3 Shohlar 6
6
6–BOB
Sulaymon Egamizning uyini quradi
1Isroil xalqi Misr yurtidan chiqqaniga 480 yil boʻlganda, Sulaymon Isroil taxtiga oʻtirganiga toʻrt yil boʻlgan edi#6:1 …Sulaymon Isroil taxtiga oʻtirganiga toʻrt yil boʻlgan edi — taxminan miloddan oldingi 960 yil.. U oʻsha yilning ikkinchi oyida — Ziv oyida#6:1 Ziv oyi — ibroniy kalendarining ikkinchi oyi. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan aprelning oʻrtasidan boshlanadi. Egamizning uyini barpo qilishni boshladi. 2Shoh Sulaymon Egamiz uchun qurayotgan uyning uzunligi 60 tirsak#6:2 tirsak — bir tirsak taxminan 45 santimetrga toʻgʻri keladi. Shoh Sulaymon qurdirgan Maʼbadning rasmi lugʻatdan keyin ilova qilingan “Rasmlar va loyihalar” boʻlimida berilgan., eni 20 tirsak, balandligi 30 tirsak edi. 3Egamiz uyining asosiy xonasi#6:3 asosiy xona — yaʼni Muqaddas xona. oldida ayvon boʻlib, ayvonning uzunligi asosiy xonaning eni bilan bir oʻlchovda — 20 tirsak, eni 10 tirsak edi. 4Uyga panjarali derazalar ham yasattirdi. 5Uyning tashqaridagi devorining yoniga va orqasiga uch qavatli yon xonalar qurdirdi. 6Birinchi qavatning kengligi 5 tirsak, ikkinchi qavatning kengligi 6 tirsak, uchinchi qavatning kengligi 7 tirsak edi. Sulaymon uyning devorlarini, yon xonalarning hajmiga moslab, zinapoya shaklida qurdirdi. Shu sababdan yon xonalar uyning devoriga taqalmagan edi.
7Uy qurilishi uchun toshlardan foydalanildi. Toshlar konning oʻzida yoʻnib tayyorlandi. Shu sababdan uy qurilayotganda, na bolgʻa, na bolta, na biror temir asbob ovozi eshitildi.
8Oʻrta qavatdagi yon xonaning eshigi uyning janub tomonida edi: aylanma zinapoya orqali oʻrta qavatga, oʻrta qavatdan esa uchinchisiga chiqilardi. 9Shunday qilib, Sulaymon uyning devorlarini qurib bitkazdi. Soʻng uyning tomini sadr daraxtidan qilingan toʻsinlar va taxtalar bilan yopdi. 10Uyning aylanasi boʻylab qurilgan yon xonalarning har bir qavatining balandligi 5 tirsak edi. Toʻsinlar yon xonalar bilan uyning devorini bogʻlab turardi.
11Egamiz Sulaymonga shu soʻzlarni ayon qildi:
12— Mana, sen uyni quryapsan. Agar Mening farmonlarimga koʻra yursang, qonun–qoidalarimga rioya etsang, hamma amrlarimga itoat qilsang, oʻshanda otang Dovudga bergan vaʼdalarimni sen orqali bajaraman. 13Har doim Isroil xalqi orasidan maskan qilaman, xalqim Isroilni aslo tark etmayman.
14Shunday qilib, Sulaymon Xudoning uyini qurib boʻldi.
Egamiz uyining bezaklari haqida batafsil maʼlumotlar
15Sulaymon Egamiz uyining devori ichkarisini yerdan shiftiga qadar sadr yogʻochidan qilingan taxta bilan qoplatdi. Polini sarv yogʻochi taxtasidan qildi. 16Ichki xona uyning ichkarisiga qurilgan boʻlib, yerdan shiftiga qadar sadr yogʻochi bilan ajratilgan edi. Bu xona Eng muqaddas xona deb ataldi. Bu xonaning boʻyi 20 tirsak chiqardi. 17Asosiy xonaning boʻyi esa 40 tirsak boʻlib, bu xona Eng muqaddas xonaning old tomonida edi. 18Uyning ichkarisi sadr taxtalari bilan qoplanib, taxtalarga qovoq va ochilib turgan gullar surati shunday oʻyilgan ediki, devor toshlari koʻrinmas edi.
19Eng muqaddas xona Egamizning Ahd sandigʻini qoʻyish uchun hozirlangan edi. 20Oʻsha xonaning uzunligi ichki tarafdan 20 tirsak, kengligi 20 tirsak, balandligi ham 20 tirsak edi. Sulaymon bu xonani toza oltin bilan qoplatdi. Sadr yogʻochidan yasalgan tutatqi qurbongohini ham oltin bilan qoplatdi#6:20 Sadr yogʻochidan yasalgan tutatqi qurbongohini ham oltin bilan qoplatdi — yoki Tutatqi qurbongohini sadr yogʻochi bilan qoplatdi.. 21Sulaymon uyning asosiy xonasini ham oltin bilan qoplatdi. Oltin bilan qoplangan Eng muqaddas xonaning old tomoniga oltin zanjirlar torttirdi. 22Shunday qilib, Sulaymon uyning hamma joyini boshdan oxirigacha oltin bilan qoplatdi. Eng muqaddas xonaning kiraverishidagi tutatqi qurbongohini ham tamomila oltin bilan qoplatdi.
23Soʻng Eng muqaddas xonaga qoʻyish uchun zaytun daraxti yogʻochidan ikkita karub#6:23 ikkita karub — qanotli samoviy mavjudotlarning haykallari. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi KARUB, KARUBLAR soʻziga qarang. yasattirdi. Karublarning balandligi 10 tirsak edi. 24Karublarning qanotlari 5 tirsakdan edi. Qanotlarning u uchidan bu uchigacha hammasi boʻlib 10 tirsak chiqardi. 25Har ikkala karubning shakli, hajmi bir edi. 26Har bir karubning balandligi 10 tirsak edi. 27Sulaymon karublarni Eng muqaddas xonaga yonma–yon qoʻydi. Karublarning qanotlari choʻzilib ketgan, birining qanoti bir devorga, ikkinchisining qanoti esa narigi devorga tegib turardi. Uyning oʻrtasida esa ikkovining qanotlari bir–biriga tutashardi. 28Sulaymon karublarni ham toza oltin bilan qoplatdi.
29Ikkala xonaning devoriga gir aylanasi boʻylab karublar, palma daraxtlari, ochilib turgan gullarning suratini oʻydirdi. 30Bu xonalarning polini ham oltin bilan qoplatdi.
31Eng muqaddas xonaning kirish joyiga zaytun yogʻochidan ikki tavaqali eshik yasattirdi. Eshikning kesakisi#6:31 kesaki — eshik oʻrnatilgan chorchoʻp. besh qirrali edi. 32Zaytun yogʻochidan yasalgan ikki tavaqali eshikka karublar, palma daraxtlari, ochilib turgan gullar suratini oʻydirdi, soʻng eshik ustini, karublar va palma daraxtlari suratini ham oltin bilan qoplatdi.
33Asosiy xonaning kiraverishidagi toʻrt burchakli kesakini zaytun yogʻochidan, 34ikkita eshikni sarv daraxti yogʻochidan yasadi. Eshiklarning har biri ikki tavaqali, yigʻma edi. 35Eshiklarning yuzasiga ham karublar, palma daraxti, ochilib turgan gullar suratini oʻydirib, ularni oltin bilan bir tekis qilib qoplatdi. 36Ichki hovli devorlarining uch qatorini taroshlangan toshdan, bir qatorini sadr yogʻochidan qildirdi.
37Egamiz uyining poydevori Sulaymon hukmronligining toʻrtinchi yilida, aynan Ziv oyida#6:37 Ziv oyi — shu bobning 1–oyatiga berilgan ikkinchi izohga qarang. qoʻyilib, 38oʻn birinchi yilning sakkizinchi oyida — Bul oyida#6:38 Bul oyi — ibroniy kalendarining sakkizinchi oyi. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan oktabrning oʻrtasidan boshlanadi. loyihaga binoan batamom, hamma ikir–chikirigacha qurib bitkazildi. Shunday qilib, Sulaymon uyni yetti yil davomida bunyod qildi.
Currently Selected:
3 Shohlar 6: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: