YouVersion Logo
Search Icon

1 Solnomalar 8

8
8–BOB
Yana Benyamin nasli haqida
1Benyaminning beshta oʻgʻli bor edi. Toʻngʻich oʻgʻli — Belax, ikkinchisi — Oshbol, uchinchisi — Axrax, 2toʻrtinchisi — Noʻxax, beshinchisi Rafa edi.
3Belaxning oʻgʻillari quyidagilardir: Adar, Gera, Abihud, 4Abushuva, Noʻmon, Oxoʻva, 5Gera, Shafufon va Xurom.
6-7Ehudning Noʻmon, Oxiyo va Gera ismli oʻgʻillari boʻlib, ular Gebo shahri aholisining urugʻboshilari edilar. Gebo aholisi Monaxatga quvib yuborilganda, Gera xalqni boshlab ketgan edi. Geraning Uzzo va Oxixud ismli ikki oʻgʻli bor edi.
8Shaxarayim ikkala xotini Baro va Xushimni qoʻyib yuborgandan keyin, Moʻab yurtida oʻgʻillar koʻrgan edi. 9Hoʻdash ismli yangi xotini unga Yoʻvov, Zibiyo, Mesho, Malkam, 10Yus, Sahiyo va Mirmo degan yetti oʻgʻil tugʻib bergan edi. Shaxarayimning bu hamma oʻgʻillari urugʻboshilar edilar. 11Shaxarayimning yana Abutav va Elfal degan ikkita oʻgʻli ham bor edi. Shaxarayim Moʻabga koʻchib kelmasdan oldin, bu oʻgʻillarni unga xotini Xushim tugʻib bergan edi.
12-13Elfalning Ibir, Mishom, Shamad, Bariyo va Shema degan oʻgʻillari bor edi. Shamad Onoʻ va Loʻd shaharlarini, shuningdek, bularning atrofidagi qishloqlarni barpo qilgan edi. Bariyo bilan Shema esa Oyjavlon shahri aholisining urugʻboshilari boʻlib, Gat aholisini quvib yuborgan edilar.
14Oxyo, Shoshax, Yorimoʻt, 15Zabadiyo, Arod, Eder, 16Mikoyil, Yishpo va Yoʻxo Bariyoning oʻgʻillari edi.
17Zabadiyo, Mashullom, Xizqi, Xaber, 18Yishmaray, Yizliyo va Yoʻvov Elfalning oʻgʻillari edi.
19Yaxim, Zixri, Zabdi, 20Elivenay, Zillatay, Eliyol, 21Odayo, Baroyo va Shimrot Shimaxning oʻgʻillari edi.
22Yishpon, Ibir, Eliyol, 23Abdoʻn, Zixri, Xanon, 24Xanoniyo, Elam, Ontoʻtiyo, 25Yifdayo va Panuval Shoshaxning oʻgʻillari edi.
26Shamsharay, Shaxariyo, Otaliyo, 27Yarshiyo, Ilyos va Zixri Yeroxamning oʻgʻillari edi.
28Ularning hammasi oʻz naslining urugʻboshilari boʻlib, ismlari oʻz nasli nasabnomasida qayd etilgan edi. Ular Quddusda yashadilar.
29Yaviyol#8:29 Yaviyol — qadimiy yunoncha tarjimaning baʼzi qoʻlyozmalaridan (yana 9:35 ga qarang). Ibroniycha matnda bu ism yoʻq. Givon shahriga asos solib, oʻsha shaharda oʻrnashdi#8:29 Yaviyol Givon shahriga asos solib, oʻsha shaharda oʻrnashdi — ibroniycha matnda Yaviyol Givonning otasi boʻldi va Givon shahrida oʻrnashdi. “Otasi boʻldi” degan ibroniycha iborani shaharga asos soldi deb tarjima qilsa ham boʻladi.. Xotinining ismi — Maxo, 30toʻngʻich oʻgʻlining ismi — Abdoʻn, keyingilariniki Zur, Kish, Baal, Nar#8:30 Nar — qadimiy yunoncha tarjimaning baʼzi qoʻlyozmalaridan (yana 9:36 ga qarang). Ibroniycha matnda bu ism yoʻq., Nadov, 31Gadoʻr, Oxyo, Zakariyo#8:31 Zakariyo — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Zakar. Uning Zakariyo degan shakli 9:37 dan olingan. 32va Mixloʻt edi. Mixloʻt Shimomning#8:32 Shimom — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Shimox. Uning Shimom degan shakli 9:38 dan olingan. otasi edi. Ular Quddusda oʻz urugʻlari bilan yonma–yon yashardi.
Shoh Shoulning nasli
33Nar — Kishning otasi, Kish shoh Shoulning otasi edi. Shoulning toʻrtta oʻgʻli boʻlib, ismlari Yoʻnatan, Malkishuva, Abunadav va Ishbosit#8:33 Ishbosit — ibroniycha matnda Ishbaal, Ishbositning yana bir ismi (2 Shohlar 2:8-10 ga qarang). edi.
34Yoʻnatandan Mefibosit#8:34 Mefibosit — ibroniycha matnda Maribaal, Mefibositning yana bir ismi (2 Shohlar 4:4 ga qarang). tugʻildi, Mefibositdan Mixo tugʻildi.
35Mixoning Pitoʻn, Malek, Tariya va Oxoz degan oʻgʻillari bor edi.
36Oxozdan Yohuvaddo tugʻildi, Yohuvaddodan Elimat, Ozmobit va Zimri tugʻildilar. Zimridan Moʻzo tugʻildi, 37Moʻzodan Bina tugʻildi, Binadan Rafiyo#8:37 Rafiyo — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Rafax. Uning Rafiyo degan shakli 9:43 dan olingan. tugʻildi, Rafiyodan Elasax tugʻildi, Elasaxdan Oziyol tugʻildi.
38Oziyolning oltita oʻgʻli boʻlib, ularning ismlari Ozrikom, Boxaru, Ismoil, Shariyo, Obodiyo va Xanon edi. Bularning hammasi Oziyolning oʻgʻillari edi.
39Oziyolning ukasi Eshexning uchta oʻgʻli boʻlib, toʻngʻichi — Ulom, ikkinchisi — Yoush, uchinchisi Elifalet edi. 40Ulomning oʻgʻillari bahodir jangchi va kamonkashlar edilar. Ularning koʻp oʻgʻillari va nabiralari bor edi, hammasi boʻlib 150 nafar edi.
Benyamin qabilasi mana shulardan iborat edi.

Currently Selected:

1 Solnomalar 8: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in