ulugʻvor, muqaddas va benuqson boʻlishi uchun Masih Oʻz jonini ayamadi. 28Erlar ham oʻz xotinlarini oʻz tanalarini sevganday sevishlari kerak. Oʻz xotinini sevgan erkak oʻzini sevgan boʻladi. 29Hech kim hech qachon oʻz tanasini yomon koʻrmaydi. Aksincha, uni oziqlantirib, parvarish qiladi. Masih ham Oʻz jamoatini xuddi shunday oziqlantirib, parvarish qiladi. 30Biz Masih tanasining aʼzolarimiz#5:30 aʼzolarimiz — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida aʼzolarimiz, Uning etu suyagimiz.. 31Muqaddas bitiklarda shunday yozilgan: “Shuning uchun erkak kishi ota–onasidan boʻlak boʻlib, xotiniga bogʻlanib qoladi, ikkalasi bir tan boʻladilar.”#5:31 Ibtido 2:24 ga qarang. 32Bu buyuk sirdir, endi bu sir Masih hamda jamoatga ham taalluqlidir. 33Xullasi kalom, har bir er oʻz xotinini oʻzini sevganday sevsin. Xotin ham erini hurmat qilsin.

Currently Selected:

Efesliklar 5: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in