2 Shohlar 18
18
18–BOB
Absalomning halokati
1Dovud yonida yurgan odamlarini bir joyga toʻplab, ular ustidan mingboshilar, yuzboshilar tayinladi. 2Soʻng odamlarini uch qismga boʻldi, birinchi qismga Yoʻab boshchilik qilardi, ikkinchisiga Yoʻabning akasi Abushay (Zeruyaning oʻgʻli), uchinchisiga Gatlik#18:2 Gat — Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan bu shahar Filistlarning beshta asosiy shahridan biri edi. Etxay boshchilik qilishardi. Shoh odamlarini jangga joʻnatayotib ularga:
— Men ham sizlar bilan birga boraman, — degan edi, 3ular:
— Biz bilan bormang, — deyishdi. — Bordi–yu, qochishimizga toʻgʻri kelib qolsa, gʻanimlarimiz biz bilan qiziqmaydi. Yarmimiz oʻlib ketganimizda ham eʼtibor berishmaydi. Siz bizning oʻn mingtamizga arziysiz. Siz bizga shahardan turib yordam bering, bizga shunisi yaxshi.
4— Sizlarga qaysinisi maʼqul boʻlsa, shuni qilganim boʻlsin, — dedi shoh. Odamlar yuz, ming kishilik toʻdalarga boʻlinib shahardan chiqishayotganda, shoh darvoza yonida turgan edi. 5Shoh Yoʻabga, Abushay va Etxayga:
— Absalom yosh, mening hurmatim uchun unga ziyon yetkazmanglar, — deb tayinladi. Shohning lashkarboshilarga Absalomga aloqador buyruq berganini hamma sipohlar eshitishdi.
6Absalomga ergashgan Isroil lashkari bilan jang qilish uchun Dovudning odamlari maydonga chiqishdi. Jang Efrayim oʻrmonida boʻldi. 7Dovudning odamlari Isroil lashkarini magʻlub qildi. Katta talafot boʻldi, oʻsha kuni yigirma ming kishi oʻldi. 8Jang tobora yoyilib borardi. Oʻsha kuni oʻrmondagi falokatdan nobud boʻlgan odamlarning soni jangda oʻldirilganlarning sonidan koʻp edi.
9Jang payti Absalom xachirini minib yolgʻiz oʻzi qochib ketayotgan edi, toʻsatdan Dovudning odamlariga duch kelib qoldi. Xachir katta eman daraxtining qalin shoxlari tagidan yelib ketayotganda, Absalomning boshi shoxlar orasiga kirib qoldi. Xachir yelib ketaverdi, Absalom esa daraxtga osilib qoldi. 10Dovudning odamlaridan biri Absalomning osilib turganini koʻrib qoldi va borib Yoʻabga aytdi:
— Absalomni koʻrdim, u bir eman daraxtida osilib turibdi!
11Yoʻab xabar olib kelgan odamga:
— Uni koʻrgan boʻlsang, nimaga yerga qulatib oʻldirmading? Senga oʻn kumush tanga#18:11 oʻn kumush tanga — taxminan 110 grammga toʻgʻri keladi. va bir kamar hadya etgan boʻlardim, — dedi. 12Oʻsha odam Yoʻabga shunday javob berdi:
— Hatto ming kumush tanga#18:12 ming kumush tanga — taxminan 11 kiloga toʻgʻri keladi. sanab berganingizda ham, shoh oʻgʻliga qoʻlimni tekkizmayman. Chunki shohning sizga, Abushay va Etxayga “Yosh Absalomning jonini saqlang” degan buyrugʻini biz ham eshitgan edik. 13Bordi–yu, Absalomning joniga qasd qilganimda, siz oʻzingizni chetga tortmasmidingiz, axir?! Baribir, shohimiz hamma narsadan voqif boʻladi–ku!
14Yoʻab:
— Sen bilan pachakilashib vaqtimni yoʻqotmay, — dedi–yu, qoʻliga uchta nayza olib oʻsha yerga bordi. Absalom eman daraxtida muallaq osilib turar, hali tirik edi. Yoʻab Absalomning yuragiga nayza sanchdi. 15Soʻngra Yoʻabning oʻnta qurolbardori Absalomni oʻrab olib, tamomila oʻldirishdi.
16Yoʻab jangni toʻxtatish uchun burgʻu chaldirdi, shunda Dovudning odamlari Isroil lashkarini quvlashdan toʻxtab, orqaga qaytishdi. 17Absalomni esa daraxtdan koʻtarib olib, oʻrmondagi chuqur bir xandaqqa uloqtirishdi. Bir talay tosh uyib, xandaq ogʻzini berkitishdi. Shu paytda Isroil lashkarining hammasi uy–uylariga qochib ketishgan edi.
18Absalom hayotligida “Nomimni davom ettiradigan bitta ham oʻgʻlim yoʻq#18:18 …bitta ham oʻgʻlim yoʻq… — bir vaqtlar Absalomning uchta oʻgʻli boʻlgan edi (14:27 ga qarang). Lekin ular yo yoshligida vafot etganlar yoki Absalom Omnoʻnni oʻldirgani uchun qatl qilinganlar.”, deb Shoh soyligida#18:18 Shoh soyligi — Qidron soyligining bir qismi boʻlib, Quddus shahridan janubi–sharqda joylashgan. Soylik — ikki adir oraligʻidagi pastlik. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SOYLIK soʻziga qarang. oʻziga atab bir yodgorlik toshi oʻrnatgan va yodgorlik toshiga oʻzining nomini bergan edi. Bu yodgorlik shu kungacha#18:18 …shu kungacha… — shu kitob yozilgan vaqtga ishora. “Absalom yodgorligi” deyiladi.
Dovud oʻgʻliga aza tutadi
19Zodoʻxning oʻgʻli Oximas Yoʻabga:
— Ijozat bersangiz, tez borib shohimizga: “Egam sizni gʻanimlaringiz qoʻlidan qutqardi”, deb xabar yetkazsam, — dedi.
20— Yoʻq, — dedi Yoʻab, — bugun sen xabar olib bormaysan. Boshqa safar xabar yetkazarsan, lekin bugun emas. Chunki shohning oʻgʻli oʻldi.
21Keyin Yoʻab Habashistonlik bir odamga#18:21 Habashistonlik bir odam — ibroniycha matnda Kushlik bir odam (shu bobning 22, 23, 31, 32–oyatlarida ham bor). Kush degan joy Misrdan janubda boʻlib, hozirgi Sudan va Efiopiya mamlakatlarining bir qismini oʻz ichiga olgan edi.:
— Sen borib, koʻrganlaringni shohga ayt, — deb buyurdi. Oʻsha odam Yoʻabga taʼzim qildi–yu, yugurib ketdi. 22Ammo Oximas yana:
— Nima boʻlsa boʻlar, ijozat bering, men anavi Habashistonlikning orqasidan yugurib borayin, — deb iltimos qildi.
— Oʻgʻlim, nimaga yugurib borishni istab qolding? Senga manfaat keltiradigan xabar yoʻq–ku! — dedi Yoʻab.
23— Nima boʻlsa boʻlar, hozir yugurib boray, — deb yana iltimos qildi Oximas.
— Mayli, yugur, — dedi Yoʻab. Oximas shu zahoti Iordan tekisligi boʻylab yugurib, Habashistonlikdan oʻzib ketdi.
24Dovud bu vaqtda shahar darvozasi oldida#18:24 …shahar darvozasi oldida… — qadimgi paytlarda shahar darvozasi odatda bir inshoot boʻlib, tashqi va ichki darvozalardan iborat edi. Bitta darvoza devorning tashqarisida, ikkinchi darvoza devorning ichkarisida joylashgan edi. Dovud mana shu ikki darvozaning oʻrtasida oʻtirgan edi. oʻtirgan edi. Qorovul shahar darvozasi tepasiga chiqdi. Atrofga nazar tashlab, bittasining yugurib kelayotganini koʻrdi 25va bu haqda shohga aytdi.
— Bittasi kelayotgan boʻlsa, demak, yaxshi xabar olib kelyapti, — dedi shoh.
Oʻsha odam tobora yaqinlashib kelardi. 26Qorovul yana boshqasining yugurib kelayotganini koʻrib, darvozabonga:
— Ana, yana bittasi yugurib kelyapti, — deb xabar berdi.
— U ham yaxshi xabar olib kelayotir, — dedi shoh.
27— Menimcha, oldindagi odam yugurishidan Zodoʻx oʻgʻli Oximasga oʻxshaydi, — dedi qorovul.
— Oximas — yaxshi odam, yaxshi xabar olib keladi, — deya javob berdi shoh.
28Shu payt Oximas baland ovoz bilan shohga:
— Tinchlik–omonlik boʻlsin, shohim! — dedi.
Soʻng shohning oldida muk tushib taʼzim qilib:
— Shoh hazratlariga qoʻl koʻtarganlar ustidan gʻalaba ato qilgan Egangiz Xudoga hamdu sanolar boʻlsin! — dedi.
29— Bolam Absalom sogʻ–salomatmi? — deb soʻradi shoh.
— Yoʻab men, qulingizni joʻnatgan paytda katta gʻalayon boʻlayotgan edi, keyin nima boʻlganini bilmayman, — dedi Oximas.
30— Bu tomonga oʻt, shu yerda kutib tur, — dedi shoh. Oximas nariga oʻtib kuta boshladi. 31Shu orada Habashistonlik yetib keldi.
— Shoh hazratlariga xushxabar! — dedi u. — Egam adolat qilib, sizga qarshi isyon koʻtarganlar ustidan gʻalaba ato qildi.
32— Bolam Absalom sogʻ–salomatmi? — deb soʻradi shoh Habashistonlikdan.
— Shoh hazratlari! — dedi Habashistonlik. — Gʻanimlaringizning, yomon niyat bilan sizga qarshi otlanganlarning oxirati shu yigitning oxirati kabi boʻlsin.
33Shoh esankirab qoldi. Darvoza tepasidagi boloxonaga chiqib, faryod qila boshladi. U boloxonaga chiqar ekan:
— Oh, oʻgʻlim Absalom! Oh, oʻgʻilginam, bolam Absalom! Sening oʻrningga men oʻlsam boʻlmasmidi, oʻgʻlim?! Voy, bolam Absalom! — deb faryod qilardi.
Currently Selected:
2 Shohlar 18: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: