YouVersion Logo
Search Icon

2 Yuhanno 1

1
1–BOB
Duoyi salom
1Xudo tanlab olgan aziz xonim va uning bolalariga#1:1 Xudo tanlab olgan aziz xonim va uning bolalari — maʼlum bir imonlilar jamoati va jamoat aʼzolari nazarda tutilgan boʻlsa kerak. men — oqsoqoldan#1:1 oqsoqol — yaʼni havoriy Yuhanno. salom! Men sizlarni chin dildan yaxshi koʻraman, mengina emas, haqiqatni bilib olganlarning hammasi sizlarni yaxshi koʻradi. 2Bu sevgiga dilimizdan joy olgan va to abad biz bilan boʻladigan haqiqat asos boʻldi.
3Biz haqiqat va sevgi boʻyicha yashar ekanmiz, Otamiz Xudo va Otamizning Oʻgʻli Iso Masih beradigan inoyat, marhamat va tinchlik bizga#1:3 Biz…biz — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Sizlar…sizlar. doim yor boʻladi.
Haqiqat va mehr–muhabbat
4Hurmatli xonim, farzandlaringizning bir nechtasi Otamiz Xudoning bizga bergan amrini#1:4 Otamiz Xudoning bizga bergan amri — 1 Yuhanno 3:23 ga qarang. bajarib, haqiqat yoʻlida yurayotgan ekanlar. Men bundan gʻoyat xursand boʻldim.
5Sizdan bir iltimosim bor, bir–birimizni yaxshi koʻraylik. Sizga yangi amrni yozayotganim yoʻq, bu amr bizga boshidan berilgan. 6Sevgi — biz Xudoning amrlariga amal qilishimizdan iborat. Sizlar bu amrni boshidan eshitgansizlar va unga amal qilib yashashingiz kerak.
7Bularni yodingizda tutinglar, chunki dunyoda yolgʻonchilar koʻpayib ketgan. Iso Masih inson boʻlib kelganini ular tan olmaydilar#1:7 Iso Masih inson boʻlib kelganini ular tan olmaydilar — 1 Yuhanno 2:22, 4:1-3 ga va 1 Yuhanno 5:6 ning birinchi izohiga qarang. Yana 1 Yuhanno 4:10, 5:5 ga qarang.. Ularning har biri yolgʻonchi va Masihning dushmanidir!#1:7 Masihning dushmani — 1 Yuhanno 2:18, 4:3 ga qarang. 8Shunday ekan, ogoh boʻlinglar! Mukofotingizni toʻliq olish uchun Masihga boʻlgan haqiqiy imoningizni#1:8 Masihga boʻlgan haqiqiy imoningiz — yunoncha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi biz bajargan ish, bu oʻrinda ularning Iso Masihga boʻlgan imoni nazarda tutilgan. mahkam tutinglar. 9Masih taʼlimotini ortda qoldirib, oʻzicha “jadallab ketgan” odamda Xudo yoʻq. Masih taʼlimoti boʻyicha yashagan odamda esa Ota ham, Oʻgʻil ham bor. 10Agar biror kishi oldingizga kelib, sizlarga boshqacha taʼlimotni oʻrgatsa, uni uyingizga kiritmanglar, taklif ham qilmanglar. 11Agar uni taklif qiladigan boʻlsangiz, uning yomon ishlariga sherik boʻlgan hisoblanasiz.
Xayrlashuv
12Sizlarga aytadigan gapim koʻp, ammo bularni siyoh bilan qogʻozga yozishni istamadim. Undan koʻra, oldingizga borib, sizlar bilan yuzma–yuz gaplashaman, deb umid qilaman. Shunda shodligimiz#1:12 shodligimiz — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida shodligingiz. tugal boʻladi.
13Xudo tanlab olgan aziz singlingizning bolalari#1:13 Xudo tanlab olgan aziz singlingizning bolalari — bu oʻrinda imonlilar jamoati nazarda tutilgan boʻlsa kerak. Ayniqsa, muallif qaysi jamoatda boʻlgan boʻlsa, oʻsha jamoatga ishora boʻlishi mumkin. sizlarga salom yoʻllashyapti#1:13 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻz oyatga qoʻshimcha qilingan: omin..

Currently Selected:

2 Yuhanno 1: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in