YouVersion Logo
Search Icon

1 Yuhanno 3

3
3–BOB
1Qaranglar, Otamiz Xudo bizni farzandlarim deb, qanday buyuk bir sevgini koʻrsatdi! Haqiqatan ham, biz Uning farzandlarimiz. Dunyo Otamizni hech qachon tan olmagan, shuning uchun bizni ham Xudoning farzandlari deb tan olmayapti. 2Ha, azizlarim, hozir biz Xudoning farzandlarimiz. Ammo kelajakda kim boʻlishimiz bizga hanuz ochilmagan. Faqat shuni bilamizki, oʻsha payt kelganda, biz Xudo singari boʻlamiz, chunki Xudoning Oʻzini koʻramiz. 3Xudoga bunday umid bogʻlagan har bir odam Iso Masih singari pok boʻlishi uchun oʻzini poklaydi.
4Gunoh qiluvchi har qanday odam Xudoga qarshi bosh koʻtargan boʻladi, chunki gunoh Xudoga qarshi bosh koʻtarmoq demakdir. 5Masih esa gunohlarimizni yuvish uchun kelganini bilasizlar. Unda gunoh yoʻqligi oʻzingizga ayon. 6Masih bilan yashagan har bir odam gunohdan yuz oʻgiradi. Gunoh qilib yurgan odam esa, Masihni koʻrmagan ham, tanimagan ham.
7Aziz bolalarim#3:7 Aziz bolalarim — 2:1 izohiga qarang., hech kim sizlarni aldamasin. Adolatli ish qiluvchi har qanday odam xuddi Masih singari odildir. 8Gunoh qiluvchi esa iblis zotidandir. Chunki iblis azaldan gunoh qilib kelyapti. Ammo Xudoning Oʻgʻli iblisning ishlarini barbod qilish uchun keldi. 9Xudoning bolalari gunoh qilmaydi, chunki Xudoning hayotbaxsh kuchi#3:9 Xudoning hayotbaxsh kuchi — yunoncha matnda Xudoning urugʻi, bu oʻrinda Muqaddas Ruhga ishora boʻlishi mumkin. Baʼzi olimlarning taxmini boʻyicha, Xudoning urugʻi iborasi Xudoning kalomiga ishora qiladi (1 Butrus 1:23 ga qarang). ularning ichidadir. Ular Xudoning bolalari boʻlganlari uchun gunohda yashamaydilar. 10Adolatli ish qilmagan va oʻz birodarini sevmagan odam esa Xudodan emas. Demak, iblis bolalari bilan Xudo bolalarining farqi ana shundadir.
Bir–birimizni yaxshi koʻraylik!
11Sizlar boshidan eshitgan kalom shu: bir–birimizni yaxshi koʻraylik! 12Yovuz shayton zoti boʻlgan Qobilga#3:12 Qobil — Ibtido 4:3-8 ga qarang. oʻxshamaylik. U oʻz ukasini oʻldirgandi. Nima uchun ukasini oʻldirdi? Chunki uning ishlari qabih, ukasining ishlari esa toʻgʻri edi.
13Ey birodarlarim, agar dunyo sizdan nafratlanayotgan boʻlsa, hayratlanmanglar. 14Biz oʻlimdan hayotga oʻtganimizni bilamiz, chunki birodarlarimizni sevamiz. Birodarini sevmagan odam esa oʻlim iskanjasida qolgan. 15Birodaridan nafratlangan har qanday kishi qotildir. Hech bir qotil abadiy hayotga ega boʻlmasligini bilasizlar. 16Masih bizlar uchun jonini fido qildi, ana shundan biz haqiqiy sevgini bildik. Demak, biz ham birodarlarimiz uchun jonimizni fido qilishga burchlimiz. 17Agar oʻzimizga toʻq boʻlib turib, muhtojlikda yashayotgan birodarimizni koʻrsak–u, unga yordam bermay yuragimizni tosh qilsak, qanday qilib bizda Xudoning sevgisi joy oladi?!
18Aziz bolalarim, biz haqiqiy sevgimizni quruq gap bilan emas, amalda koʻrsataylik. 19-20Shunda biz haqiqat ahli ekanimizga ishonch hosil qilamiz. Hattoki vijdonimiz qiynalganda ham “Xudo hamma narsani biladi, U vijdonimizdan ham ulugʻ” degan haqiqat bilan Xudoning huzurida oʻzimizni tinchlantira olamiz. 21Agar vijdonimiz bizni qiynamasa, ey azizlarim, Xudo oldida dadil boʻlamiz 22va Undan nima soʻrasak, U beradi. Chunki biz Uning amrlarini bajarib, Unga manzur boʻlgan ishlarni qilyapmiz. 23Xudoning amri esa Uning Oʻgʻli Iso Masihga ishonishdan va Masih buyurganidek, bir–birimizni sevishdan iboratdir. 24Xudoning amrlarini bajargan odam Xudo bilan birga va Xudo u bilan birga yashaydi. Xudo biz bilan yashayotganini U har birimizga bergan Ruhidan bilamiz.

Currently Selected:

1 Yuhanno 3: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in