2 Shohlar 20
20
20–BOB
Shebaning isyoni
1Oʻsha paytda Benyamin qabilasidan Sheba degan yaramas bir odam shu yerda — Gilgalda edi. U Bixri deganning oʻgʻli edi. Sheba burgʻu chalib, shunday xitob qildi:
“Essay oʻgʻli Dovudning bizga oʻtkazib qoʻygan joyi yoʻq,
Bizning ham undan qarzimiz yoʻq!
Ey Isroil#20:1 Isroil — 2:9 ning ikkinchi izohiga qarang. erlari, hamma oʻz uyiga qaytsin!”
2Shundan keyin jamiki Isroil odamlari Dovudni tark etib, Shebaga ergashib, ketib qolishdi. Yahudo xalqi esa oʻzlarining shohiga sodiq qolib, Iordan daryosidan Quddusgacha unga hamroh boʻlishdi.
3Shoh Dovud Quddusdagi saroyiga yetib borgach, saroyga qarab turinglar deb, qoldirib ketgan oʻnta kanizagini#20:3 kanizak — 5:13 izohiga qarang. alohida uyda saqlashni buyurdi. Dovud ularni boqdi, lekin birortasi bilan birga boʻlmadi#20:3 …birortasi bilan birga boʻlmadi — chunki Absalom otasi Dovudning kanizaklari oldiga kirgan edi (16:21, 22 ga qarang).. Kanizaklar esa umrlarining oxirigacha nazorat ostida, beva xotinlar kabi yashadilar.
4Shundan keyin shoh Dovud oʻz lashkarboshisi Emosaga:
— Uch kun ichida Yahudo xalqini huzurimga chaqirib kel, oʻzing ham shu yerda boʻl, — dedi. 5Emosa Yahudo xalqini chaqirib kelishga ketdi. Ammo belgilangan vaqtda qaytib kelmadi. 6Shundan soʻng Dovud boshqa lashkarboshisi Abushayga dedi:
— Endi Sheba bizga Absalomdan ham ogʻirroq kulfat keltiradi. Mening odamlarimni olib, Shebaning orqasidan quvla. Aks holda, u mustahkam shaharga oʻrnashib olib, bizdan yashirinadi.
7Oʻsha zahoti Abushay Shebani tutib kelish uchun Quddusdan chiqdi. U Yoʻabni va uning odamlarini, Xaretlik va Palatlik qoʻriqchilarni#20:7 Xaretlik va Palatlik qoʻriqchilar — Dovud yollagan bu muhojir sipohlar shohning shaxsiy qoʻriqchilari boʻlib xizmat qilgan., hamma botir sipohlarni yoniga oldi. 8Ular Givondagi#20:8 Givon — Quddusdan qariyb 6 kilometr shimoli–gʻarbda joylashgan. katta qoyaning yoniga yetib borganda, Emosani uchratib qoldilar. Yoʻab jang kiyimlarini kiyib olgan edi. Kiyimining ustidan kamar bogʻlagan, xanjarini qiniga solib, kamariga osib olgan edi. U Emosaning oldiga soʻrashish uchun qadam tashladi–yu, yashirincha xanjarini qinidan sugʻurdi.
Yoʻab Emosaga:
9— Yaxshimisan, inim? — dedi–yu, goʻyo uni oʻpmoqchi boʻlib, oʻng qoʻli bilan Emosaning soqolidan ushladi. 10Emosa Yoʻabning narigi qoʻlida xanjar borligini sezmay qoldi. Yoʻab xanjarini Emosaning qorniga tiqdi, Emosaning ichak–chovogʻi yerga toʻkildi. Ikkinchi marta xanjar urishiga hojat qolmadi, Emosaning joni chiqib boʻlgan edi.
Shundan keyin Yoʻab bilan akasi Abushay Shebani quvlashda davom etishdi. 11Yoʻabning odamlaridan biri Emosaning jasadi tepasida turib:
— Yoʻabga kim sodiq boʻlsa, kim Dovud tarafida boʻlsa, Yoʻabning orqasidan borsin, — dedi. 12Emosaning jasadi qonga belanib yoʻlning oʻrtasida yotar, har bir odam jasadga yaqinlashganda, uning tepasida toʻxtab qolardi. Yoʻabning gapirgan oʻsha odami bu ahvolni koʻrib, Emosaning jasadini sudrab, yoʻl yoqasidagi dalaga olib borib tashladi, ustiga kiyim tashlab qoʻydi. 13Jasad yoʻldan olib tashlangandan soʻng, hamma Shebani quvlab, Yoʻabning ortidan ketdi.
14Shu orada Sheba Isroil qabilalarining hamma yerlarini bosib oʻtib, Ovil–Bayt–Maxo shahriga#20:14 Ovil–Bayt–Maxo shahri — Isroil yurtining eng shimoliy chekkasida joylashgan, Dan shahridan uncha uzoq emas. yetib keldi. Bixri#20:14 Bixri — qadimiy yunoncha va lotincha tarjimalardan. Ibroniycha matnda Berim. urugʻining hammasi Shebaga ergashib, shaharga kirib olishdi. 15Soʻng Yoʻab va uning hamma odamlari Ovil–Bayt–Maxoga bordilar, oʻsha shaharni qamal qilib, shahar devoriga qiyalatib tuproq uydilar#20:15 …shahar devoriga qiyalatib tuproq uydilar… — qadimgi davrlarda dushmanlar devor bilan oʻralgan shaharga hujum qilayotganlarida, koʻpincha devorga qiyalatib tuproq uyganlar. Shu yoʻl bilan ular shaharni himoya qilayotgan xalqqa hujum qilish uchun devorni buzishga yoki oshib oʻtishga qulay imkoniyat yaratganlar. va tepaga chiqib devorteshar qurol bilan devorni yiqita boshladilar. 16Shu payt bir dono ayol shahar ichkarisidan ovoz berdi:
— Eshitinglar! Quloq solinglar! Yoʻabni aytib yuboringlar, bu yoqqa kelsin, u bilan gaplashmoqchiman.
17Yoʻab ayolga yaqinroq bordi.
— Yoʻab sizmisiz? — soʻradi ayol.
— Ha, menman, — dedi Yoʻab.
— Bu choʻringizning soʻzlarini eshiting! — dedi ayol.
— Qulogʻim senda, — dedi Yoʻab.
18Ayol gapida davom etdi:
— Qadimdan “Ovil shahrida maslahat qilinglar” degan gap boʻlardi, shunga rioya qilib, hamma har qanday ishlarini hal qilishardi. 19Biz Isroilning tinchligini istagan sodiq kishilarmiz. Siz esa Isroilda onaday boʻlgan shaharni vayron qilmoqchisiz. Nimaga Egamning merosini yoʻq qilish sizga kerak boʻlib qoldi?
20— Xudo saqlasin! — dedi Yoʻab, — vayron qilmoqchi yoki butunlay yoʻq qilmoqchi emasman. 21Hecham unday emas. Efrayim qirlaridan Bixri oʻgʻli Sheba degan odam shoh Dovudga qarshi isyon koʻtargan edi. Faqat oʻshani bersangizlar boʻldi, men shahardan tinchgina ketaman.
— Uning boshini devordan oshirib, sizga tashlashadi, — dedi ayol.
22Soʻng ayol butun shahar ahliga oʻzining dono gaplarini yetkazdi. Shahar ahli Shebaning boshini kesib, devordan oshirib Yoʻabga tashladi. Yoʻab burgʻusini chaldi. Yoʻabning odamlari shahardan chiqib, uylariga qaytib ketishdi. Yoʻab ham Quddusga — shohning yoniga joʻnadi.
Dovudning aʼyonlari
23Yoʻab butun Isroil qoʻshinining lashkarboshisi edi. Yohayido oʻgʻli Binayo esa Xaretlik va Palatlik qoʻriqchilarning sardori edi. 24Odoniram#20:24 Odoniram — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Odoram. qarollar ustidan masʼul, Oxilud oʻgʻli Yohushafat mushovir#20:24 mushovir — lugʻaviy maʼnosi maslahatchi. Bu oʻrinda xabarchi. U shohlik ichidagi va xalq orasidagi xabarni shohga, shohning farmonlarini xalqqa yetkazib turgan. edi. 25Shavo — kotib, Zodoʻx bilan Abuatar — ruhoniy, 26Yovirlik Ero ham Dovudning ruhoniysi edilar.
Currently Selected:
2 Shohlar 20: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: