1 Yuhanno Kirish
Kirish
Mazkur maktub muallifi Iso Masihning shogirdi Yuhannodir. Muallif, bu maktubdan tashqari, “Yuhanno bayon etgan Xushxabar”, “Yuhannoning ikkinchi maktubi”, “Yuhannoning uchinchi maktubi” va “Vahiy” kitoblarini ham yozgan.
Yuhanno bu maktubi orqali imonlilarni Xudo bilan aloqada boʻlishga, nurda yashashga, gunoh qilmaslikka, bir–birlariga nisbatan mehr–oqibatli boʻlishga undaydi. Ular abadiy hayotga ega ekanligini eslatadi. Shuningdek, masihiylarni soxta paygʻambarlarning yolgʻon taʼlimoti haqida ogohlantiradi. Chunki bu yolgʻon taʼlimot dastidan koʻp imonlilar gumroh boʻlib, Xudodan uzoqlashgan edilar.
Soxta paygʻambarlarning bu taʼlimotiga koʻra, moddiy dunyo bilan boʻlgan har qanday aloqa yomonlikni keltirib chiqarar emish. Soxta paygʻambarlar jismoniy tanani ham moddiyat tufayli bulgʻangan deb bilganlari uchun, Masih#Masih — 2:22 izohiga qarang., yaʼni Xudoning Oʻgʻli inson boʻlib kelmagan#…Xudoning Oʻgʻli inson boʻlib kelmagan… — 5:6 ning birinchi izohiga qarang., deb aytishgan. Ular, ruhiy hayot bilan moddiy dunyo orasida hech qanday bogʻliqlik yoʻq, shuning uchun najot topgan odam dunyo tashvishlaridan xoli ravishda, mehr–oqibat va odob–axloq qoidalariga eʼtibor bermasdan yashashi kerak degan gʻoyani ilgari surishgan.
Yuhanno bu soxta taʼlimotni fosh etib, Masih haqiqiy inson boʻlganini taʼkidlaydi, shu bilan bir qatorda, Xudoni sevgan hamma odamlarni bir–birlariga mehr–oqibatli boʻlishga chaqiradi.
Currently Selected:
1 Yuhanno Kirish: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: