Amos 6
6
6–BOB
1Ey Quddusda#6:1 Quddus — ibroniycha matnda Sion. 1:2 ning birinchi izohiga qarang. rohat–farogʻatda yashaganlar, holingizga voy!
Ey Samariya togʻida#6:1 Samariya togʻi — Isroil, yaʼni shimoliy shohlikning poytaxti Samariya nazarda tutilgan. Bu shahar ham, qadimdagi koʻp shaharlar singari, dushmanlar hujumiga qarshi tura olishi uchun tepalik ustida qurilgan. bexatar boʻlganlar, holingizga voy!
Sizlar oʻzlaringizni eng sara xalqning obroʻli odamlari deb bilasizlar,
Bizga bosh boʻlinglar, deb Isroil xalqi sizning oldingizga keladi.
2Kalney shahriga borib, uning ahvolini koʻringlar.
U yerdan buyuk Xomat shahriga oʻtib, holini bilinglar.
Filist xalqining Gat#6:2 Kalney…Xomat…Gat… — Isroil yurtining shimol va gʻarb tomonida joylashgan kuchli shahar–davlatlar. shahriga ham borib koʻringlar.
Sizlarning bu shohliklardan afzalroq joyingiz bormidi?!
Yoki yeringiz ularnikidan kattaroqmidi?!#6:2 Sizlarning…kattaroqmidi?! — yoki Bu shohliklarning Isroil va Yahudodan afzalroq joyi bormidi?! Yoki ularning yeri sizlarnikidan kattaroqmidi?! Bu holatda mazkur oyatdagi soʻzlar Isroil va Yahudo yoʻlboshchilari tomonidan oʻz xalqiga takabburlik bilan aytgan soʻzlar boʻladi. Ammo bu oʻrindagi soʻzlar shunday maʼnoda ishlatilgani ehtimoldan uzoq.
3Kulfat kuni kelishiga sizlar ishonmayapsizlar,
Zoʻravonlik hukmron boʻlishiga sababchi boʻlyapsizlar!
4Sizlar fil suyagidan yasalgan supalarda choʻzilib yotasizlar,
Kursilarda#6:4 …fil suyagidan yasalgan supalar…Kursilar… — qadimiy Isroilda bunday jihozlar faqatgina boy odamlarda boʻlgan. yonboshlab oʻtirasizlar,
Qoʻzichoqlarning goʻshtidan lazzatlanasizlar,
Semirtirilgan buzoqlarning goʻshtidan taom yeysizlar,
5Oʻzlaringizcha Dovud kabi kuylar bastalaysiz,
Arfaning yangragan navolariga ashulalar aytasiz.
6Qadahlab sharob ichasiz,
Xushboʻy moyning eng aʼlosini badaningizga surtasiz.
Xalqingiz — Yusuf naslining#6:6 Yusuf nasli — 5:6 izohiga qarang. kulfati uchun esa qaygʻurmaysiz!
7Shunday ekan, sizlar birinchi boʻlib surgun qilinasiz,
Yonboshlab oʻtkazgan ziyofatlaringiz tugaydi.
8Egamiz Rabbiy Oʻz nomini oʻrtaga qoʻyib ont ichdi,
Ha, Parvardigori Olam — Egamiz shunday demoqda:
“Men Yoqub naslining#6:8 Yoqub nasli — 3:13 izohiga qarang. takabburligidan nafratlanaman,
Ularning qalʼalaridan hazar qilaman.
Samariya shahrini va u yerdagi hamma narsani
Men dushmanning#6:8 dushman — 3:11 izohiga qarang. qoʻliga beraman.”
9Agar bir uyda oʻnta odam qolgan boʻlsa, ularning hammasi oʻladi. 10Ularning yaqin qarindoshi va goʻrkov marhumlarni dafn qilmoqchi boʻlib kelishadi. Yaqin qarindoshi jasadlarni olib chiqqanda goʻrkovdan: “Yana jasadlar bormi?” deb soʻraydi. Goʻrkov: “Yoʻq”, deb javob beradi. Keyin esa: “Jim!#6:10 Jim! — mazkur parchada tasvirlangan dahshatli jazodan keyin odamlar Xudoning nomini hatto tilga olishga ham qoʻrqadigan boʻlib qoladilar. Xudoning nomini tilga olsak, boshimizga yanada koʻproq jazo keladi, degan fikr oʻsha qoʻrquvning sababi boʻlishi mumkin. Yana Zafaniyo 1:7 ga qarang. Egamizning nomini tilga olmaylik!” deb aytadi.
11Ana, Egamiz amr bermoqda:
Koshonalar buzib tashlanadi,
Kulbalar yakson boʻladi.
12Otlar qoyalar ustida chopa olmaydi–ku!
Dengizni#6:12 Dengiz — yoki Oʻsha yer. hoʻkizlar bilan shudgor qilib boʻlmaydi–ku!
Qoyil–e, sizlar esa adolatni zaharga aylantirdingiz,
Solihlikning shirin mevasini achchiq qildingiz.
13Sizlar: “Loʻdavor shahrini#6:13 Loʻdavor shahri — ibroniychadagi hech narsa soʻziga ohangdosh. Bu shahar Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan.
Qoʻlga kiritdik”, deb maqtanib yuribsizlar.
“Karnayim shahrini#6:13 Karnayim shahri — ibroniychadagi maʼnosi ikki shox. Buqaning shoxlari harbiy kuchning ramzi edi. Karnayim shahri Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan.
Oʻz kuchimiz bilan yengdik”, deb aytyapsizlar.
14Parvardigori Olam — Egamiz shunday demoqda:
“Ey Isroil xalqi, qaranglar!
Men sizlarga qarshi bir xalqni qoʻzgʻatdim.
Ular Levo–Xomatdan#6:14 Levo–Xomat — yoki Xomat dovoni. to Arabadagi soylikkacha#6:14 Arabadagi soylikkacha — Araba umumiy geografik nom boʻlib, bu oyatda Oʻlik dengizning janub tomoniga nisbatan ishlatilgan. Bu oʻrinda tilga olingan soylik Oʻlik dengizning janubiy qirgʻogʻidagi Zarad soyligi boʻlsa kerak. Oʻsha paytda bu soylik Oʻlik dengizning sharq tomonidagi Isroilning eng janubiy chegarasi boʻlgan. sizlarni ezadilar.”
Currently Selected:
Amos 6: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: