2 Solnomalar 35
35
35–BOB
Shoh Yoʻshiyo Fisih ziyofati va Xamirturushsiz non bayramini nishonlaydi
1Shoh Yoʻshiyo Quddusda Egamizning sharafiga Fisih ziyofatini#35:1 Fisih ziyofati — 30:1-4 ning birinchi izohiga qarang. nishonladi. Birinchi oyning#35:1 Birinchi oy — 29:3 ning birinchi izohiga qarang. oʻn toʻrtinchi kuni Fisih qoʻzilari qurbonlik qilindi. 2Yoʻshiyo ruhoniylarni xizmatga tayinlab, Egamizning uyidagi xizmatga ularni ragʻbatlantirdi. 3Soʻng Egamizga bagʻishlangan va xalqqa taʼlim bergan levilarga dedi:
— Muqaddas Sandiqni Isroil shohi Dovud oʻgʻli Sulaymon qurgan Egamizning uyiga olib kiringlar. Sandiqni bundan buyon yelkangizda koʻtarib yurishga hojat yoʻq. Endi Egangiz Xudoga va Uning xalqi Isroilga xizmat qilinglar. 4Shoh Dovudning va oʻgʻli Sulaymonning yozib qoldirgan koʻrsatmalariga muvofiq#35:4 Shoh Dovudning va oʻgʻli Sulaymonning yozib qoldirgan koʻrsatmalariga muvofiq… — 1 Solnomalar 23:1-26:32 ga qarang., xonadoningiz va guruhlaringiz boʻyicha xizmatga tayyorlaninglar. 5Muqaddas maskanga shunday tartibda joylashinglarki, Isroil xalqining birorta xonadoni eʼtiboringizdan chetda qolib ketmasin. 6Fisih qoʻzisini soʻyib, oʻzingizni poklanglar. Soʻng yurtdoshlaringiz uchun Fisih qoʻzilarini tayyorlab beringlar. Xullas, Egamizning Muso orqali bergan koʻrsatmalariga rioya qilinglar.
7Shoh Yoʻshiyo bu yerda hozir boʻlgan xalqqa Fisih qurbonliklari uchun 30.000 ta qoʻzi va uloqchani, 3000 ta buqani berdi. Bularning hammasi shohning shaxsiy mulkidan edi. 8Shohning aʼyonlari ham xalqqa, ruhoniy va levilarga qurbonliklar uchun koʻngildan chiqarib hayvonlarni berdilar. Xudoning uyida xizmat qiluvchilarning boshliqlari Xilqiyo, Zakariyo va Yoxiyol ruhoniylarga Fisih qurbonliklari uchun 2600 ta qoʻzi bilan uloqcha va 300 ta buqa berdilar. 9Xonaniyo, uning ukalari Shamayo va Natanil, levilarning yoʻlboshchilari Xashaviyo, Yaviyol va Yoʻzabad Fisih qurbonliklari uchun levilarga 5000 ta qoʻzi bilan uloqcha va 500 ta buqa berdilar.
10Fisih marosimiga oid tayyorgarliklar tugagach, ruhoniylar bilan levilar shohning buyrugʻiga binoan oʻz joylarini egalladilar. 11Levilar Fisih qoʻzilarini boʻgʻizlab, qonini ruhoniylarga berdilar. Ruhoniylar qonni qurbongohga sepdilar. Levilar esa qoʻzilarning terisini shilishga kirishdilar. 12Ular soʻyilgan qoʻzi, uloqcha va buqalarning qurbongohda kuydiriladigan qismlarini ajratib qoʻydilar. Soʻng bularni odamlarga xonadonlari boʻyicha taqsimlab berdilar. Toki har bir xonadon oʻziga tegishli qurbonligini Egamizga bagʻishlab, Musoning qonunidagi koʻrsatmalarga binoan keltirsin. 13Levilar qonun–qoidaga muvofiq, Fisih qoʻzilarini olovda pishirdilar, muqaddas qurbonliklar goʻshtini esa togʻoralarda, qozonlarda va tovalarda qaynatdilar. Goʻsht tayyor boʻlgach, uni darrov xalqning oldiga dasturxonga tortdilar. 14Shundan soʻnggina levilar oʻzlari uchun va ruhoniylar uchun Fisih taomini tayyorlashga kirishdilar. Negaki, Horun naslidan boʻlgan ruhoniylarning qoʻli kechgacha boʻshamadi, ular kuydiriladigan qurbonliklarni va yogʻlarni kuydirish bilan ovora edilar. 15Osif naslidan boʻlgan qoʻshiqchilar shoh Dovudning, Osif, Xaman va shohning valiysi Yodutunning koʻrsatmasiga binoan oʻz joylarida turdilar. Maʼbad darvozabonlari ham oʻz joylaridan siljimadilar. Levi birodarlari ularga Fisih taomini tayyorlaganlari uchun xizmatlarini toʻxtatishga zarurat boʻlmadi.
16Shunday qilib, oʻsha kuni shoh Yoʻshiyoning farmoniga koʻra, Egamizga bagʻishlangan hamma xizmatlar bajarildi. Fisih ziyofati nishonlanib, Egamizning qurbongohida kuydiriladigan qurbonliklar keltirildi. 17Isroil xalqi Fisih ziyofatini va yetti kun davomida Xamirturushsiz non bayramini nishonladi. 18Shomuil paygʻambar davridan buyon Isroilda Fisih ziyofati bu singari nishonlanmagan edi. Isroil shohlaridan birortasi, Yoʻshiyo singari Fisih ziyofatini ruhoniylar, levilar, jamiki Yahudo va Isroil xalqi hamda Quddus aholisi ishtirokida nishonlamagan edi. 19Bu Fisih ziyofati shoh Yoʻshiyo hukmronligining oʻn sakkizinchi yilida nishonlandi.
Yoʻshiyo hukmronligining soʻnggi davri
20Bu voqealardan soʻng, Yoʻshiyo Maʼbadni tartibga solib boʻlgach, Misr shohi Nexo jang qilgani Furot daryosi boʻyidagi Karxamish shahriga lashkarini boshlab keldi. Yoʻshiyo unga qarshi otlandi#35:20 Yoʻshiyo unga qarshi otlandi — oʻsha paytda Misr firʼavni Nexo (miloddan oldingi 609-595 yillarda hukmronlik qilgan) Ossuriyaliklar tomonida edi. Nexo Ossuriya shohining qoʻli ostidagi yerlarni saqlab qolishda unga yordam bermoqchi boʻlib, Bobil lashkariga qarshi urush qilish uchun shimol tomon yoʻl olgandi. Yahudo shohi Yoʻshiyo esa Misr va Ossuriyaning bu ittifoqidan mamnun emasdi, chunki ularning kuchayishi Yahudo shohligining osoyishtaligiga xavf solishi mumkin edi.. 21Lekin Nexo Yoʻshiyoga elchilar orqali shunday xabar yubordi:
“Ey Yahudo shohi! Sen bu jangga aralashma! Men senga emas, oʻz dushmanlarimga qarshi urushga otlandim. Xudo menga, shoshil, deb amr berdi. Xudo men tomonda, Unga qarshilik koʻrsatishni bas qil, aks holda, nobud boʻlasan.”
22Ammo Yoʻshiyo jang qilishdan qaytmadi. Xudoning Nexo orqali aytgan soʻzlariga quloq solmadi. Shohona kiyimlarini oʻzgartirib, Magidoʻ#35:22 Magidoʻ — Jalila koʻlidan qariyb 40 kilometr janubi–gʻarbda joylashgan. tekisligida jangga kirdi. 23Jang paytida Misr kamonkashlari shoh Yoʻshiyoga oʻq otdilar. Shunda shoh aʼyonlariga: “Meni bu yerdan olib chiqinglar, ogʻir yaralandim”, dedi. 24Aʼyonlar Yoʻshiyoni jang aravasidan olib, boshqa jang aravasiga soldilar–da, Quddusga olib keldilar. Yoʻshiyo shu yerda vafot etdi. U ota–bobolarining xilxonasiga dafn qilindi. Butun Yahudo va Quddus aholisi Yoʻshiyo uchun aza tutdi. 25Yeremiyo paygʻambar shoh Yoʻshiyoga atab marsiya aytdi. Shu kunga qadar#35:25 Shu kunga qadar… — shu kitob yozilgan vaqtga ishora. erkak va ayol qoʻshiqchilar Yoʻshiyoni xotirlaganlarida shu marsiyani aytishadi, bu Isroilda odat boʻlib qoldi. Bu marsiya qoʻshigʻi “Marsiyalar toʻplami”ga kiritilgan.
26Yoʻshiyoning boshqa ishlari, Egamizga sodiqligi, Uning qonuniga binoan olib borgan faoliyati, 27hayotidagi barcha voqealar, boshdan oxirigacha “Isroil va Yahudo shohlari kitobi”da yozilgan.
Currently Selected:
2 Solnomalar 35: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: