Doniyor 12
12
12–BOB
Oxirzamon
1Farishta#12:1 Farishta — 10:5-6 da tasvirlangan, mayin zigʻir matosidan tikilgan libos kiygan farishta. gapini davom ettirdi:
“Oʻsha paytda xalqingni himoya qiluvchi buyuk Mikoyil farishta hozir boʻladi. Shunda insonlar birlashib xalq boʻlgandan beri misli koʻrilmagan dahshatli azob–uqubatlar davri boshlanadi. Ammo oʻsha damlarda sening xalqing orasidan Xudoning kitobiga#12:1 Xudoning kitobi — Xudo Oʻziga tegishli boʻlganlarning ismlarini yozib qoʻygan kitob. ismi yozilgan har bir odam najot topadi. 2Qora yer bagʻrida yotganlarning koʻpchiligi uygʻonadi: kimdir abadiy hayotga erishadi, kimdir sharmandaligu abadiy isnodga duchor boʻladi. 3Donolar musaffo osmon kabi yashnaydilar, odamlarni haq yoʻlga solganlar esa yulduzlar kabi mangu porlayveradilar. 4Sen esa, ey Doniyor, kitobni muhrlagin–u, bu soʻzlarni oxirzamongacha sir saqla. Bu davr mobaynida koʻp odamlar oʻzlarini u yoqdan–bu yoqqa urib, yuz berayotgan hodisalarni tushunmoqchi boʻladilar#12:4 …yuz berayotgan hodisalarni tushunmoqchi boʻladilar — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi …bilim koʻpayadi..”
Doniyorning ikki farishta haqidagi vahiysi
5Doniyor shunday deb yozdi:
“Men daryoning boʻyida paydo boʻlgan yana boshqa ikki farishtani koʻrdim. Bittasi daryoning bu tomonida, boshqasi u tomonida turar edi. 6Ularning biri oqimning yuqori qismida turgan zigʻir libosli farishtadan#12:6 zigʻir libosli farishta — 10:5-6 da aytib oʻtilgan farishta.:
— Bunday qiyinchiliklar qachongacha davom etadi? Oxiri bormi oʻzi? — deb soʻradi.
7Zigʻir libosli farishta ikkala qoʻlini osmonga choʻzib, barhayot Xudoning nomi bilan qasam ichganini va shunday soʻzlar aytganini eshitdim:
— Bu qiyinchiliklar uch yarim yil#12:7 uch yarim yil — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi bir muddat, muddatlar va yarim muddat. Doniyor kitobida muddat soʻzi baʼzan bir yilga nisbatan ishlatilgan. davom etadi. Xudoga qarashli odamlarning kuch–qudrati tamomila yoʻq qilingandan keyin, oʻsha quvgʻinlarning barchasi oʻz nihoyasiga yetadi.
8Oʻsha odamning gaplarini eshitdim–u, tushunmadim:
— Ey hazratim, buning oqibati nima boʻladi? — deb soʻradim.
9U shunday javob berdi:
— Bu toʻgʻrida hech xavotir olma, Doniyor, chunki bu soʻzlar muhrlangan boʻlib oxirzamonga qadar sir saqlanadi. 10Bu quvgʻinlar tufayli koʻp odamlar tozalanib, poklanadi, ammo fosiqlar fosiqligini davom ettiraveradi. Fosiqlarning birontasi ham buni tushunmaydi, donolar esa bularning barchasini anglab oladilar. 11Kundalik qurbonliklar toʻxtatilib, koʻp harom–xarish ishlarga sabab boʻladigan makruh bir narsa#12:11 …koʻp harom–xarish ishlarga sabab boʻladigan makruh bir narsa… — 9:27 ning oxirgi izohiga qarang. oʻrnatilgan paytdan boshlab 1290 kun oʻtadi. 12Oxirgacha, yaʼni 1335 kun oʻtgunga qadar sodiq boʻlib qolganlar naqadar baxtiyordir. 13Ey Doniyor, sen esa hayotingni shu zaylda davom ettiraver. Vaqti kelib, olamdan koʻz yumasan. Oxiratda esa mukofotingni olish uchun tirilasan.”
Currently Selected:
Doniyor 12: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020