1 Shohlar 11:6-7
1 Shohlar 11:6-7 O‘ZBMK
Shoul bu gaplarni eshitgan zahoti, Xudoning Ruhi uni qamrab oldi. Shoul qattiq gʻazablandi. Bir juft hoʻkizni soʻyib, nimtaladi. Xabarchilar orqali Isroilning hamma tomoniga oʻsha nimtalangan boʻlaklarni joʻnatib, shunday dedi: “Kimki Shoul bilan Shomuilning orqasidan ergashmasa, oʻsha odamning hoʻkizlari ham xuddi shu ahvolga tushadi.” Odamlar Egamizdan qoʻrqqanidan zir titrab, bir yoqadan bosh chiqarib yoʻlga tushdi.