YouVersion Logo
Search Icon

1 Solnomalar 9

9
9–BOB
1Shunday qilib, butun Isroil xalqi nasabnomada qayd etilib, ushbu maʼlumotlarning hammasi “Isroil shohlari kitobi”ga kiritilgan.
Surgundan Quddusga qaytib kelgan xalq
Yahudo xalqi Egamizga xiyonat qilgani uchun Bobilga surgun qilingan edi. 2Surgundan birinchi boʻlib oddiy xalq oʻz shaharlaridagi mulklariga qaytib keldi. Ular bilan birga baʼzi ruhoniylar, levilar va Maʼbad xizmatkorlari ham qaytishgandi. 3Yahudo, Benyamin, Efrayim va Manashe qabilasidan boʻlganlar Quddusga borib oʻrnashdilar. Qaytib kelganlar orasida quyidagilar bor edi:
Yahudo qabilasidan qaytib kelganlari
4Yahudo oʻgʻli Paraz naslidan boʻlgan Utay. U Omihudning oʻgʻli, Omrining nabirasi, Imrining evarasi va Banixning chevarasi edi.
5Shelo naslidan — Sheloning toʻngʻich oʻgʻli Osoyoh va uning oʻgʻillari,
6Zerax naslidan — Yoval.
Hammasi boʻlib Yahudo qabilasidan Quddusga qaytib kelganlar 690 kishini tashkil qilar edi.
Benyamin qabilasidan qaytib kelganlari
7Benyamin qabilasidan quyidagilar Quddusga qaytib kelgan edilar: Mashullom oʻgʻli Sallu. U Xoʻdaviyoning nevarasi va Xassinuvaning evarasi edi. 8Yana Yeroxam oʻgʻli Yibnayo va Uzzi oʻgʻli Elox qaytib kelgan. Elox Mixrining nevarasi edi. Shafatiyo oʻgʻli Mashullom ham qaytib kelgan. U Ruvelning nevarasi va Yibniyoning evarasi edi.
9Nasabnomaga kiritilgan Benyamin nasli 956 kishini tashkil qilgan edi. Yuqorida aytib oʻtilganlarning hammasi urugʻboshilar edi.
Ruhoniylardan qaytib kelganlari
10Quyidagi ruhoniylar Quddusga qaytib kelgan edilar: Yodayo, Yohayiriv va Yoxin. 11Yana Xudo uyining bosh amaldori Ozariyo qaytib kelgan edi. U Xilqiyoning oʻgʻli, Mashullomning nevarasi, Zodoʻxning evarasi va Oxitob oʻgʻli Maroyoʻtning chevarasi edi. 12Yeroxam oʻgʻli Odayo ham qaytib kelgandi. U Peshxurning nevarasi va Malkiyoning evarasi edi. Odil oʻgʻli Masay ham qaytib kelgandi. U Yaxzironing nevarasi, Mashullomning evarasi va Immar oʻgʻli Mashillamatning chevarasi edi.
13Hammasi boʻlib 1760 nafar ruhoniy qaytib kelgan edi. Ular urugʻboshilar boʻlib, Xudoning uyida xizmat qilish uchun layoqatli edilar.
Levilardan qaytib kelganlari
14Quyidagi levilar Quddusga qaytib kelgan edilar: Xashshub oʻgʻli Shamayo. U Marori urugʻidan boʻlib, Ozrikomning nevarasi, Xashaviyoning evarasi edi. 15Yana Bogʻbaqar, Xaresh, Galol va Mattaniyo qaytib kelgandi. Mattaniyo Mixaning oʻgʻli, Zixrining nevarasi va Osifning evarasi edi. 16Shamayo oʻgʻli Obodiyo ham qaytib kelgandi. U Galolning nevarasi va Yodutunning evarasi edi. Oso oʻgʻli Barxiyo ham qaytib kelgandi. U Elqananing nabirasi boʻlib, Natufo shahrining qishloqlarida yashagan edi.
Maʼbad darvozabonlaridan qaytib kelganlari
17-18Levi qabilasidan boʻlgan, Quddusga qaytib kelgan Maʼbad darvozabonlari quyidagilar edi: Shallum, Oqquv, Talmoʻn, Oximan va ularning qarindosh–urugʻlari. Shallum ularning boshligʻi edi. U bugungacha#9:17-18 …bugungacha… — shu kitob yozilgan vaqtga ishora. sharq tomondagi Shoh darvozasida soqchilik qilib kelmoqda. 19Abuasafning#9:19 Abuasaf — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Ebuasaf. Uning Abuasaf degan shakli Chiqish 6:24 dan olingan. nabirasi Kori oʻgʻli Shallumga va uning Koʻrax urugʻidan boʻlgan qarindoshlariga Maʼbad#9:19 Maʼbad — ibroniycha matnda chodir, bu oʻrinda Maʼbad nazarda tutilgan. darvozasida soqchilik qilish vazifasi topshirilgan edi. Ularning ota–bobolari ham ilgarilari Egamizning Muqaddas chodiri kirishida soqchilik xizmatida boʻlganlar. 20Elazar oʻgʻli Finxaz#9:20 Finxaz — Sahroda 25:1-13 ga qarang. ularning ustidan boshliq edi. Egamiz u bilan birga edi.
21Mashalmiyo oʻgʻli Zakariyo ham Maʼbadning#9:21 Maʼbad — ibroniycha matnda Uchrashuv chodiri, bu oʻrinda Maʼbad nazarda tutilgan. darvozasida soqchilik qiladigan boʻldi.
22Darvozani qoʻriqlash uchun hammasi boʻlib 212 darvozabon tanlab olindi. Ular oʻz qishloqlarida nasabnomalari boʻyicha roʻyxatga olindilar. Oʻz vaqtida ularning ota–bobolarini darvozabonlik vazifasiga shoh Dovud bilan Shomuil paygʻambar tayinlagan edilar. 23Bu darvozabonlar va ularning avlodlari Egamizning uyi darvozalarida soqchilik qilishardi.
24Darvozabonlar Maʼbadning sharq, gʻarb, shimol va janub tomonidagi darvozalarini qoʻriqlar edilar. 25Ularning qishloqlaridagi qarindoshlari aniq belgilangan bir vaqtda kelib, ular bilan birga yetti kun davomida xizmat qilishga majbur edilar. 26Toʻrt nafar bosh darvozabon Levi qabilasidan edi. Ular Xudoning uyidagi omborxona va xazinalar uchun masʼul edilar. 27Xudoning uyini qoʻriqlash va ertalablari darvozalarni ochish ularning zimmasida boʻlgani uchun, ular tunni Xudoning uyi yonida oʻtkazar edilar.
28Maʼbad xizmatida foydalaniladigan asbob–anjomlar uchun baʼzi levilar masʼul edilar. Ularning vazifasi asbob–anjomlarni ishlatishdan oldin va ishlatilgandan keyin sanash edi. 29Baʼzi levilar esa jihozlarga, Muqaddas xonadagi boshqa buyumlarga, sifatli unga, sharobga, zaytun moyiga, tutatqiga va ziravorlarga masʼul edilar. 30Biroq ziravorlarning aralashmasini faqat ruhoniylar tayyorlay olar edilar. 31Levilardan biri — Koʻrax naslidan boʻlgan Shallumning toʻngʻich oʻgʻli Mattitiyo nazr nonlarini#9:31 nazr nonlari — Levilar 2:4-7, 7:9 ga qarang. pishirishga tayinlangan edi. 32Uning Qohot naslidan boʻlgan baʼzi birodarlari esa Shabbat kuni xontaxtaga qoʻyiladigan muqaddas nonlarni#9:32 muqaddas nonlar — bu nonlar Maʼbadda Egamizning huzurini aks ettiruvchi timsol boʻlib, Xudo Isroil xalqining qudrati va taʼminlovchisi ekanligidan darak berib turgan. Nonlar Maʼbaddagi maxsus xontaxtaga qoʻyilib, har Shabbat kuni yangi pishirilgan nonlar bilan almashtirib turilgan (Levilar 24:5-9 ga qarang). tayyorlashga masʼul edilar.
33Levilarning qoʻshiqchilari Maʼbaddagi xonalarda yashar edilar. Ular urugʻboshilar boʻlib, kechayu kunduz xizmatda boʻlganlari uchun boshqa barcha vazifalardan ozod qilingan edilar. 34Yuqorida nomlari aytib oʻtilgan levilar urugʻboshilar boʻlib, nasabnoma roʻyxatiga boshliqlar sifatida kiritilgan edilar. Ular Quddusda yashardilar.
Shoh Shoulning nasl–nasabi
35Yaviyol Givon shahriga asos solib, oʻsha shaharda oʻrnashdi#9:35 Yaviyol Givon shahriga asos solib, oʻsha shaharda oʻrnashdi — ibroniycha matnda Yaviyol Givonning otasi boʻldi va Givon shahrida oʻrnashdi. “Otasi boʻldi” degan ibroniycha iborani shaharga asos soldi deb tarjima qilsa ham boʻladi.. Xotinining ismi — Maxo, 36toʻngʻich oʻgʻlining ismi — Abdoʻn, keyingilariniki Zur, Kish, Baal, Nar, Nadov, 37Gadoʻr, Oxyo, Zakariyo va Mixloʻt edi. 38Mixloʻt Shimomning otasi edi. Ular Quddusda oʻz urugʻlari bilan yonma–yon yashardi.
39Nar — Kishning otasi, Kish shoh Shoulning otasi edi. Shoulning toʻrtta oʻgʻli boʻlib, ismlari Yoʻnatan, Malkishuva, Abunadav va Ishbosit#9:39 Ishbosit — ibroniycha matnda Ishbaal, Ishbositning yana bir ismi (2 Shohlar 2:8-10 ga qarang). edi.
40Yoʻnatandan Mefibosit#9:40 Mefibosit — ibroniycha matnda Maribaal, Mefibositning yana bir ismi (2 Shohlar 4:4 ga qarang). tugʻildi, Mefibositdan Mixo tugʻildi.
41Mixoning Pitoʻn, Malek, Tariya va Oxoz#9:41 Oxoz — qadimiy suryoniycha va lotincha tarjimalardan (yana 8:35 ga qarang). Ibroniycha matnda bu ism yoʻq. degan oʻgʻillari bor edi.
42Oxozdan Yohuvaddo#9:42 Yohuvaddo — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yorox. Uning Yohuvaddo degan shakli 8:36 dan olingan. tugʻildi, Yohuvaddodan Elimat, Ozmobit va Zimri tugʻildilar. Zimridan Moʻzo tugʻildi, 43Moʻzodan Bina tugʻildi, Binadan Rafiyo tugʻildi, Rafiyodan Elasax tugʻildi, Elasaxdan Oziyol tugʻildi.
44Oziyolning oltita oʻgʻli boʻlib, ularning ismlari Ozrikom, Boxaru, Ismoil, Shariyo, Obodiyo va Xanon edi. Oziyolning oʻgʻillari ana shular edilar.

Currently Selected:

1 Solnomalar 9: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in