1 Yuhanno 5
5
5–BOB
1Isoning Masih#5:1 Masih — 2:22 izohiga qarang. ekanligiga ishongan har bir kishi Xudoning farzandidir. Kim Otani yaxshi koʻrsa, Uning farzandlarini ham yaxshi koʻradi. 2Biz bilamizki, Xudoni sevib, Uning amrlarini bajarsak, Xudoning farzandlarini ham yaxshi koʻrgan boʻlamiz. 3Xudoni sevish Uning amrlarini bajarish demakdir. Xudoning amrlari esa qiyin emas, 4chunki Xudoning har bir farzandi dunyoni yengishga qodir.
Isoga boʻlgan imonimiz dunyoni yengadi
Biz imonimiz orqali dunyo ustidan gʻalaba qozonamiz. 5Ha, Iso Xudoning Oʻgʻli ekanligiga ishongan odamgina dunyoni yenga oladi! 6Iso Masih kelganda suvga choʻmdirilib, biz uchun Oʻz qonini toʻkdi. U suvga choʻmish bilan cheklanibgina qolmay#5:6 U suvga choʻmish bilan cheklanibgina qolmay… — Yuhanno bu oʻrinda Isoning Masih sifatida, yaʼni Xudo Oʻgʻli sifatida suvga choʻmdirilganiga va xochga mixlanganiga urgʻu beradi. Yuhannoning bundan maqsadi mana shu haqiqatga qarshi chiqqan soxta ustozlarni fosh qilish edi (2:22, 4:1-3 ga qarang). Chamasi, ular Iso suvga choʻmdirilganidan keyingina Unga Xudoning Oʻgʻli kirib kelgan, xochga mixlanishidan oldin esa chiqib ketgan, deb ishonganlar. Ularning bu tushunchalari Iso Masih haqidagi haqiqatga zid edi. Insoniyatni gunohdan poklash uchun Masih, yaʼni Xudoning Oʻgʻli boʻlgan Iso xochda oʻlgan (shu bobning 5–oyatiga va 1:1-3, 2:1-2, 4:10 ga qarang)., Oʻz qonini toʻkdi#5:6 Iso Masih kelganda…Oʻz qonini toʻkdi — yunoncha matnda Iso Masih suv va qon bilan keldi. U faqat suv bilan emas, suv va qon bilan keldi. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Iso Masih suv, qon va Ruh bilan keldi….. Muqaddas Ruhning Oʻzi bu haqda guvohlik beryapti#5:6 Muqaddas Ruhning Oʻzi bu haqda guvohlik beryapti… — 2:20, 27 ga va Yuhanno 1:32-34 ga qarang. va Uning guvohligi haqiqatdir. 7Shunday qilib, bunga uchta guvoh bor: 8Ruh, suv va qon#5:7-8 …bunga uchta guvoh bor: 8 Ruh, suv va qon — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida osmonda bunga uchta guvoh bor: Ota, Kalom va Muqaddas Ruh. Bu uchovi bir. 8 Yerda ham bunga uchta guvoh bor: Ruh, suv va qon.. Ular bir xil guvohlik berishyapti.
9Biz insonlarning guvohligini qabul qilamiz, Xudoning guvohligi esa undan qanchalar muhimroq. Xudo ham Oʻz Oʻgʻli haqida guvohlik berdi. 10Xudoning Oʻgʻliga ishongan odam Xudoning guvohligini chin dildan qabul qilgan boʻladi. Xudoga ishonmagan odam esa Xudoni yolgʻonchiga chiqaradi, chunki u Xudoning Oʻz Oʻgʻli haqida bergan guvohligiga ishonmaydi. 11Xudoning guvohligi shundan iborat: Xudo bizga abadiy hayot berdi va bu abadiy hayotning manbai Xudoning Oʻgʻli Isodir. 12Kim Xudoning Oʻgʻliga ega boʻlsa, hayotga egadir. Xudoning Oʻgʻliga ega boʻlmagan odamda esa hayot yoʻq.
Xotima
13Ey Xudoning Oʻgʻliga ishonganlar, sizlar abadiy hayotga egasizlar. Shuni bilib olinglar deb, sizlarga bu maktubni yozyapman. 14Biz abadiy hayotga ega boʻlganimiz uchun Xudoning huzurida dadil boʻlamiz, chunki Xudoning irodasiga koʻra, nimani soʻrasak, U bizga quloq tutishini bilamiz. 15Xudo ibodatlarimizga quloq tutar ekan, demak, ibodatlarimizga javob olganimizga toʻliq ishonch hosil qilamiz.
16Agar biror kishi birodarining gunoh qilayotganini koʻrsa–yu, bu gunoh abadiy oʻlimga#5:16 abadiy oʻlim — yunoncha matnda oʻlim. Bu oyatda oʻlim soʻzi nafaqat jismoniy oʻlimga, balki abadiy jazoga ham ishora qilishi mumkin (2 Salonikaliklar 1:7-9, Vahiy 20:11-15 ga qarang). Yana bu oyatga berilgan keyingi izohga qarang. sabab boʻlmasa, u uchun ibodat qilsin. Uning ibodati tufayli Xudo gunoh qilgan odamga hayot bagʻishlaydi. Men gunohi abadiy oʻlimga sabab boʻlmaydigan odamni nazarda tutyapman. Abadiy oʻlimga sabab boʻladigan gunoh#5:16 Abadiy oʻlimga sabab boʻladigan gunoh — jamoatni tark etgan soxta ustozlarning gunohiga ishora. Ularning gunohi Iso Masih haqidagi haqiqiy taʼlimotga ishonmaslik edi (shu bobning 5, 10-12–oyatlariga va 2:18-26, 3:23, 4:1-3 ga qarang). Yana Matto 12:31 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang. ham bor. Bunday gunohga qoʻl urgan odamlar uchun ibodat qilinglar, deb aytmayapman. 17Har qanday yomonlik gunohdir, ammo hamma gunoh ham abadiy oʻlimga sabab boʻlavermaydi.
18Xudoning farzandi boʻlgan odam gunoh qilmasligini bilamiz, chunki Xudo#5:18 Xudo — yoki Xudoning Oʻgʻli. bunday odamni Oʻz panohida asraydi#5:18 …chunki Xudo bunday odamni Oʻz panohida asraydi — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida chunki Xudoning farzandi boʻlgan odam oʻzini gunohdan asraydi.. Yovuz shayton unga biror zarar yetkaza olmaydi. 19Biz Xudodan ekanimizni, butun dunyo esa yovuz shayton changalida ekanini bilamiz. 20Yana shuni bilamizki, Xudoning Oʻgʻli kelib, haq Xudoni tanib–bilishimiz uchun bizga aql–idrok berdi. Biz Iso Masih bilan birga yashar ekanmiz, haq Xudo bilan ham birga yashaymiz. Iso Masih haq Xudodir va abadiy hayot manbaidir.
21Aziz bolalarim#5:21 Aziz bolalarim — 2:1 izohiga qarang., oʻzlaringizni butlardan#5:21 butlar — ularni toʻgʻri yoʻldan ozdiradigan soxta taʼlimotlarga ramziy usulda ishora boʻlishi mumkin (2:18-26, 4:1-3 oyatlarga va shu bobning 6–oyatiga berilgan birinchi izohga qarang). saqlanglar#5:21 Yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida quyidagi soʻz oyatga qoʻshimcha qilingan: omin..
Currently Selected:
1 Yuhanno 5: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy
Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020