YouVersion Logo
Search Icon

1 Salonikaliklar 2

2
2–BOB
Pavlusning Salonikada qilgan ishlari
1Birodarlar, oʻzlaringiz bilasiz, sizlarning oldingizga kelganimiz behuda boʻlmadi. 2Yana oʻzingizga maʼlumki, biz Filippi shahrida#2:2 Filippi shahri — Filippi va Salonika shaharlarining ikkalasi ham Makedoniyada joylashgan. Havoriylar 16:16-40 ga qarang. koʻp azob chekkandik, haqoratlarga uchragandik. Ammo koʻp qarshiliklarga qaramay, Xudoning Xushxabarini sizga aytdik#2:2 …Xudoning Xushxabarini sizga aytdik… — Havoriylar 17:1-9 ga qarang., chunki Xudoning Oʻzi bizga jasorat bergan edi. 3Biz sizlarga taʼlim berganimizda, bizda na xatolik, na nopok niyat, na biron hiyla bor edi. 4Axir, Xudo Xushxabarni bizga ishonib topshirdi, uni yetkazish uchun bizni loyiq topdi. Shunday ekan, biz insonlarni mamnun qilaylik deb emas, balki yuraklarimizni tekshiradigan Xudoni mamnun qilaylik, deya taʼlim beramiz. 5Oʻzlaringiz bilasiz, biz hech qachon tilyogʻlamalik qilmadik, tamagirlik niyatida gapirmadik. Xudoning Oʻzi bunga shohid. 6Biz hech kimning — sizlarning ham, boshqalarning ham maqtoviga sazovor boʻlaylik deb, ish qilmadik.
7Masihning havoriylari sifatida biz sizlarning oldingizga talablar qoʻyishimiz mumkin edi. Ammo biz sizlarga bolalarini ardoqlagan emizikli onaday mehribon boʻldik. 8Sizlarga juda qattiq koʻngil bogʻlagan edik. Shuning uchun sizlarga Xudoning Xushxabarini aytibgina qolmadik, balki yuragimizdan ham joy berdik. Chunki sizlar bizga juda aziz boʻlib qolgandingiz. 9Ey birodarlar, mashaqqat bilan mehnat qilganimiz yodingizda boʻlsa kerak. Sizlarga Xudoning Xushxabarini aytayotganimizda hech biringizga yuk boʻlmaylik, deya kechayu kunduz ishladik.
10Siz — imonlilar bilan boʻlgan munosabatimizda qanday pokdil, solih va benuqson boʻlganimizga oʻzingiz ham, Xudo ham guvoh. 11Yana oʻzingiz bilasizki, ota farzandiga qanday muomala qilsa, biz ham har biringizga shunday muomalada boʻldik. 12Sizlarga dalda berdik, yupatdik. Xudoni mamnun qiladigan hayot kechiring, deb sizlarga yolvordik. Axir, U sizlarni Oʻz Shohligiga va ulugʻvorligiga chorlayapti. 13Biz tinmay Xudoga shukur qilishimizning sababi ham shudir. Bizdan Xudoning kalomini eshitganingizda, buni inson soʻzi sifatida emas, balki Xudoning kalomi sifatida qabul qildingiz. Bu kalom haqiqatan Xudoning kalomidir. Siz, imonlilarda bu kalom oʻz taʼsirini koʻrsatyapti.
14Ey birodarlar, sizlar Xudoning Iso Masihga tegishli boʻlgan Yahudiya oʻlkasidagi jamoatlariday boʻldingiz. Ular yahudiylardan qanday azob chekkan boʻlsalar, sizlar ham oʻz yurtdoshlaringiz tomonidan shunday azoblarga yoʻliqdingiz. 15-16Yahudiylar paygʻambarlarni va Rabbimiz Isoni oʻldirishgan. Bizni ham quvgʻin qilishdi. Gʻayriyahudiylarga najot Xushxabarini yetkazishimizga ham toʻsqinlik qilyaptilar. Ular Xudoni mamnun qilmayaptilar, barcha insonlarga qarshi chiqyaptilar. Mana shu ishlari orqali yahudiylarning gunohlari avjiga chiqdi. Va nihoyat, Xudoning gʻazabi ularning boshiga tushdi.
Pavlus Salonika jamoatini borib koʻrish istagida
17Ey birodarlar, endi biz dilimiz bilan boʻlmasa–da, vujudimiz bilan qisqa bir muddatga sizlardan ayrildik. Ammo sizlarni juda sogʻinib, diydoringizni koʻrishga jon–jahdimiz bilan harakat qildik. 18Ha, biz qayta–qayta sizning oldingizga bormoqchi boʻldik. Ayniqsa men, Pavlus, borishni juda xohlagandim, lekin shayton bunga yoʻl qoʻymadi. 19Axir, bizning umidimiz va quvonchimiz kim?! Rabbimiz Iso kelganda, Uning oldida faxr tojimiz sizlar emasmi?! 20Ha, sizlar bizning sharafimiz va quvonchimizsiz!

Currently Selected:

1 Salonikaliklar 2: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in

YouVersion uses cookies to personalize your experience. By using our website, you accept our use of cookies as described in our Privacy Policy