YouVersion Logo
Search Icon

2 Yuhanno Kirish

Kirish
Mazkur maktub muallifi Iso Masihning shogirdi Yuhannodir. Yuhanno bu maktubini “Xudo tanlagan aziz xonim bilan uning bolalariga” deb yoʻllagan boʻlsa–da, bu yerda u imonlilar jamoatini va jamoat aʼzolarini nazarda tutgan boʻlsa kerak.
Muallif bu maktubi orqali imonlilarni bir–biriga mehr–oqibatli boʻlishga, Iso Masihga boʻlgan imonini mahkam tutishga va soxta paygʻambarlardan ehtiyot boʻlishga chaqiradi. Chunki bunday “paygʻambarlar” Masih#Masih — bu unvonni yahudiylar kelajakda ularni dushmanlaridan qutqaradigan va butun yer yuzidagi xalqlar ustidan hukmronlik qiladigan insonga nisbatan ishlatganlar. Eski Ahdda Masihning qiladigan ishlari haqida bashoratlar yozilgan. Yangi Ahdga koʻra Rabbimiz Iso oʻsha Masihdir. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi MASIH soʻziga va XUDONING OʻGʻLI iborasiga qarang., yaʼni Xudoning Oʻgʻli inson boʻlib kelmagan#…Xudoning Oʻgʻli inson boʻlib kelmagan… — 1 Yuhanno 5:6 ning birinchi izohiga qarang., deb aytishgan. Muallif imonli birodarlarini tez orada koʻrish istagi borligini izhor etib, maktubini yakunlaydi.
Yuhannoning ikkinchi maktubi juda qisqa boʻlgani uchun boblarga boʻlinmagan.

Currently Selected:

2 Yuhanno Kirish: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in