YouVersion Logo
Search Icon

Havoriylar 28

28
28–BOB
Malta orolida
1Biz#28:1 Biz — 16:10 izohiga qarang. qirgʻoqqa eson–omon yetib borganimizdan keyin, bildikki, bu orolning nomi Malta ekan. 2Yerli aholi bizga gʻoyat doʻstona munosabatda boʻldi. Yomgʻir yogʻayotgani va sovuq boʻlgani uchun ular olov yoqib, hammamizni olov atrofiga taklif qildilar. 3Pavlus shox–shabba yigʻib kelib, olov ustiga tashlayotganda, bir zaharli ilon issiqdan qochib, uning qoʻliga osilib qoldi. 4Yerli aholi Pavlusning qoʻliga osilib qolgan ilonni koʻrib bir–birlariga: “Bu odam qotil boʻlsa kerak, u dengizdan qutulsa ham, Qasos xudosi unga yashashga imkon bermadi”, dedilar. 5Ammo Pavlus ilonni olov ichiga silkitib otdi, oʻzi esa hech qanday zarar koʻrmadi. 6Aholi, hozir bu odam shishib ketadi yoki birdan yiqilib oʻladi, deb kutardi. Ular uzoq kutdilar, lekin gʻayritabiiy ravishda unga hech narsa boʻlmaganini koʻrdilar. Endi odamlar fikrlarini oʻzgartirib: “U xudo ekan”, deb ayta boshladilar.
7Oʻsha joyning yaqinida bir dala bor edi, bu dala orol boshligʻi Publiyusga tegishli ekan. Publiyus bizni uyiga olib ketib, uch kun mehmon qildi. 8Uning otasi ichburugʻdan isitmalab, toʻshakda yotardi. Pavlus uning xonasiga borib, ibodat qildi, unga qoʻlini qoʻyib, shifo berdi. 9Shu voqea yuz bergandan keyin, oroldagi hamma xasta odamlar Pavlusning oldiga kelib, shifo topdilar. 10Ular bizga koʻp izzat–hurmat koʻrsatdilar. Joʻnab ketayotganimizda esa safarimiz uchun zarur oziq–ovqatlarni kemaga joylashtirdilar.
Maltadan Rimga
11Uch oydan keyin Iskandariyadan kelgan kema bilan dengizga chiqdik. Kema “Egizak xudolar”#28:11 “Egizak xudolar” — qadimiy yunonlar Zevsning oʻgʻillari, deb hisoblagan ikki but — Kastor va Polluksning unvoni. Bu ikki but dengizchilarning homiylari deb hisoblangan, shuning uchun ularga asosan dengizchilar sajda qilgan. deb atalardi. U orolda qishlab qolgan edi. 12Biz Surakuz shahriga borib, u yerda uch kun turdik. 13U yerdan suzib ketib, Regiumga keldik. Ertasi kuni janubdan shamol esa boshladi. Ikkinchi kun Puteol shahriga yetib keldik. 14U yerda bir necha imonlilar bilan uchrashdik. Ular: “Biz bilan qolinglar”, deb iltimos qildilar.
Bir haftadan keyin biz Rimga ketdik. 15Rimdagi imonlilar biz toʻgʻrimizda eshitib, bizni kutib olgani yoʻlga chiqishdi. Baʼzilari bilan Appiyus bozorida koʻrishdik, boshqa birlari bilan esa Uch mehmonxona#28:15 …Appiyus bozori…Uch mehmonxona… — Rimga olib boradigan asosiy yoʻlning boʻyidagi ikki joy, ular shahardan janubi–sharq tomonda, taxminan 70 kilometr va 55 kilometr masofada joylashgan. degan joyda uchrashdik. Pavlus ularni koʻrib, Xudoga shukur aytdi va yanada dadillashdi. 16Biz Rimga kelganimizdan keyin, Pavlusga#28:16 Biz Rimga kelganimizdan keyin, Pavlusga… — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Biz Rimga kelganimizdan keyin, yuzboshi mahbuslarni lashkarboshiga topshirdi. Pavlusga esa…. bir askar kuzatuvida yolgʻiz yashashga ruxsat berildi.
Pavlusning Rimdagi faoliyati
17Pavlus uch kundan keyin mahalliy yahudiylarning yoʻlboshchilarini chaqirdi. Ular yigʻilishgach, Pavlus dedi:
— Birodarlar! Men xalqimizga yoki ota–bobolarimiz odatlariga qarshi biron narsa qilmagan boʻlsam ham, meni Quddusda qamab, Rim amaldorlarining qoʻliga topshirishdi. 18Ular meni tekshirib koʻrganlaridan keyin, meni ozod qilmoqchi boʻldilar, chunki oʻlimga loyiq biron ish qilmagan edim. 19Ammo yahudiylar qarshilik qilganlaridan keyin, men Qaysarning#28:19 Qaysar — barcha Rim imperatorlariga berilgan unvon. hukmini talab qilishga majbur boʻldim. Men bu bilan oʻz xalqimni ayblamoqchi emasman. 20Shu sababdan men sizlar bilan koʻrishib, suhbatlashishni istadim. Aslini olganda, men Isroilning umidi#28:20 Isroilning umidi — 26:6-8 oyatlarga va 26:6 izohiga qarang. uchun zanjirband qilinganman.
21Ular Pavlusga dedilar:
— Siz toʻgʻringizda Yahudiyadan bironta xat olmadik, bu yerga tashrif buyurgan birodarlarimizdan birontasi ham siz toʻgʻringizda biron xabar yoki hech qanday yomon gap aytmadi. 22Ammo fikringizni oʻzingizdan eshitishni istardik, chunki bu mazhabga#28:22 bu mazhab — 24:5 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang. nisbatan har yerda qarshi gapirib yurganlarini biz bilamiz.
23Ular Pavlus bilan bir kunni kelishib oldilar. Oʻsha kuni ular Pavlus turgan joyga bir talay odamni boshlab keldilar. Pavlus ertalabdan kechgacha ularga Xudoning Shohligi toʻgʻrisida tushuntirdi. Shuningdek, Musoning Tavrot kitobidan va Paygʻambarlar bitiklaridan#28:23 …Musoning Tavrot kitobi…Paygʻambarlar bitiklari… — 24:14 izohiga qarang. Iso toʻgʻrisida ishonchli dalillar keltirdi. 24Ulardan baʼzilari Pavlusning aytganlariga ishondilar, boshqalari esa umuman ishonmadilar. 25Shunday qilib, ular oʻzaro bahslashdilar. Ular ketmoqchi boʻlib turganlarida Pavlus shunday dedi: “Muqaddas Ruh Ishayo paygʻambar orqali ota–bobolaringizga ushbu gapni toʻgʻri aytgan ekan:
26«Bor, mana shu xalqqa ayt:
‘Sizlar tinglab turasiz–u, lekin hech tushunmaysiz,
Qarab turasiz–u, ammo hech anglab yetmaysiz.’
27Zero, bu xalqning aqli oʻtmas boʻlib qoldi,
Quloqlari garang boʻldi,
Koʻzlarini yumib olishdi.
Aks holda, koʻzlari koʻrgan boʻlardi,
Aks holda, quloqlari eshitgan boʻlardi,
Aqllari anglagan boʻlardi,
Yana Menga qaytgan boʻlishardi,
Men ularga shifo bergan boʻlardim.»#28:26-27 Muallif bu oʻrinda Ishayo 6:9-10 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.
28-29Sizlarga shu maʼlum boʻlsinki, Xudoning najoti gʻayriyahudiylarga yuborilgan. Ular quloq soladilar#28:28-29 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻzlar 29–oyatni tashkil etib, qoʻshimcha qilingan: Pavlus shu gaplarni aytgandan keyin, yahudiylar oʻzaro qattiq bahslashib, ketib qoldilar..”
30Pavlus ijaraga olgan uyida ikki yil yashadi va uni koʻrgani kelgan hammani qabul qildi. 31U jasorat bilan Xudoning Shohligi haqida vaʼz aytib, Rabbimiz Iso Masih toʻgʻrisida taʼlim berdi. Hech kim unga buni taqiqlashga urinmadi.

Currently Selected:

Havoriylar 28: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in