4 Shohlar 25
25
25–BOB
1Zidqiyo hukmronligining toʻqqizinchi yili oʻninchi oyining#25:1 Zidqiyo hukmronligining toʻqqizinchi yili oʻninchi oyi — miloddan oldingi 589 yilning oʻninchi oyi. Ibroniy kalendarining Tabat oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan dekabrning oʻrtasidan boshlanadi. oʻninchi kunida Bobil shohi Navuxadnazar Quddusga qarshi butun lashkarini tortib kelib, shaharni qamal qildi. Shahar devori atrofida qamal inshootlarini#25:1 qamal inshootlari — qadimgi davrlarda dushmanlar devor bilan oʻralgan shaharga hujum qilayotganlarida, koʻpincha devor yoniga baland qurilmalar yasaganlar. Shu yoʻl bilan ular shaharni himoya qilayotgan xalqqa hujum qilish uchun devorni buzishga yoki oshib oʻtishga qulay imkoniyat yaratganlar. yasatdi.
2Shoh Zidqiyo hukmronligining oʻn birinchi yiligacha shahar qamalda qoldi. 3Toʻrtinchi#25:3 Toʻrtinchi — ibroniycha matnda bu soʻz yoʻq. Toʻrtinchi soʻzi Yeremiyo 52:5-6 dan olingan. oyning#25:3 Toʻrtinchi oy — ibroniy kalendarining Tammuz oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan iyunning oʻrtasidan boshlanadi. Zidqiyo shohligining oʻn birinchi yilida sodir boʻlgan bu voqea miloddan oldingi 586 yilga toʻgʻri keladi. toʻqqizinchi kuni shaharda ocharchilik shu qadar kuchaydiki, xalq bir burda nonga zor boʻldi. 4Bobilliklar#25:4 Bobilliklar — ibroniycha matnda Xaldeylar, oʻsha vaqtda Bobilliklar shu nom bilan ham atalardi (shu bobning 5, 10, 13, 24, 25, 26–oyatlarida ham bor). Quddus devorini yorib kirdilar. Ular Quddusni har tomondan qurshab olishgan boʻlsalar–da, Yahudo sipohlari shoh bilan birga qochib ketdilar. Ular tunda saroyning bogʻi yaqinidagi ikki devor orasidagi darvozadan chiqib, Iordan vodiysi#25:4 Iordan vodiysi — ibroniycha matnda Araba. Araba umumiy geografik nom boʻlib, bu oyatda Iordan vodiysining bir qismiga, aynan Oʻlik dengizning shimolidagi yerlarga nisbatan ishlatilgan. tomonga qochgan edilar. 5Ammo Bobil sipohlari shohning orqasidan quvib, Yerixo tekisligida unga yetib oldilar. Butun lashkar esa shohni tashlab qochib ketdi.
6Bobil sipohlari shoh Zidqiyoni ushlab, Rivlo shahriga#25:6 Rivlo shahri — 23:33 ning birinchi izohiga qarang. Bobil shohi huzuriga olib keldilar. Bobil shohi Zidqiyoni hukm qildi. 7Zidqiyoning koʻzi oldida oʻgʻillarini qatl qilib, oʻzining koʻzlarini oʻyib oldilar. Keyin uni kishanlab, Bobilga olib ketdilar.
Maʼbad vayron boʻladi
8Beshinchi oyning yettinchi kunida, Bobil shohi Navuxadnazar hukmronligining oʻn toʻqqizinchi yilida#25:8 Beshinchi oyning yettinchi kunida…oʻn toʻqqizinchi yilida… — ibroniy kalendarining beshinchi oyi, yaʼni miloddan oldingi 586 yilning avgust oyi. Bobil shohining amaldori — qoʻriqchilar sardori Nabizaradon Quddusga kirdi. 9U Egamizning uyiga, shoh saroyiga, har bir hashamatli imoratga, Quddusdagi hamma uylarga oʻt qoʻydi. 10Qoʻriqchilar sardori boshchiligida butun Bobil lashkari Quddus devorlarini yiqitdi. 11Nabizaradon qolgan hamma xalqni — shaharda tirik qolganlarni, Bobil shohi tomonga oʻtgan qochoqlarni asir qilib olib ketdi. 12Uzumchilik va dehqonchilik bilan mashgʻul boʻlsinlar deya, hech vaqosi yoʻq, qashshoq odamlardan baʼzilarinigina qoldirdi, xolos.
13Bobilliklar Egamizning uyidagi bronza ustunlarni, aravalarni, bronza hovuzni#25:13 …bronza ustunlar…aravalar…bronza hovuz… — bu buyumlar Sulaymon hukmronlik qilgan davrda yasalgan. Mazkur buyumlarning batafsil bayoni 3 Shohlar 7:15-39 da berilgan. parchalab, bronzaning hammasini Bobilga olib ketdilar. 14Egamizning uyida xizmat paytida ishlatiladigan idishlarni — qozonlarni, kuraklarni, qaychilar va kurakchalarni, barcha bronza ashyolarni ham olib ketdilar. 15Nabizaradon toza oltin va kumush olovkuraklarni, togʻorachalarni, hamma oltin va kumush buyumlarni olib ketdi.
16Egamizning uyi uchun Sulaymon qildirgan ikki ustun, hovuz va aravalarga behisob bronza sarf qilingan edi. 17Har bir ustunning balandligi 18 tirsak#25:17 18 tirsak — taxminan 8,1 metrga toʻgʻri keladi. boʻlib, tepasida bronzadan yasalgan ustunqosh bor edi. Ikkala ustunqoshning balandligi 5 tirsakdan#25:17 5 tirsak — ibroniycha matnda 3 tirsak. “5 tirsak” degan ibora 3 Shohlar 7:16, 2 Solnomalar 3:15, Yeremiyo 52:22 dan olingan. 5 tirsak taxminan 2,3 metrga, 3 tirsak taxminan 1,4 metrga toʻgʻri keladi., atroflari bronzadan yasalgan toʻrsimon bezak va anor#25:17 anor — qadimgi paytlarda hayot ramzi edi. tasviri bilan bezatilgan edi.
Yahudo xalqi Bobilga koʻchiriladi
18Qoʻriqchilar sardori Nabizaradon oliy ruhoniy Sarayoni, undan keyingi ruhoniy Zafaniyoni va uchta darvozabonni ham asirga oldi. 19Quddusda qolgan sipohlarning lashkarboshisini, shohning beshta shaxsiy maslahatchisini, xalqni lashkar safiga yozgan lashkarboshining kotibini va xalqdan shaharda qolgan oltmish kishini ham bandi qildi. 20Ularning hammasini Rivlo shahriga — Bobil shohi huzuriga olib keldi. 21Bobil shohi ularni Xomat yurtida — Rivloda qatl qildi. Shunday qilib, Yahudo xalqi oʻz yurtidan surgun boʻldi.
Yahudo hokimi Gadaliyo
22Bobil shohi Navuxadnazar Yahudoda qolgan xalq ustidan Gadaliyoni hokim qilib tayinladi. Shofonning nabirasi Gadaliyo Oxixamning oʻgʻli edi. 23Bobil shohi Gadaliyoni hokim qilib tayinlaganini lashkarboshilar va sipohlar eshitishgach, Mispaxga#25:23 Mispax — Quddusdan qariyb 8 kilometr shimolda joylashgan shahar., Gadaliyoning huzuriga keldilar. Kelganlar Nataniyo oʻgʻli Ismoil, Kariyox oʻgʻli Yoʻxanon, Natufolik Tanxumat oʻgʻli Sarayo, Maxolik Yazaniyo va ularning odamlari edi.
24Gadaliyo kelganlarga va ularning odamlariga ont ichib, shunday dedi: “Bobilliklarga tobe boʻlishdan qoʻrqmanglar. Bu yurtda oʻrnashib, Bobil shohiga xizmat qilaveringlar. Shunda sizlarga yaxshi boʻladi.”
25Oʻsha yilning yettinchi oyida#25:25 Oʻsha yilning yettinchi oyi — miloddan oldingi 586 yilning yettinchi oyi. Ibroniy kalendarining Tishri oyi nazarda tutilgan (Tishri oyi Itanim oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan sentabrning oʻrtasidan boshlanadi. shoh urugʻidan boʻlgan Ismoil oʻnta odami bilan birga Mispaxga borib, Gadaliyoni oʻldirdi. Ismoil Elishamaning nabirasi, Nataniyoning oʻgʻli edi. U Mispaxda Gadaliyo bilan birga boʻlgan Yahudo odamlarini va Bobilliklarni ham qilichdan oʻtkazdi. 26Shundan keyin jamiki xalq — boyu kambagʻal Bobilliklardan qoʻrqib, lashkarboshilar bilan birga, Misrga qochib ketdi.
Yohayixin ozodlikka chiqadi
27Yahudo shohi Yohayixin Bobilga surgun qilinganiga oʻttiz yetti yil boʻlganda, Bobil taxtiga Evilmardux oʻtirdi#25:27 …Bobil taxtiga Evilmardux oʻtirdi — u Navuxadnazarning oʻgʻli boʻlib, miloddan oldingi 562-560 yillarda Bobilda hukmronlik qilgan.. Evilmardux oʻsha yilning oʻn ikkinchi oyi yigirma yettinchi kuni#25:27 oʻsha yilning oʻn ikkinchi oyi yigirma yettinchi kuni — ibroniy kalendarining oʻn ikkinchi oyi, yaʼni miloddan oldingi 561 yilning aprel oyi. Yahudo shohi Yohayixinni zindondan ozod qildi. 28Unga yaxshi munosabatda boʻldi, Bobilga surgun qilingan boshqa shohlardan koʻra, balandroq martaba berdi. 29Shunday qilib, Yohayixin zindon kiyimlarini yechdi. Umr boʻyi doimo Bobil shohining dasturxonidan taom yedi. 30Umrining oxirigacha shoh tarafidan kundalik ehtiyoji har doim qondirildi.
Currently Selected:
4 Shohlar 25: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020