2 Solnomalar 24
24
24–BOB
Yahudo shohi Yoʻsh
1Yoʻsh shoh boʻlganda, yetti yoshda edi. U Quddusda qirq yil hukmronlik qildi. Onasi Bersheba shahridan boʻlib, ismi Zibiyox edi. 2Ruhoniy Yohayido hayotligida Yoʻsh Egamizning oldida toʻgʻri ishlar qildi. 3Yohayido Yoʻshga ikkita xotin olib berdi. Ular Yoʻshga oʻgʻil–qizlar tugʻib berishdi.
4Oradan bir oz vaqt oʻtgach, Yoʻsh Egamizning uyini tuzatishga qaror qildi. 5U ruhoniylarni va levilarni toʻplab, ularga aytdi:
— Yahudo shaharlariga borib, Xudoyingizning uyini tuzatish uchun jamiki Isroil xalqidan yiliga toʻlanadigan soliqni yigʻib kelinglar. Bu ishni tezlik bilan bajaringlar.
Lekin levilar bu ishni orqaga surdilar. 6Shunda shoh oliy ruhoniy Yohayidoni chaqirtirib, undan soʻradi:
— Nimaga siz levilarni soliq yigʻib kelishlari uchun joʻnatmadingiz? Egamizning quli Muso Muqaddas ahd chodirining#24:6 Muqaddas ahd chodiri — ibroniycha matnda Guvohlik chodiri, Muqaddas chodirning yana bir nomi. Ibroniycha matndagi iboraning guvohlik soʻzi oʻnta amr yozilgan ikkita tosh lavhaga ishora qiladi. Bu tosh lavhalar Xudo va Uning xalqi oʻrtasida tuzilgan ahdning dalili, yaʼni toshga bitilgan guvohlik boʻlib xizmat qilardi. Muso davrida bu ikki tosh lavha Muqaddas chodirdagi Ahd sandigʻining ichida saqlanardi (Chiqish 40:20 ga qarang). xarajatlarini qoplash uchun bu soliqni Isroil jamoasiga solgan–ku.
7Qabih ayol Otaliyoning izdoshlari Xudoning uyiga bostirib kirib, u yerdagi Egamizga bagʻishlangan ashyolarni Baalning sajda marosimlari uchun ishlatgan edilar.
8Shohning buyrugʻi bilan bir quti yasalib, Egamiz uyi darvozasining tashqi tomoniga oʻrnatildi. 9“Xudoning quli Muso sahroda Isroil xalqiga solgan soliqni Egamizga olib kelinglar”, deb Yahudo va Quddus boʻylab eʼlon qilindi. 10Jamiki yoʻlboshchilar va xalq bajonidil soliq pullarini olib kelib, qutini toʻldiraverdilar. 11Qutida koʻp pul yigʻilgandan keyin, levilar qutini shoh aʼyonlariga olib borishar edi. Shohning mirzasi bilan oliy ruhoniyning yordamchisi qutini boʻshatib, uni oʻz joyiga qaytarib qoʻyishar edi. Ular har kuni shunday qilishardi. Shu tariqa koʻp miqdorda kumush toʻplashdi. 12Shoh va Yohayido bu kumushlarni Egamizning uyidagi ishlarning boshida turgan odamlarga berdi. Ular esa bu kumushga Egamizning uyini tuzatish uchun tosh teruvchilar, duradgorlar, temir va bronzaga ishlov beradigan ustalarni yolladilar.
13Hammalari chin yurakdan mehnat qilishdi, Xudoning uyini oldingi holatida tiklab, mustahkamlashdi. 14Ular hamma ishlarni tugatishgach, qolgan kumushlarni shoh bilan Yohayidoga berishdi. Bu kumushlardan Egamizning uyi uchun buyumlar — xizmatda va qurbonliklar kuydirishda ishlatiladigan idishlar, shuningdek, oltin va kumush anjomlar yasaldi. Ruhoniy Yohayido davrida Egamizning uyida doimo kuydiriladigan qurbonliklar keltirilardi.
Ruhoniy Yohayidoning siyosati bekor qilinadi
15Yohayido rosa keksayib, bir yuz oʻttiz yoshida vafot etdi. 16U Isroil xalqi, Xudo va Xudoning uyi uchun qilgan xizmatlari evaziga Dovud qalʼasida shohlar yoniga dafn qilindi.
17Yohayidoning vafotidan keyin Yahudo aʼyonlari shoh huzuriga kelishib, unga taʼzim qildilar. Shoh ularning maslahatlariga quloq soldi. 18Natijada xalq ota–bobolarining Xudosi — Egamizning uyini tark etib, Asheraning#24:18 Ashera — 14:3 ning ikkinchi izohiga qarang. ustunlariga va butlarga sigʻina boshladi. Ularning bu gunohlari tufayli, Yahudo va Quddus ustiga Egamiz gʻazabini sochdi. 19U, xalqimni qaytaray deb, oldilariga paygʻambarlarni yubordi. Biroq xalq paygʻambarlarning ogohlantirishlariga quloq solmadi.
20Xudoning Ruhi ruhoniy Yohayidoning oʻgʻli Zakariyoni qamrab oldi. Zakariyo xalqning oldida turib, shunday deb aytdi:
— Xudo shunday demoqda: “Nimaga sizlar Mening amrlarimga itoat etmayapsizlar? Shuning uchun rohat–farogʻatga erisholmaysizlar. Sizlar Men, Egangizni tark etganlaringiz uchun, Men ham sizlarni tark etaman.”
21Aʼyonlar Zakariyoga qarshi fitna uyushtirdilar. Shohning farmoni bilan uni Egamizning uyi hovlisida toshboʻron qilib oʻldirdilar. 22Shoh Yoʻsh Zakariyoning otasi Yohayido koʻrsatgan sadoqatini eslamadi, aksincha, uning oʻgʻlini oʻldirdi. Zakariyo jon berayotganda: “Egamiz bu qilmishingizni koʻrib, jazoingizni bersin”, dedi.
Shoh Yoʻsh hukmronligining soʻnggi davri
23Oʻsha yilning oxirida#24:23 yilning oxiri — ibroniycha kalendarga koʻra, bahorning boshlanishiga — mart oyining oʻrtasiga toʻgʻri keladi. Oram lashkari Yoʻshga hujum qildi. Ular Yahudo va Quddusni bosib olib, hamma xalq yoʻlboshchilarini oʻldirishdi, olgan hamma oʻljalarini Damashq shohiga joʻnatishdi. 24Garchi Oram lashkari ozchilik boʻlsa ham, Egamiz ularning qoʻliga Yahudoning katta lashkarini topshirgandi. Chunki Yahudo xalqi ota–bobolarining Xudosi — Egamizni tark etgandi. Shunday qilib, shoh Yoʻsh jazosini oldi.
25Yoʻsh jangda ogʻir yaralandi. Oram lashkari ketishlari bilanoq, Yoʻshning ikki aʼyoni unga fitna uyushtirdilar. Ular ruhoniy Yohayidoning oʻldirilgan oʻgʻli uchun Yoʻshdan oʻch olib, uni oʻz toʻshagida oʻldirdilar. Yoʻshni Dovud qalʼasiga dafn qildilar, biroq shohlar qabriga uni qoʻymadilar. 26Yoʻshga fitna uyushtirganlar Ommonlik Shimat degan ayolning oʻgʻli Yoʻzabad#24:26 Yoʻzabad — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Zabad. Uning Yoʻzabad degan shakli 4 Shohlar 12:21 dan olingan. va Moʻablik Shoʻmer#24:26 Shoʻmer — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Shimrit. Uning Shoʻmer degan shakli 4 Shohlar 12:21 dan olingan. degan ayolning oʻgʻli Yohuzabad edilar. 27Yoʻshning oʻgʻillari toʻgʻrisidagi toʻliq axborot, Yoʻshga qarshi aytilgan koʻp bashoratlar va Xudoning uyi tuzatilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Shohlar kitobiga sharhlar”da bayon etilgan. Yoʻshning oʻrniga oʻgʻli Emoziyo shoh boʻldi.
Currently Selected:
2 Solnomalar 24: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: