YouVersion Logo
Search Icon

1 Timoʻtiy 1

1
1–BOB
Duoyi salom
1Najotkorimiz Xudoning va biz umid bogʻlagan Iso Masihning amriga koʻra, Masihning havoriysi etib tayinlangan men — Pavlusdan 2imondagi sodiq oʻgʻlim Timoʻtiyga#1:2 imondagi sodiq oʻgʻlim Timoʻtiy — Timoʻtiy Pavlusning oʻz oʻgʻli emas edi. U Pavlusning sodiq yordamchisi boʻlgani uchun Pavlus uni, oʻgʻlim, derdi. Havoriylar 16:1-3, Filippiliklar 2:20-22 ga qarang. salom! Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih senga inoyat, marhamat va tinchlik ato qilsin.
Soxta taʼlimotlardan ehtiyot boʻl
3Men Makedoniyaga ketayotganimda, senga tayinlaganimday, Efes shahrida qol. U yerdagi baʼzi kishilar soxta taʼlimotni oʻrgatayotgan ekanlar. Ularning bu qilmishlariga barham ber. 4Ularga, afsonalar va shajaralar#1:4 afsonalar va shajaralar — Eski Ahd qahramonlari haqida xalq ichida toʻqilgan hikoyalar va taʼlimotlar nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. Bu hikoyalar Eski Ahdda yoʻq, ammo koʻpchilik ularni Xudodan kelgan, katta ahamiyatga ega, deb aytardilar va shularga asoslanib taʼlim berardilar. xususidagi bemaʼni bahslar bilan band boʻlmanglar, deb buyur. Axir, bunday bahslar faqat janjallarga sabab boʻladi. Odamlar Xudoning najot rejasini anglashlariga bular yordam bermaydi. Zero, inson Xudoning najotini imon orqaligina anglab oladi. 5Men bu nasihatim bilan sizlarda mehr–muhabbat uygʻotmoqchiman. Mehr–muhabbat sof yurakdan, toza vijdondan, xolis imondan hosil boʻladi. 6Orangizdagi baʼzi odamlar esa bulardan yuz oʻgirib, ahmoqona bahslarga berilib ketganlar. 7Ular odamlarga Xudoning qonunini#1:7 Xudoning qonuni — Eski Ahdga, xususan, Tavrotga ishora. oʻrgatishni orzu qiladilar, qonunga tishi oʻtmasa–da, u haqda soʻzlab, ishonch bilan gapiradilar.
8Biz bilamizki, qonundan Xudo koʻzlaganday foydalanilsa qonun yaxshidir! 9Xudoning qonuni solihlar uchun emas, balki qonunsizu itoatsizlar uchun berilgani hammamizga maʼlum. Darhaqiqat, qonun betavfiqu gunohkorlar, diyonatsizu xudobezorilar, ota yoki onasini oʻldirganlar, qotillar, 10fahshbozlar, bachchabozlar, odam savdosi bilan shugʻullanuvchilar, yolgʻonchilaru soxta guvohlik beruvchilar, xullas, sogʻlom taʼlimotga zid ish qilayotganlarning hammasi uchun berilgan. 11Xudo menga ishonib topshirgan bu haqiqat Xushxabarda bayon qilingan. Muborak Xudoning ulugʻvorligi Xushxabarda ayon etilgan.
Pavlus Xudoga shukrona aytadi
12Ishimni bajarishda menga kuch–quvvat bergan Rabbimiz Iso Masihga shukurlar aytaman. U meni ishonchli deb bilib, Oʻz xizmatiga olgani uchun gʻoyatda minnatdorman. 13Men ilgarilari Masihga qarshi chiqar edim, Uning izdoshlarini taʼqib etib, ularga jabr–zulm qilardim. Biroq, shularga qaramay, Xudo menga rahm qildi, axir, men Masihga ishonmaganim uchun nima qilayotganimni oʻzim ham bilmasdim. 14Rabbimiz Iso Masih menga cheksiz inoyat koʻrsatdi. Uning Oʻzi menga imon ato qilib, mehru oqibatni oʻrgatdi. 15“Iso Masih gunohkorlarni qutqarish uchun dunyoga keldi” degan gap toʻgʻri va asoslidir, har jihatdan qabul qilinishga loyiqdir. Men oʻzim oʻsha gunohkorlarning eng ashaddiysi edim! 16Ammo Iso Masih menga rahm qildi. Menga oʻxshagan oʻtaketgan gunohkorlarga nisbatan U nihoyatda sabrli ekanini koʻrsatdi, toki boshqalar ham mendan ibrat olib, Unga ishonsinlar, abadiy hayotga ega boʻlsinlar. 17Mangu Shohga hamdu sanolar boʻlsin! Oʻlmas, koʻrinmas, yagona Xudoga#1:17 yagona Xudo — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida yagona dono Xudo. abadulabad shon–sharaflar boʻlsin! Omin.
18Ey oʻgʻlim Timoʻtiy, sen haqingda ilgari aytilgan bashoratlarga#1:18 sen haqingda ilgari aytilgan bashoratlar — 4:14 da bayon qilingan voqeaga yoki undan oldin sodir boʻlgan boshqa bir yozib qoldirilmagan voqeaga ishora. binoan senga buyuraman: oʻsha bashoratlarga tayanib, ulugʻ kurashda jang qilgin. 19Imoningni mahkam tut, vijdonli boʻl. Baʼzi odamlar vijdonini sotdilar, ularning imoni halokatga uchragan kemaday barbod boʻldi. 20Xumanayos#1:20 Xumanayos — 2 Timoʻtiy 2:17-18 ga qarang. va Iskandar shular jumlasidandir. Men ularni shaytonga topshirdim#1:20 Men ularni shaytonga topshirdim — Pavlus ularni jamoatdan haydab yuborgan. Bundan maqsad shu ediki, jamoatdan tashqarida ular shaytonning va oʻz gunohlarining halokatli taʼsiri ostida boʻlib, vaqti kelganda tavba qilishlari mumkin edi. Yana 1 Korinfliklar 5:4-5, 11-13 ga qarang.. Bu ularga saboq boʻlib, ular Xudoga va Uning azizlariga qarshi chiqishni bas qiladilar.

Currently Selected:

1 Timoʻtiy 1: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy