3 Yuhanno Kirish
Kirish
Mazkur maktub muallifi Iso Masihning shogirdi Yuhannodir. Yuhanno bu maktubini imonlilar jamoatining yetakchisi Gayusga yoʻllagan.
Mazkur maktubda muallif imonli birodarlarini bir–birlariga nisbatan mehr–oqibatli boʻlishga undaydi. Yuhanno Gayusning jamoatidan olgan xabarga koʻra, Diotrefes ismli betavfiq bir odam jamoat boshqaruvini oʻz zimmasiga olib, Yuhanno yuborgan muallimlarni qabul qilmagan ekan. Ularga mehmondoʻstlik koʻrsatgan birodarlarni esa jamoatdan quvib chiqargan ekan. Yuhanno Diotrefesning bu qilmishlarini qoralaydi, Gayusni esa maqtab, safardagi muallimlarga koʻrsatgan mehmondoʻstligi uchun unga oʻz minnatdorchiligini bildiradi.
Yuhannoning uchinchi maktubi juda qisqa boʻlgani uchun boblarga boʻlinmagan.
Currently Selected:
3 Yuhanno Kirish: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020