2 Solnomalar 12
12
12–BOB
Misr Yahudo yurtiga hujum qiladi
1Raxabom oʻz hukmronligini mustahkamlab, kuchayib ketgach, u bilan birga butun xalq Egamizning qonunlaridan yuz oʻgirdi. 2Ular Egamizga qilgan bevafoligi uchun Raxabom hukmronligining beshinchi yilida#12:2 Raxabom hukmronligining beshinchi yili — taxminan miloddan oldingi 926 yil. Misr shohi Shishax Quddusga bostirib keldi. 3Shishax oʻzi bilan 1200 ta jang aravasini, 60.000 nafar otliq lashkarni, shuningdek, Misrdan Liviyalik, Suxotlik va Habashistonlik#12:3 Habashistonlik — ibroniycha matnda Kushlik. Kush degan joy Misrdan janubda boʻlib, hozirgi Sudan va Efiopiya mamlakatlarining bir qismini oʻz ichiga olgan edi. son–sanoqsiz qoʻshinni tortib keldi. 4Shishax Yahudoning mustahkam shaharlarini qoʻlga kiritib, Quddusgacha yetib bordi.
5Shunda Shamayo paygʻambar shoh Raxabomning va Yahudo lashkarboshilarining oldiga keldi. Ular oʻsha paytda Shishaxdan qochib, Quddusga toʻplanishgan edi. Shamayo paygʻambar ularga dedi:
— Egamiz shunday demoqda: “Sizlar Meni tark etdingiz, shuning uchun Men ham sizlarni tark etib, Shishaxning qoʻliga beraman.”
6Shunda lashkarboshilar bilan shoh oʻz ayblarini tan olib: “Egamiz adolatlidir”, dedilar. 7Ular ayblarini tan olganlarini Egamiz koʻrgach, Shamayoga shu soʻzlarini ayon qildi: “Ular gunohlariga iqror boʻldilar, shuning uchun ularni qirib tashlamayman. Shishax hujum qilganda, ularni qisman xalos etaman. Shishaxning qoʻli orqali Quddusga gʻazabimni sochmayman. 8Biroq ularni Shishaxga qaram qilib qoʻyaman, shunda ular Menga xizmat qilish bilan boshqa yurtlarning shohlariga xizmat qilish orasidagi farqni bilib oladilar.”
9Misr shohi Shishax Quddusga bostirib kelganda, Egamizning uyidagi va saroydagi xazinalarni tortib oldi, qoʻliga nima ilinsa, hammasini oldi. Sulaymon yasattirgan oltin qalqonlarni ham oldi. 10Shoh Raxabom oltin qalqonlar oʻrniga bronza qalqonlar yasattirdi va ularni shoh saroyi darvozasini qoʻriqlaydigan soqchilar boshliqlari qoʻliga berdi. 11Shoh Egamizning uyiga kirganda, soqchilar qalqonlarni koʻtarib borishar, keyin esa qalqonlarni joyiga eltib qoʻyishardi. 12Raxabom oʻz ayblarini tan olgani uchun Egamiz gʻazabidan tushib, Yahudo xalqini tamomila qirib yubormadi. Yahudodagi ahvol yaxshilandi.
Raxabomning hukmronligi
13Shoh Raxabom Quddusda hukmronlik qilib, kuchayib boraverdi. U taxtga oʻtirgan paytda qirq bir yoshda edi. Uning onasi Ommonlik boʻlib, ismi Namax edi. Raxabom Quddusda oʻn yetti yil shohlik qildi. Egamiz hamma Isroil qabilalarining shaharlari orasidan Quddus shahrini Oʻziga sajda qilishlari uchun tanlab olgan edi. 14Raxabom chin yurakdan Egamizga intilmagani uchun qabihlik qilaverdi.
15Raxabom bilan Yeribom butun umri davomida urishib keldilar. Raxabomning butun faoliyati boshdan oxirgacha Shamayo paygʻambar va valiy Yiddo yozgan nasabnomada bayon etilgan. 16Nihoyat, Raxabom olamdan oʻtib, Dovud qalʼasida, ota–bobolari yoniga dafn qilindi. Uning oʻrniga oʻgʻli Abiyo shoh boʻldi.
Currently Selected:
2 Solnomalar 12: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: