YouVersion Logo
Search Icon

2 Solnomalar 11

11
11–BOB
Shamayoning bashorati
1Raxabom Quddusga kelib, Yahudo va Benyamin qabilalaridan 180.000 odamni sipohlikka tanlab oldi. “Shohlikni qaytarib olaman” degan maqsadda ularni Isroil xalqiga qarshi jang qilish uchun tayyorladi. 2Lekin oʻshanda Shamayo paygʻambarga Egamizning quyidagi soʻzlari ayon boʻldi:
3— Yahudo shohi Sulaymon oʻgʻli Raxabomga hamda Yahudo va Benyamin hududlarida istiqomat qilayotgan butun Isroil xalqiga shu gaplarni yetkaz: 4“Egamiz shunday deb aytmoqda: qarindoshlaringizga qarshi urush boshlamanglar! Har kim oʻz uyiga qaytsin! Chunki bu ishlar hammasi Mendan boʻldi.”
Ular Egamizning amriga itoat etib, Yeribomga qarshi urush qilmadilar.
5Raxabom Quddusda yashadi, u mudofaa uchun Yahudodagi quyidagi shaharlarni mustahkamladi: 6Baytlahm, Etom, Taxuva, 7Bayt–Zur, Soʻxu, Adullam, 8Gat, Morisho, Zif, 9Odorayim, Laxish, Ozikah, 10Zorox, Oyjavlon va Xevron. Bu shaharlar Yahudo va Benyamin hududlaridagi mustahkam shaharlar boʻldi. 11Raxabom qalʼalarni mustahkamladi. U yerga qoʻmondonlar tayin qilib, oziq–ovqat, zaytun moyi va sharob gʻamladi. 12Har bir shaharni qalqon va nayzalar bilan taʼminlab, mudofaani gʻoyat kuchaytirdi. Shu tariqa u Yahudo va Benyamin qabilalarini qoʻli ostida saqladi.
Ruhoniylar va levilar Yahudo yurtiga keladilar
13Isroilning barcha hududlaridagi ruhoniylar va levilar Raxabomning tarafdorlari edilar. 14Levilar hatto oʻz yaylovlarini va mulklarini tashlab, Yahudo va Quddusga kelgan edilar. Chunki Isroil shohi Yeribom va uning oʻgʻillari levilarga Egamizning ruhoniylari sifatida xizmat qilishga yoʻl qoʻymagan edilar. 15Yeribom sajdagohlarda#11:15 sajdagoh — ibroniycha matnda bamax, yaʼni “tepalik”. Kanʼon xudolariga topinadigan joylar bamax deb atalardi. Odatda bu sajdagohlar tepaliklarda joylashgan boʻlib, u yerda Kanʼon xudolarining tasvirlari va qurbonliklar keltirish uchun qurbongoh boʻlardi. xizmat qilish uchun oʻz ruhoniylarini tayinladi. Ular Yeribom yasattirgan oltin buzoqlarga va echki jinlarga#11:15 echki jinlar — odamlarning tasavvuriga koʻra, bu jinlar sahroda yashardilar. topinar edilar. 16Isroilning hamma qabilalaridan Egamizga#11:16 Egamiz — ibroniycha matnda Isroil xalqining Xudosi — Egamiz, ravon oʻqilishi uchun mazkur tarjimada soddalashtirilgan. chin yurakdan intilganlar esa levilar va ruhoniylarga ergashib, Quddusga keldilar. Ular Quddusda ota–bobolarining Xudosi — Egamizga qurbonlik qilishardi. 17Buning natijasida Yahudo shohligi mustahkam boʻldi. Ular Dovud bilan Sulaymonga qanday xizmat qilgan boʻlsalar, Raxabomga ham uch yil davomida sadoqat bilan xizmat qildilar.
Raxabomning xonadoni
18Raxabom Dovud oʻgʻli Yarimoʻtning qizi Maxalatga uylandi. Maxalatning onasi Abuhayil, Essay oʻgʻli Eliyobning qizi edi. 19Maxalat Raxabomga Yoush, Shamariyo va Zaham degan oʻgʻillar tugʻib berdi. 20Keyinchalik Raxabom Absalomning qizi Maxoni#11:20 Absalomning qizi Maxo — Absalomning nevarasi boʻlgan. 2 Shohlar 14:27 ga koʻra, Absalomning yolgʻiz qizi Tamara edi. 13:2 da Maxo Uriyolning qizi deb tanitilgan. oʻziga xotin qilib oldi. Maxo unga Abiyo, Attay, Zizo va Shalumit degan oʻgʻillar tugʻib berdi. 21Raxabom boshqa xotinlari va kanizaklariga#11:21 kanizaklar — ibroniycha matnda bu soʻzning maʼnosi quyidagicha: kanizaklar qonuniy xotin boʻlmasalar–da, xoʻjayinlari ular bilan jinsiy aloqada boʻlishgan. Qadimgi paytlarda bu ayollarning jiddiy qonuniy huquqlari boʻlib, xoʻjayinlari ularning erlari sifatida boʻlgan. qaraganda, Absalomning qizi Maxoni yaxshi koʻrardi. Raxabomning oʻn sakkizta xotini va oltmishta kanizagi boʻlib, u yigirma sakkiz oʻgʻil va oltmish qiz koʻrdi.
22Raxabom xotini Maxo tuqqan oʻgʻli Abiyoni taxt vorisi qilish niyatida, hamma aka–ukalari orasida bosh shahzoda qilib tayinladi. 23Raxabom donolarcha ish tutib, qolgan oʻgʻillariga masʼuliyatni taqsimlab berdi, ularni Yahudo va Benyamin hududidagi mustahkam shaharlarga oʻrnashtirdi. Ularga hamma narsani moʻl qilib yetkazdi, ularni koʻp xotinlarga uylantirdi.

Currently Selected:

2 Solnomalar 11: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

Video for 2 Solnomalar 11