YouVersion Logo
Search Icon

1 Yuhanno 2

2
2–BOB
1Aziz bolalarim#2:1 Aziz bolalarim — Yuhannoning oʻz farzandlari emas. Yuhanno ularning ruhiy yoʻlboshchisi boʻlib, aziz imonlilarga shunday murojaat qilgan., gunoh qilmanglar deb, men sizlarga shularni yozyapman. Bordi–yu, birortamiz gunoh qilib qoʻysak, Otamiz Xudoning oldida homiyimiz — Iso Masih bor, U Solih Zotdir. 2U bizni gunohlarimizdan poklash uchun qurbon boʻldi. Nafaqat bizning, balki butun dunyoning gunohlari uchun qurbon boʻldi.
Haqiqiy imonlining fazilatlari
3Xudoni tanib–bilganimizni shundan bilsak boʻladi: Xudoni tanib–bilgan odam Uning amrlariga rioya qiladi. 4Xudoni bilaman deb turib, Uning amrlariga rioya qilmagan esa yolgʻonchidir, unda haqiqat yoʻq. 5Xudoning kalomiga itoat qilgan odamda esa Xudoning sevgisi oʻz mukammal ifodasini topgan. Biz Xudo bilan birga ekanimizni ana shundan bilsak boʻladi.
6Men Xudo bilan birgaman degan odam Iso Masih yashaganday yashashi kerak. 7Ey azizlarim, men sizlarga yangi amrni emas, balki boshidan oʻzingizga maʼlum boʻlgan eski amrni yozyapman. Bu eski amr sizlar eshitgan Xudoning kalomidir. 8Ammo men yozayotgan bu amrni yangi desam ham boʻladi, chunki bu amr Masih va sizlar orqali amal qilmoqda. Haqiqatan ham, zulmat oʻtib bormoqda, haqiqiy nur hozirdanoq porlamoqda.
9Men nurda yashayapman deb turib, oʻz birodaridan nafratlangan odam hali ham zulmatdadir. 10Birodarini sevgan odam esa nurda yashaydi va hech qanday narsa uning qulashiga sabab boʻla olmaydi#2:10 …hech qanday narsa uning qulashiga sabab boʻla olmaydi — yana Zabur 118:165 ga qarang.. 11Ammo birodaridan nafratlangan odam zulmatdadir. U zulmatda yurib, qayerga ketayotganini bilmaydi, chunki zulmat uning koʻzlarini koʻr qilgan.
12Aziz bolalarim, sizlarga yozyapman: Masih tufayli gunohlaringiz kechirildi.
13Ey otalar, sizlarga yozyapman: sizlar boshidan ayon boʻlgan Masihni#2:13 boshidan ayon boʻlgan Masih — 1:1 ga va oʻsha oyatning izohlariga qarang. tanib–bildingizlar.
Ey yigitlar, sizlarga yozyapman: sizlar yovuz shaytonni yengdingizlar.
Ey bolajonlar, sizlarga yozyapman: sizlar Otamiz Xudoni bildingizlar.
14Otalar, sizlarga yozyapman: sizlar boshidan ayon boʻlgan Masihni tanib–bildingizlar.
Yigitlar, sizlarga yozyapman: sizlar baquvvatsizlar, Xudoning kalomi qalbingizdan joy olgan, sizlar yovuz shaytonni yengdingizlar.
Dunyoga koʻngil bogʻlamanglar
15Dunyoga va undagi narsalarga koʻngil bogʻlamanglar. Dunyoni sevgan odamda Otamiz Xudoning sevgisi boʻlmaydi. 16Zero, dunyodagi bor narsa — inson tabiatining xohishlari, nafs va boylik bilan magʻrurlanish Otadan emas, balki dunyodandir. 17Dunyo ham, uning nafsi ham oʻtib ketadi. Xudoning irodasini bajargan odam esa abadiy yashaydi.
Masih dushmanining taʼlimoti haqida ogohlantirish
18Bolajonlarim, dunyoning soʻnggi damlari#2:18 dunyoning soʻnggi damlari — Iso Masih tirilgandan keyingi davrga ishora. Yana Ibroniylar 1:2, 9:26 ga qarang. keldi! Masihning dushmani#2:18 Masihning dushmani — yana 2 Salonikaliklar 2:3-12, Vahiy 13:1-17 ga qarang. kelishini eshitgansizlar. Mana, hozirdan Masihning koʻp dushmanlari paydo boʻldi. Ana shundan biz soʻnggi damlarda yashayotganimizni bilamiz. 19Aslida, bu odamlar oʻz oramizdan chiqdilar, ammo ular bizga tegishli boʻlmaganlar. Shuning uchun bizni tark etdilar. Agar bizga qarashli boʻlganlarida edi, biz bilan qolgan boʻlar edilar. Ammo chiqib ketganlaridan shunisi maʼlum boʻldiki, birontasi ham bizga qarashli emas.
20Sizlar esa hammangiz haqiqatni bilasizlar, chunki sizlar Iso Masihdan#2:20 Iso Masih — yunoncha matnda muqaddas Zot. Baʼzi olimlar bu iborani Otamiz Xudoga ishora deb taxmin qiladilar. Muqaddas Ruhni#2:20 Muqaddas Ruh — yunoncha matnda moylanish, bu oʻrinda masihiylarga Muqaddas Ruh berilganiga ishora (shu bobning 27–oyatida ham bor). Baʼzi olimlarning taxmini boʻyicha, bu oʻrinda ularning Xushxabarni qabul qilganlari nazarda tutilgan. qabul qilgansizlar. 21Sizlar haqiqatni bilmaganingiz uchun emas, aksincha, bilganingiz uchun men bularni sizlarga yozyapman. Yolgʻonchilar haqiqatga mansub emasligini ham eslatmoqchiman. 22Isoni Masih#2:22 Masih — bu unvonni yahudiylar kelajakda ularni dushmanlaridan qutqaradigan va butun yer yuzidagi xalqlar ustidan hukmronlik qiladigan insonga nisbatan ishlatganlar. Eski Ahdda Masihning qiladigan ishlari haqida bashoratlar yozilgan. Yangi Ahdga koʻra Rabbimiz Iso oʻsha Masihdir. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi MASIH soʻziga va XUDONING OʻGʻLI iborasiga qarang. emas, deydigan har qanday odam — yolgʻonchi, u Masihning dushmanidir! U Otamiz Xudoni ham, Oʻgʻilni ham rad etadi. 23Oʻgʻilni rad etgan odamda Ota yoʻq. Oʻgʻilni tan olgan odamda esa, Ota ham bor.
24Sizlar boshidan eshitgan kalomni qalbingizda saqlanglar. Agar boshidan eshitgan kalomni qalbingizda saqlasangiz, sizlar ham Oʻgʻil, ham Ota bilan birga yashaysizlar. 25Masihning#2:25 Masih — yunoncha matnda U. Oʻzi buni bizga vaʼda qilgan. Bu abadiy hayotdir. 26Sizlarni yoʻldan ozdirmoqchi boʻlgan odamlardan ehtiyot boʻlinglar deb, bularni sizlarga yozyapman.
27Ammo sizlar Iso Masihdan#2:27 …Iso Masihdan… — yunoncha matnda …Undan…. Shu bobning 20–oyatiga berilgan birinchi izohga qarang. Muqaddas Ruhni qabul qilgansizlar. Muqaddas Ruh ichingizda yashayotgani uchun sizlarga hech kimning biror narsa oʻrgatishiga hojat yoʻq. Muqaddas Ruh sizlarga hamma narsani oʻrgatadi, Uning taʼlimoti soxta emas, haqiqiydir. U sizlarga oʻrgatganidek, Masih bilan yashashingiz kerak.
Xudoning bolalari va iblisning bolalari haqida
28Ha, aziz bolalarim, bu soʻnggi damlarda Masih bilan yashanglar, toki U olamga kelganda dadil boʻlaylik, Uning oldida uyalib qolmaylik. 29Biz Masihning odil ekanligini bilamiz. Shuning uchun adolatli ish tutgan har qanday odam Xudoning farzandi ekanligiga amin boʻlamiz.

Currently Selected:

1 Yuhanno 2: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in