YouVersion Logo
Search Icon

2 Solnomalar 33

33
33–BOB
Yahudo shohi Manashe
1Manashe oʻn ikki yoshida shoh boʻlib, Quddusda ellik besh yil hukmronlik qildi. 2U Egamiz oldida qabih ishlar qildi. Egamiz Oʻz xalqi Isroilning oldidan quvib yuborgan xalqlarning jirkanch odatlariga ergashdi. 3Otasi Hizqiyo buzib tashlagan sajdagohlarni#33:3 sajdagohlar — 11:15 ning birinchi izohiga qarang. qaytadan barpo etdi, Baalga atab qurbongohlar qurdi, Asheraga#33:3 Ashera — 14:3 ning ikkinchi izohiga qarang. atab ustunlar oʻrnatdi. Barcha samoviy jismlarga sajda etib xizmat qildi. 4Manashe Egamizning to abad ulugʻlanishi kerak boʻlgan uyida begona xudolarga atab, qurbongohlar qurdi. 5Egamiz uyining ikkala hovlisida ham jamiki samoviy jismlarga sajda qilish uchun qurbongohlar barpo qildirdi. 6Oʻgʻillarini Xinnum soyligida#33:6 soylik — ikki adir oraligʻidagi pastlik. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SOYLIK soʻziga qarang. qurbonlik qilib, olovda kuydirdi#33:6 Oʻgʻillarini Xinnum soyligida qurbonlik qilib, olovda kuydirdi… — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Oʻgʻillarini Xinnum soyligida olovdan oʻtkazdi…. Butparast xalqlarga xos boʻlgan bu jirkanch odat Xudoning nazarida oʻtaketgan qabihlik edi., follar ochtirdi, taʼbirchilarga eʼtiqod qildi, sehr–jodu bilan shugʻullandi, arvoh chaqiruvchilarga maslahat soldi. Egamiz oldida koʻp qabih ishlar qilib, Uni gʻazablantirdi. 7Oʻzi yasattirgan butni Xudoning uyiga oʻrnatdi. Xudo bu uy toʻgʻrisida Dovud bilan uning oʻgʻli Sulaymonga shunday degan edi#33:7 Xudo bu uy toʻgʻrisida…shunday degan edi… — 3 Shohlar 9:3-5 ga qarang.: “Men bu uyni va Quddusni Isroil qavmlari yashaydigan maskanlar orasidan tanlab olganman. Men to abad oʻsha yerda ulugʻlanaman. 8Ular amrlarimni bitta qoldirmay bajarsalar, qulim Muso orqali bergan qonun–qoida va talablarimga rioya qilsalar, Isroil xalqining ota–bobolariga Men bergan yerdan haydalishlariga yoʻl qoʻymayman.” 9Manashe Yahudo xalqini va Quddus ahlini shu qadar yoʻldan ozdirdiki, ular Kanʼon yurtidan Egamiz yoʻqotib yuborgan xalqlardan ham koʻra, koʻproq qabih ishlar qildilar.
Shoh Manashe tavba qiladi
10Egamiz shoh Manasheni va uning xalqini ogohlantirdi, lekin ular quloq solmadilar. 11Shuning uchun Egamiz ularga qarshi Ossuriya lashkarboshilarini joʻnatdi. Ular Manasheni asirga oldilar, burnidan halqa oʻtkazib, uni zanjirband qildilar va Bobilga olib keldilar. 12U kulfatda qolgach, Egasi Xudodan shafqat soʻrab iltijo qildi, ota–bobolarining Xudosiga boʻyin egdi. 13Iltijo qilganda, Xudo Manashening iltijosini qabul qildi, uni yana Quddusga — oʻz shohligiga qaytardi. Shunda Manashe, Egamiz haqiqatan ham Xudo ekanligini bildi.
14Shundan keyin Manashe Dovud qalʼasining sharq tomonidagi tashqi devorini tuzatib, uni baland qilib koʻtartirdi. Bu devor Qidron soyligidagi Gixoʻn bulogʻidan to shimoldagi Baliq darvozasigacha va shahardagi Ofel tepaligining#33:14 Ofel tepaligi — 27:3 izohiga qarang. atrofi boʻylab qurilgan edi. Manashe Yahudoning hamma mustahkam shaharlariga lashkarboshilar tayinladi. 15Egamizning uyidan begona xudolarning tasvirlarini va oʻzi oʻrnatgan butni olib tashladi, Egamizning uyi turgan togʻda va Quddusning boshqa joylarida oʻzi qurdirgan qurbongohlarni buzdirib, shahar tashqarisiga chiqartirdi. 16Soʻng Egamizning qurbongohini qaytadan qurdirib, qurbongoh ustida tinchlik qurbonliklari va shukrona qurbonliklarini atadi. Yahudo xalqiga: “Isroil xalqining Xudosi — Egamizga sajda qilinglar”, deb farmon berdi. 17Xalq boshqa sajdagohlarda qurbonlik qilishda davom etdi. Ammo qilgan barcha qurbonliklarini ular Egasi Xudoga atar edilar.
Manashe hukmronligining soʻnggi davrlari
18Manashening boshqa ishlari, Xudoga qilgan ibodati, Isroil xalqining Xudosi — Egamiz nomidan valiylar unga bergan xabarlar “Isroil shohlari tarixi” kitobida yozilgan. 19Uning iltijosi va Xudoning bergan javobi, tavba qilmasdan oldin qilgan hamma gunohlari va Xudoga qilgan xiyonati, qurdirgan sajdagohlari, sigʻingan butlari va Asheraning ustunlari toʻgʻrisida valiylar kitobida#33:19 valiylar kitobida — yoki Xoʻzay kitobida. yozilgan. 20Manashe olamdan oʻtib, oʻz uyida dafn qilindi. Oʻrniga oʻgʻli Omon shoh boʻldi.
Yahudo shohi Omon
21Omon shoh boʻlganda, yigirma ikki yoshda edi. U Quddusda ikki yil hukmronlik qildi. 22Omon ham, otasi Manashe kabi, Egamiz oldida qabih ishlar qildi. Otasi Manashe yasattirgan hamma butlarga qurbonlik qilib, xizmat etdi. 23Otasi Manashe Egamizga boʻyin eggan boʻlsa, Omon Egamizga boʻyin egmadi, otasidan ham koʻproq gunoh orttirdi.
24Omonning aʼyonlari fitna uyushtirib, uni oʻz saroyida oʻldirdilar. 25Yahudo xalqi oʻz shohi Omonga fitna uyushtirganlarning hammasini oʻldirib, oʻrniga oʻgʻli Yoʻshiyoni shoh qilib koʻtardi.

Currently Selected:

2 Solnomalar 33: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

Video for 2 Solnomalar 33