YouVersion Logo
Search Icon

2 Korinfliklar 1

1
1–BOB
Duoyi salom
1Xudoning irodasi bilan Iso Masihning havoriysi boʻlgan men — Pavlusdan va birodarimiz Timoʻtiydan#1:1 Timoʻtiy — 1 Korinfliklar 4:17 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang. Xudoning Korinf shahridagi jamoatiga hamda Axaya viloyatidagi#1:1 Axaya viloyati — Rim imperiyasiga qarashli viloyat boʻlib, poytaxti Korinf shahri edi. barcha Xudoning azizlariga salom! 2Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih sizlarga inoyatu tinchlik ato qilsin.
Tasalli manbai — Xudo
3Rabbimiz Iso Masihning Otasi Xudoga, har turli tasallining manbai boʻlgan Xudo — marhamatli Otaga hamdu sanolar boʻlsin! 4Har xil azob–uqubatlarga uchraganimizda, Xudo bizga tasalli beradi. Shunday ekan, biz ham azob chekayotgan insonga tasalli bera olamiz. Xudo bizga bergan tasalli bilan uni ovuntira olamiz. 5Masihga oʻxshab biz qanchalik koʻp azob cheksak, Xudo bizga Masih orqali shunchalik koʻp tasalli beradi. 6Biz azob–uqubatlarga duchor boʻlayotgan ekanmiz, sizlar tasalli va najot topishingiz uchundir. Biz tasalli topayotgan boʻlsak, bu ham sizlar tasalli topishingiz uchundir, toki sizlar ham bizga oʻxshab azob–uqubatlarga uchraganingizda bardosh bera oling. 7Sizlar nafaqat azob–uqubatlarimizga, balki tasallimizga ham sherik boʻlishingizga hech shubhamiz yoʻq.
8Ey birodarlar, biz shuni istar edikki, sizlar Asiya viloyatidagi biz chekkan azoblardan bexabar qolmanglar. Biz haddan tashqari, chidab boʻlmas darajada azob–uqubat tortdik, hatto tirik qolishdan ham umidimizni uzgan edik. 9Oʻlim muqarrar ekanligiga amin boʻlgan edik. Bularning hammasi bizning oʻzimizga emas, balki oʻliklarni tiriltiradigan Xudoga umid bogʻlashimiz uchun sodir boʻldi. 10Haqiqatan ham Xudo bizni shunday ogʻir oʻlim tahlikasidan qutqardi va yana qutqaradi ham. Ha, Xudo bizni yana qutqaradi, deb Undan qattiq umid qilamiz. 11Sizlar ham ibodatlaringiz orqali bizning faoliyatimizga sherik boʻlyapsizlar. Buni koʻrib, koʻpchilik biz uchun Xudoga shukr aytadi, chunki ularning biz uchun qilgan iltijolari natijasida Xudo bizga iltifot koʻrsatdi.
Pavlusning safar rejalari oʻzgaradi
12Vijdonimiz guvohlik berib turibdi, biz bu dunyoda, ayniqsa sizlar bilan boʻlgan munosabatimizda Xudo ato qilgan soddalik va samimiylik bilan ish tutdik. Biz dunyoviy donolikka emas, balki Xudoning inoyatiga tayanib harakat qildik. Faxrlanishimizning sababi ana oʻshadir.
13-14Sizlar oʻqib, tushuna oladiganlardan boshqa hech narsa yozmaymiz. Sizlar hozir bizni qisman boʻlsa–da, tushunasizlar. Umid qilamanki, bir kun kelib, sizlar quyidagini toʻla anglab olasiz: biz sizlardan qanday faxrlansak, sizlar ham Rabbimiz Iso keladigan kunda bizdan shunday faxrlana olasizlar.
15Yuqorida aytib oʻtganlarimning toʻgʻriligiga ishonganim uchun meni ikki marta koʻrib, xursand boʻlib qolinglar degan niyatda sizlarning oldingizga bormoqchi edim. 16Makedoniyaga borayotganimda sizlarning oldingizga kirib oʻtish, qaytishda ham sizlarni koʻrib ketish niyatim bor edi#1:16 …niyatim bor edi — Pavlusning Korinfga qilgan safarlari haqida batafsil maʼlumot qolmagan. Baʼzi olimlar Pavlusning safarlari haqida quyidagicha mulohaza qiladilar: Pavlus Korinfdagi jamoatga asos solgan (Havoriylar 18:1-11 ga qarang). Shundan keyin Pavlus yana bir bor Korinfga borgan (12:14, 13:1 ga qarang). Ana shu ikkinchi safari paytida yoki undan oldin yozgan maktubida (1 Korinfliklar 5:9 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang) Pavlus Korinfliklarga, sizlarni yana koʻrish niyatim bor, deb aytgan edi. Shuning uchun Pavlus Makedoniyaga ketayotganda va u yerdan qaytayotganda Korinfda toʻxtab oʻtishni rejalashtirdi. Ammo keyinchalik Korinf jamoatidagi muammolar haqida eshitgandan soʻng, Makedoniyaga ketayotganda Korinfga kirmaslikka qaror qildi. Pavlus, Korinfliklar bilan koʻrishganimda oramizga sovuqchilik tushmasin deb, ularga oʻzlarining muammolarini hal qilishga vaqt bermoqchi boʻlgandi (1:23, 13:1-10 ga qarang). U Efesda boʻlganda Korinfliklarga maktubni (yaʼni “1 Korinfliklar” maktubini) yozib, ularga oʻsha muammolarni yechish haqida maslahat bergan. Pavlus oʻsha maktubida rejalari oʻzgargani, Korinfga faqat Makedoniyadan qaytayotganda kirib oʻtishini aytib oʻtgan (1 Korinfliklar 16:5-9 ga qarang). Pavlusning oʻzgargan rejalarini Korinfdagi raqiblari unga qarshi ishlatgan. Ular boshqalarda Pavlus haqida salbiy taassurot qoldirish niyatida Pavlusni ishonchsiz, soʻzida turmaydigan odam, deb aytganlar. Pavlus Makedoniyaga borgandan keyin, Korinfda boʻlayotgan voqealar haqida va Korinfliklar uning maktubiga (yaʼni “1 Korinfliklar” maktubiga) qanday munosabat bildirganlarini Titusdan eshitgach, Korinfliklarga yana bir maktubni (yaʼni “2 Korinfliklar” maktubini) yozgan (7:5-9 ga qarang).. Shunday qilib, Yahudiyaga#1:16 …Yahudiyaga… — Quddusdagi masihiylarga moddiy yordam berish uchun Pavlus nazr yigʻishni rejalashtirgan edi (1 Korinfliklar 16:1 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang). ketishimda yoʻlda uchrashi mumkin boʻlgan ehtiyojlarimni qondirib, kuzatib qoʻyardingizlar.
17Shunday rejalarim bor edi. Oʻsha rejalar amalga oshmasa, yengiltaklik bilan ish tutgan boʻlamanmi?! Yoki men reja qilayotgan paytda goh “ha”, goh “yoʻq” deydigan, betayin odamga oʻxshaymanmi?! 18Xudo ishonchlidir, shuning uchun sizlarga yetkazgan xabarimiz ham hech oʻzgarmaydi. 19Silas#1:19 Silas — yunoncha matnda bu ismning boshqa varianti Silvanus. Silas ilk jamoatning yetakchisi boʻlib, havoriy Pavlusning Xushxabar yoyish maqsadida qilgan ikkinchi safarida unga hamroh edi (Havoriylar 15:22, 32, 36-41 ga qarang)., Timoʻtiy va men sizlarga Xudoning Oʻgʻli — Iso Masih haqida aytganmiz. Iso Masih oʻzgaruvchan emas. U doimo sadoqatlidir. 20Iso Masih orqali Xudo Oʻz vaʼdalarini bajaradi, shuning uchun biz ham Iso Masih orqali Xudoni ulugʻlab, “Omin, iloyim shunday boʻlsin”, deymiz. 21Xudoning Oʻzi bizni ham, sizlarni ham Iso Masihga boʻlgan imonimizda mustahkam qiladi. U bizni Oʻzi uchun tanlab oldi. 22Bizga Oʻz muhrini bosib, kelajakdagi qut–barakalarning kafili sifatida Muqaddas Ruhni berdi. 23Xudo shohid, oʻz jonim haqi aytyapman, sizlarni ayaganim uchun hanuz Korinfga bormadim. 24Biz sizlarning imoningiz ustidan hukmdormiz, demoqchi emasman, chunki sizlar imonda mahkam turibsizlar. Xizmat qilishimizdan maqsad quvonchingizni koʻpaytirishdir.

Currently Selected:

2 Korinfliklar 1: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy