YouVersion Logo
Search Icon

2 Solnomalar 3

3
3–BOB
1Sulaymonning otasi shoh Dovud Egamizning uyi uchun Quddusda bir joy tayyorlab qoʻygan edi. Bu joy Moriyox togʻida — Dovudga Egamiz zohir boʻlgan Yobuslik Aravnoning#3:1 Aravno — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Oʻrnan. Uning Aravno degan shakli 2 Shohlar 24:16 dan olingan. xirmonida edi. Sulaymon Egamizning uyini oʻsha yerda barpo qila boshladi. 2Qurilish Sulaymon hukmronligining toʻrtinchi yili ikkinchi oyining#3:2 Sulaymon hukmronligining toʻrtinchi yili ikkinchi oyi — taxminan miloddan oldingi 960 yilning ikkinchi oyi. Ibroniy kalendarining Ziv oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan aprelning oʻrtasidan boshlanadi. ikkinchi kunida boshlangan edi. 3Sulaymon Xudoning uyi uchun poydevor qoʻydi, poydevorning uzunligi (qadimgi oʻlchov birligiga asosan) 60 tirsak#3:3 tirsak — bir tirsak taxminan 45 santimetrga toʻgʻri keladi., eni 20 tirsak edi. 4Uyning asosiy xonasi oldida ayvon boʻlib, ayvonning uzunligi asosiy xonaning eni bilan bir oʻlchovda — 20 tirsak, balandligi ham 20 tirsak#3:4 20 tirsak — qadimiy suryoniycha tarjimadan, qadimiy yunoncha tarjimaning baʼzi qoʻlyozmalaridan. Ibroniycha matnda 120 tirsak. edi. Sulaymon ayvonning ichini toza oltin bilan qoplatdi. 5Asosiy xonaning devorlarini oldin sarv yogʻochi bilan qoplatib, ustidan toza oltinni qoplatdi, soʻng xurmo daraxti va zanjirlar shakllarini oʻydirib soldirdi. 6Uyni qimmatbaho toshlar bilan bezattirdi. Parvayimdan keltirilgan oltin bilan 7uyning toʻsinlarini, ostonalarini, devorlarini va eshiklarini qoplatdi. Devorlarga karublar#3:7 karublar — qanotli samoviy mavjudotlar. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi KARUB, KARUBLAR soʻziga qarang. suratini oʻydirdi.
8Sulaymon Eng muqaddas xonani ham qurdirdi. Bu xonaning uzunligi asosiy xonaning eni bilan bir oʻlchovda — 20 tirsak, eni ham 20 tirsak edi. Sulaymon bu xonani 1300 pud#3:8 1300 pud — ibroniycha matnda 600 talant, taxminan 21 tonnaga toʻgʻri keladi. toza oltin bilan qoplatdi. 9Ishlatilgan oltin mixlarning umumiy ogʻirligi 125 misqol#3:9 125 misqol — ibroniycha matnda 50 shaqal, taxminan 550 grammga toʻgʻri keladi. edi. Yuqori xonalarning devorlari ham oltin bilan qoplandi.
10Soʻng Sulaymon ikkita karub shaklini yasattirdi. Ularni oltin bilan qoplatib, Eng muqaddas xonaga oʻrnashtirdi. 11-13Karublar yonma–yon, kiraverishga qaratib qoʻyilgan edi. Har birining ikkitadan qanoti boʻlib, har bir qanotining uzunligi besh tirsak edi. Qanotlar yoyilgan holda yasalgan boʻlib, karublarning bir qanoti devorga tegib turar edi. Ikkinchi qanoti esa xonaning markazida boshqa karubning qanotiga tegib turar edi. Ikkala karubning yoyilgan qanotlari jami 20 tirsakni tashkil qilar edi. 14Sulaymon koʻk, safsar, qizil matolardan va mayin zigʻir matosidan ichki parda#3:14 ichki parda — Muqaddas xonani Eng muqaddas xonadan ajratib turar edi (Chiqish 26:31-33 ga qarang). qildirib, pardaning ustiga karublar suratini soldirdi.
Ikki bronza ustun
15Sulaymon 18 tirsak#3:15 18 tirsak — qadimiy suryoniycha tarjimadan (yana 3 Shohlar 7:15, 4 Shohlar 25:17, Yeremiyo 52:21 ga qarang). Ibroniycha matnda 35 tirsak, ikkala ustunning umumiy balandligi nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. balandlikdagi ikki ustun yasattirib, ularni Egamiz uyining old tomoniga oʻrnatdi. Har bir ustun tepasida ustunqosh boʻlib, ustunqoshning balandligi 5 tirsak edi. 16Ustunqoshlar toʻqilgan zanjirlar va yuzta anor#3:16 anor — qadimgi paytlarda hayot ramzi edi. tasviri bilan bezatilgan edi. 17Ustunlar uyning oldiga — bittasi oʻng tomonga, ikkinchisi chap tomonga oʻrnatilgan edi. Oʻng tomondagi ustunga Yoxin#3:17 Yoxin — bu nom ibroniychadagi U (yaʼni Xudo) asos solgan iborasiga ohangdosh. deb, chap tomondagisiga Boʻaz#3:17 Boʻaz — bu nom ibroniychadagi Uning (yaʼni Xudoning) kuchi vositasida iborasiga ohangdosh. deb nom berildi.

Currently Selected:

2 Solnomalar 3: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in