Amos 7
7
7–BOB
Chigirtkalar haqidagi vahiy
1Egamiz Rabbiy menga shunday vahiy koʻrsatdi: dehqonlar shoh saroyi uchun bugʻdoy oʻrib olganlaridan keyin, ikkinchi ekinlar unib chiqa boshlabdi#7:1 …ikkinchi ekinlar unib chiqa boshlabdi — ikkinchi hosil bahorgi yomgʻirlardan keyin unib chiqardi. Shundan keyin qurgʻoqchilik boshlanib, hech narsa oʻsmas edi. Ikkinchi ekinlarni chigirtkalar nobud qilishi oqibatida ogʻir qahatchilik yuz berishi muqarrar edi.. Shu paytda Egamiz gala–gala chigirtkalarni#7:1 chigirtkalar — 4:9 izohiga qarang. paydo qildi. 2Chigirtkalar yer yuzida koʻkarib turgan hamma narsani yeb bitirishibdi. Shunda men yolvordim:
“Ey Egam Rabbiy, iltijo qilaman, gunohimizdan oʻtgin!
Yoqub nasli#7:2 Yoqub nasli — 3:13 izohiga qarang. bunga bardosh bera olarmikin?!
Oʻzi kichkina bir xalq boʻlsa!”
3Shunda Egamiz shaxtidan qaytdi:
“Bunday qilmayman”, deb menga aytdi.
Olov haqidagi vahiy
4Egamiz menga yana bir vahiy koʻrsatdi: Egamiz Rabbiy xalqini olov bilan#7:4 …olov bilan… — Qonunlar 32:22 ga qarang. jazolamoqchi boʻlibdi. Olov buyuk dengizni#7:4 buyuk dengiz — qadimda Isroil xalqining tasavvuriga koʻra, yer tep–tekis boʻlib, yer ostida buyuk dengiz bor edi, dengiz tubida oʻrnatilgan ulkan ustunlar yerni ushlab turardi. Bu ustunlar dengiz tubidagi poydevorga tayanardi (Zabur 17:16 ga qarang). yamlabdi, keyin yurtni yondira boshlabdi. 5Shunda men yolvordim:
“Ey Egam Rabbiy, oʻtinaman, bas qilgin!
Yoqub nasli bunga bardosh bera olarmikin?!
Oʻzi kichkina bir xalq boʻlsa!”
6Shunda Egamiz shaxtidan qaytdi.
Egamiz Rabbiy: “Xoʻp, bunday ham qilmayman”, deb menga aytdi.
Shoqul haqidagi vahiy
7Men yana bir vahiy koʻrdim: shoqul#7:7 shoqul — binokorlikda devor, ustun va shu kabilarning vertikal holatini aniqlash uchun ishlatiladigan, bir uchiga ogʻirlik bogʻlangan ipdan iborat asbob. yordamida qurilgan devorning oldida Rabbiy turgan ekan. U devorning toʻgʻri yoki qiyshiqligini shoqul bilan tekshirayotgan edi. 8Egamiz mendan:
— Nimani koʻryapsan, Amos? — deb soʻradi.
— Shoqulni, — deb javob berdim men. Soʻng Rabbiy shunday dedi:
“Qara, Men shoqul yordamida
Xalqim Isroilni tekshiraman.
Endi ularga shafqat qilmayman.
9Isʼhoq naslining#7:9 Isʼhoq nasli — Isroil, yaʼni shimoliy shohlik aholisi nazarda tutilgan. Xudo Isʼhoq oʻgʻli Yoqubning ismini oʻzgartirib, unga Isroil deb nom bergan edi. sajdagohlari#7:9 sajdagoh — ibroniycha matnda bamax, yaʼni “tepalik”. Kanʼon xudolariga topinadigan joylar bamax deb atalardi. Odatda bu sajdagohlar tepaliklarda joylashgan boʻlib, u yerda Kanʼon xudolarining tasvirlari va qurbonliklar keltirish uchun qurbongoh boʻlardi. vayron boʻladi,
Ha, Isroilning qadamjolari yoʻq qilinadi,
Men shoh Yorubom#7:9 Yorubom — 1:1 ga va oʻsha oyatning oxirgi izohiga qarang. xonadoniga qilich bilan hujum qilaman#7:9 …Yorubom xonadoniga qilich bilan hujum qilaman — Yorubomning oʻgʻli Zakariyo oʻldirilganiga ishora (4 Shohlar 15:8-10 ga qarang)..”
Amos va ruhoniy Emoziyo
10Baytildagi#7:10 Baytil — 3:14 ning birinchi izohiga qarang. ruhoniy Emoziyo Isroil shohi Yorubomga xabar yuborib, shunday dedi:
— Amos Isroil xalqi orasida sizga qarshi fitna uyushtirmoqda. Uning bu soʻzlarini xalqimiz koʻtara olmaydi. 11Amos shunday deb aytib yuribdi: “Yorubom qilichdan halok boʻladi, Isroil xalqi oʻz yurtidan albatta surgun qilinadi.”
12Emoziyo Amosning oʻziga esa shunday dedi:
— Ey valiy, bu yerdan chiqib ket! Yahudo yurtiga bor. Noningni oʻsha yerdan topib yegin. Bashoratlaringni ham oʻsha yerda ayt. 13Ammo Baytilda qayta bashorat qila koʻrma, chunki bu shohning qutluq joyidir, shohligimizning sajdagohidir.
14Amos esa Emoziyoga shunday javob berdi:
— Mening mashgʻulotim paygʻambarlik emas, paygʻambarlarga shogird ham tushmaganman. Men bir chorvador edim, shikamora–anjir daraxtlarini#7:14 shikamora–anjir daraxtlari — anjirning qadimgi Yaqin Sharqda keng tarqalgan bir turi. Kattaligi yongʻoq daraxtiday, barglari esa tut barglariga oʻxshash boʻlib, yil davomida bir necha bor hosil beradigan sersoya daraxt. ham parvarish qilardim. 15Bir kuni suruvni haydab ketayotganimda Egamiz meni chaqirib: “Bor, xalqim Isroilga bashorat qil”, deb aytdi. 16Ey Emoziyo, endi Egamizning soʻzlarini eshit! Sen menga: “Isroil haqida bashorat qilma, Isʼhoq xonadoniga#7:16 Isʼhoq xonadoni — shu bobning 9–oyatiga qarang. qarshi gap gapirma”, deb aytyapsan. 17Shu sababdan Egamiz shunday demoqda:
“Sening xotining shaharda fohishalik qiladi,
Oʻgʻil–qizlaring qilichdan halok boʻladi.
Yering boshqalarga boʻlib beriladi.
Oʻzing esa harom bir yurtda oʻlasan.
Isroil xalqi oʻz yurtidan albatta surgun qilinadi.”
Currently Selected:
Amos 7: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020