2 Shohlar 10
10
10–BOB
Dovud Ommon va Oram xalqlarini boʻysundiradi
1Oradan bir qancha vaqt oʻtgach, Ommon#10:1 Ommon — bu yurt Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan edi. shohi Naxosh olamdan oʻtib, oʻrniga oʻgʻli Xanun shoh boʻldi. 2Dovud: “Naxosh menga sodiq edi, men ham uning oʻgʻli Xanunga sodiq boʻlayin”, deb koʻnglidan oʻtkazdi. Shunday qilib, Dovud Xanunga otasining vafoti munosabati bilan tasalli berish uchun oʻz elchilarini joʻnatdi.
Dovudning elchilari Ommon yurtiga borgach, 3Ommon beklari oʻzlarining shohi Xanunga shunday deb oʻrgatishdi: “Dovud bu odamlarini otangiz hurmati uchun joʻnatgan, deb oʻylaysizmi? Yoʻq, Dovud elchilarini sizning huzuringizga yomon niyat bilan yuborgan, u shaharni kuzatib, tekshirib, keyin qoʻlga kiritmoqchi.”
4Shu gapdan soʻng Xanun Dovudning elchilarini ushladi, ularning soqollarining yarmini qirqib, kiyimlarini sonlarigacha kestirib, orqaga qaytarib yubordi. 5Dovud bu voqeani eshitdi–yu, elchilarini kutib olish uchun odamlar joʻnatdi. Elchilar juda sharmandali ahvolda qolgan edilar. Shoh oʻsha elchilariga: “Soqolingiz oʻsguncha Yerixoda qolinglar, keyin mening oldimga qaytib kelinglar”, deb ayttirib yubordi.
6Ommon xalqi “Endi Dovudning gʻazabiga duchor boʻldik”, deb oʻyladi. Ular har tomonga xabar joʻnatib, Bayt–Rexob va Zoʻvo shaharlaridan Oram xalqining 20.000 sipohini, Maxo shahri shohidan 1000 nafar sipohni va Tov xalqidan 12.000 sipohni yolladilar. 7Dovud bu xabarni eshitdi–yu, lashkarboshi Yoʻab boshchiligida qoʻriqchilarining hammasini urushga safarbar qildi. 8Ommon lashkari shahar darvozasi oldida Dovudga qarshi saf tortdi. Rexob va Zoʻvodan kelgan Oram sipohlari, Tov va Maxodan kelgan sipohlar esa yalanglikda saf tortdilar.
9Yoʻab gʻanim toʻdalari orqayu oldindan hujum qilayotganini koʻrdi. U Isroilning saralangan sipohlaridan tanlab oldi–da, Oram lashkariga qarshi saf torttirdi. 10Qolganlariga esa ukasi Abushayni bosh qilib, Ommonlarga qarshi shay qilib qoʻydi. 11Yoʻab Abushayga:
— Oram lashkari mendan ustun kelsa, sen yordamga kelasan, — dedi. — Bordi–yu, Ommonlar sendan baland kelsa, men yordamga boraman. 12Bardam boʻl! Xalqimiz va Xudoyimizning shaharlari uchun mardlarcha kurash olib boraylik. Egamizning xohish–irodasi bajo boʻlsin.
13Yoʻab boshchiligidagi sipohlar Oram lashkariga qarshi tashlandilar. Oram lashkari esa ularning oldiga tushib qochib qoldi. 14Ularning qochganini koʻrgan Ommonlar ham Abushaydan qochib, shaharga berkindilar. Shundan keyin Yoʻab ular bilan jang qilmay, Quddusga qaytib ketdi.
15Oram lashkari Isroil lashkaridan yengilganini anglab yetganidan soʻng, yana bir joyga toʻplanishdi. 16Shoh Hadadzar Furot daryosining narigi tomonidagi oʻz lashkariga xabar berib, ularni chaqirtirdi. Oram lashkari Hadadzarning lashkarboshisi Shoʻvax boshchiligida Xelam shahriga keldi. 17Dovud bu voqeani eshitib, jamiki Isroil lashkarini yigʻdi, Iordan daryosini kechib oʻtib, Xelamga yetib bordi. Oram lashkari saf tortib, Dovud lashkari bilan jang qildi. 18Ammo Oram lashkari yana Isroil lashkarining oldiga tushib qochib qoldi. Dovud Oram lashkarining 700 ta jang aravasi aravakashini va 40.000 nafar otliq sipohini oʻldirdi. U Hadadzarning lashkarboshisi Shoʻvaxni ham yaralagan edi, Shoʻvax jang maydonidayoq jon berdi.
19Shunday qilib, Hadadzarning qoʻli ostidagi hamma shohlar magʻlubiyatga uchrab, Isroil xalqi bilan sulh tuzishga majbur boʻldi. Ular Isroil xalqiga qaram boʻlib qoldi. Shundan keyin Oram xalqi Ommon xalqiga yordam berishdan qoʻrqib qoldi.
Currently Selected:
2 Shohlar 10: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: