3 Yuhanno 1
1
1–BOB
Duoyi salom
1Chin koʻngildan yaxshi koʻradigan aziz birodarim Gayusga men — oqsoqoldan#1:1 oqsoqol — yaʼni havoriy Yuhanno. salom!
2Aziz doʻstim, hamma ishlaringga Xudodan rivoj tilayman. Tanang, ruhing singari, sogʻ–salomat boʻlsin.
Gayusning maqtovga loyiq mehmondoʻstligi
3Har safar birodarlarimiz kelib, sening haqiqatga sodiq qolganingni va haqiqat boʻyicha yashayotganingni aytishganda, men gʻoyat xursand boʻlaman. 4Men uchun farzandlarimning#1:4 farzandlarim — Yuhannoning oʻz farzandlari emas. Yuhanno ularning ruhiy yoʻlboshchisi boʻlib, aziz imonlilarga shunday murojaat qilgan. haqiqat boʻyicha yashayotganlarini eshitishdan kattaroq xursandchilik yoʻq.
5Aziz doʻstim, sen birodarlarimizga, hatto oʻzing tanimaganlarga ham, doim sadoqat bilan yordam berib kelyapsan. 6Ular sening mehribonliging toʻgʻrisida imonlilar jamoatiga aytib yurishibdi. Bu ishingni davom ettiraver, Xudoga munosib tarzda safardagi birodarlarga yordam ber. 7Axir, ular Masih nomi uchun yoʻlga chiqqanlar. Imonsizlardan#1:7 Imonsizlar — ulardan Xushxabarni eshitadigan odamlar. hech qanday yordam olmaslikka qaror qilganlar. 8Biz bunday odamlarni qoʻllab–quvvatlashimiz kerak, shunda haqiqatni eʼlon qilishda ularga hamkor boʻlamiz.
Diotrefes va Demitrus
9Men imonlilar jamoatiga#1:9 imonlilar jamoati — Gayus va Diotrefes aʼzo boʻlgan jamoat nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. bir maktub yozgan edim. Ammo ularning oralarida oʻzini katta tutayotgan Diotrefes gaplarimizga eʼtibor bermayapti. 10Agar borsam, uning qilmishlarini fosh etaman. U biz haqimizda yomon gaplar tarqatib, tuhmat qilib yuribdi. Bu bilan ham kifoyalanmay, birodarlarni qabul qilmayapti, qabul qilmoqchi boʻlganlarga toʻsqinlik qilib, ularni hatto jamoatdan quvib chiqaryapti.
11Aziz birodarim, sen yomonlikka emas, yaxshilikka taqlid qil. Yaxshilik qiluvchi odam Xudodandir. Yomonlik qiluvchi esa Xudoni koʻrmagan.
12Demitrus#1:12 Demitrus — Xushxabarni yoyish maqsadida safarga chiqqan, ushbu maktubni Gayusga olib borayotgan odam boʻlishi mumkin. haqida esa hamma yaxshi gapirmoqda, uning hayotida va taʼlimotida aks etgan haqiqatning oʻzi ham u tomondadir. Biz ham u haqda yaxshi fikrdamiz, gapimiz toʻgʻri ekanligini oʻzing bilasan.
Xayrlashuv
13Senga aytadigan gapim koʻp, ammo ularni siyoh bilan qogʻozga yozishni istamadim. 14Undan koʻra, yaqin orada oʻzing bilan yuzma–yuz koʻrishib gaplashaman degan umiddaman. 15Tinch–omon boʻlgin. Doʻstlarimiz senga salom yoʻllayaptilar. U yerdagi doʻstlarimga ham nomma–nom salom aytib qoʻy.
Currently Selected:
3 Yuhanno 1: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020