YouVersion Logo
Search Icon

1 Yuhanno 1

1
1–BOB
Muqaddima: Hayot kalomi
1Boshidan ayon boʻlgan Hayot kalomi#1:1 Hayot kalomi — Iso Masihga ishora (Yuhanno 1:4, 3:16, 10:10, 14:6 ga qarang). haqida biz sizlarga xabar bermoqchimiz. Koʻrib eshitganlarimizni, ha, oʻz koʻzimiz bilan koʻrib, oʻz qoʻllarimiz bilan paypaslab koʻrganlarimizni#1:1 Koʻrib eshitganlarimizni…koʻrganlarimizni… — Yuhanno 1:14 ga qarang. sizlarga maʼlum qilmoqchimiz. 2Otamiz Xudoning huzurida boʻlgan Hayot bizga oshkor boʻldi! Biz bu abadiy Hayotni koʻrib, endi U haqda sizlarga shohidlik qilyapmiz. 3Koʻrgan–eshitganlarimizni maʼlum qilish orqali sizlar bilan birodar boʻlib yashamoqchimiz. Zero, oʻzimiz ham Otamiz Xudo va Uning Oʻgʻli Iso Masih bilan yashayapmiz. 4Bularni sizlarga qalbimiz#1:4 qalbimiz — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida qalbingiz. shodlikka toʻlsin deb, yozyapmiz.
Nurda yashash toʻgʻrisida
5Biz Iso Masihdan eshitib, sizlarga yetkazayotgan Xushxabarimiz shundan iborat: Xudo — nur, Unda hech qanday zulmat yoʻq. 6Agar biz Xudo bilan yashayapmiz deb turib, oldingiday zulmatda yashasak, yolgʻon gapirib, haqiqatga xilof ish qilgan boʻlamiz. 7Bordi–yu, Xudo singari nurda yashasak, biz birodarlarimiz bilan uygʻunlikda yashaymiz va Xudo Oʻz Oʻgʻli Isoning qoni orqali bizni har qanday gunohdan poklaydi.
8Agar gunohimiz yoʻq desak, oʻzimizni oʻzimiz aldagan boʻlamiz va bizda haqiqat boʻlmaydi. 9Bordi–yu, gunohlarimizni eʼtirof etsak, sodiq va adolatli boʻlgan Xudo gunohlarimizni kechirib, bizni har qanday yomonlikdan forigʻ qiladi.
10Agar gunoh qilganimiz yoʻq desak, Xudoni yolgʻonchiga chiqargan boʻlamiz. Demak, Uning kalomi qalbimizdan joy olmagan boʻladi.

Currently Selected:

1 Yuhanno 1: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in