YouVersion Logo
Search Icon

1 Solnomalar 7

7
7–BOB
Issaxor nasli
1Issaxorning Toʻlo, Puvax, Yoshuv va Shimron degan toʻrtta oʻgʻli bor edi.
2Toʻloning oltita oʻgʻli bor edi: Uzzi, Rafiyo, Yoriyol, Yaxmay, Yibsam va Shomuil. Ular oʻz xonadonlarining urugʻboshilari edilar. Shoh Dovud davrida Toʻloning nasabnomasida 22.600 nafar jangchi qayd etilgan edi.
3Uzzining Yizraxiyo degan oʻgʻli bor edi. Yizraxiyoning toʻrtta oʻgʻli boʻlib, ismlari Mikoyil, Obodiyo, Yoʻel va Ishshiyo edi. Yizraxiyo va uning oʻgʻillari urugʻboshilar edi. 4Ularning xotinlari va bolalari nihoyatda koʻp boʻlgani uchun nasabnomasiga koʻra, jang qilishga qodir 36.000 odami bor edi.
5Issaxor qabilasining nasabnomasida hammasi boʻlib 87.000 nafar jangchi qayd etilgan edi.
Benyamin nasli
6Benyaminning Belax, Boxir va Yodiyol degan uch oʻgʻli bor edi.
7Belaxning Ezboʻn, Uzzi, Uziyol, Yarimoʻt va Iri degan beshta oʻgʻli bor edi. Ularning beshovi ham urugʻboshilar boʻlib, nasabnomasida 22.034 nafar bahodir jangchi qayd etilgan edi.
8Boxirning Zomiro, Yoʻsh, Eliazar, Eliyoʻnay, Omri, Yorimoʻt, Abiyo, Onotoʻt va Elimat degan oʻgʻillari bor edi. Bularning hammasi Boxirning oʻgʻillari edi. 9Ularning nasabnomasida urugʻboshilardan tashqari 22.200 nafar jangchi qayd etilgan edi.
10Yodiyolning Bilxan degan bitta oʻgʻli, Bilxanning esa Yoush, Benyamin, Ehud, Xanano, Zaton, Tarshish va Oxishar degan yetti oʻgʻli bor edi. 11Ularning hammasi urugʻboshilar boʻlib, nasabnomasiga koʻra, jang qilishga tayyor 17.200 nafar odami bor edi.
12Shupim va Xupim xalqlari — Irdan, Xushim xalqi esa Oxerdan kelib chiqqandi.
Naftali nasli
13Naftalining Yaxziyol, Goʻno, Izar va Shillem#7:13 Shillem — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Shallum. Uning Shillem degan shakli Ibtido 46:24 dan olingan (yana Sahroda 26:49 ga qarang). degan toʻrtta oʻgʻli bor edi. Ular Bilxaxning#7:13 Bilxax — Yoqubning xotini Rohilaning choʻrisi (Ibtido 30:1-7, 46:23-25 ga qarang). naslidan edi.
Manashe nasli
14-15Oramlik choʻrisi#7:14-15 choʻri — 1:32 izohiga qarang. Manashega Osriyol va Moxir ismli ikki oʻgʻil tugʻib berdi. Zalofxod Manashening avlodidan boʻlib, faqat qizlar koʻrgan edi. Moxir Giladning otasi edi, u Maxo ismli bir qizga uylangandi. Maxo Xupim va Shupimning singlisi edi. 16Maxo Moxirga ikki oʻgʻil tugʻib berdi. Ularning ismini Parash va Sharash qoʻydilar. Parash Ulom va Rahem ismli ikki oʻgʻil koʻrdi. 17Ulomning Badon degan oʻgʻli bor edi.
Manashe nevarasi Moxir oʻgʻli Giladning nasli mana shulardan iboratdir.
18Giladning singlisi Xamaleka Ishxoʻd, Abuazar va Maxlo ismli uchta oʻgʻilni tugʻdi. 19Shamidoning Oxiyon, Shakam, Lixi va Oniyom degan oʻgʻillari bor edi.
Efrayim nasli
20Efrayimning Shutalax degan oʻgʻli bor edi. Shutalaxdan Barid tugʻildi, Bariddan — Taxat, Taxatdan — Eladax, Eladaxdan — Taxat, 21Taxatdan — Zabad, Zabaddan Shutalax tugʻildilar.
Efrayimning Shutalaxdan tashqari yana Eyzar va Elad ismli ikki oʻgʻli ham bor edi. Ular Gat shahrining tub aholisiga qarashli chorvani oʻgʻirlamoqchi boʻlganlarida, Gatliklar ularni oʻldirgan edilar. 22Ularning otasi Efrayim koʻp kunlar aza tutdi. Qarindoshlari unga tasalli bergani keldilar. 23Efrayim xotini bilan yana qovushgan edi, xotini homilador boʻlib, oʻgʻil tugʻdi. Efrayim: “Uyimda baxtsizlik yuz bergan edi”, deb oʻgʻlining ismini Bariyo#7:23 Bariyo — bu ism ibroniychadagi baxtsizlik soʻziga ohangdosh. qoʻydi.
24Efrayimning Shero degan bir qizi bor edi. Shero Tepadagi Bayt–Xoʻron va Pastdagi Bayt–Xoʻron shaharlarini hamda Uzan–Shero shahrini qurdi.
25Efrayimning Refax ismli bir oʻgʻli ham bor edi. Refaxdan Rashaf tugʻildi, Rashafdan — Telax, Telaxdan — Taxan, 26Taxandan — Laden, Ladendan — Omihud, Omihuddan — Elishama, 27Elishamadan — Nun, Nundan Yoshua tugʻildilar.
28Efrayim nasli janubdagi Baytil shahri, sharqdagi Naron shahri va gʻarbdagi Gezer shahrigacha choʻzilgan hududni qoʻlga kiritib, oʻsha yerga oʻrnashib olgan edi. Ularning hududiga oʻsha shaharlar atrofidagi barcha qishloqlar, Shakam va Oya shaharlari hamda ularning atrofidagi qishloqlar kirgan edi.
29Manashe qabilasi Bayt–Shan, Tanax, Magidoʻ va Doʻr shaharlari va oʻsha shaharlar atrofidagi qishloqlarda oʻrnashib olgan edi.
Bu joylarda Yoqubning#7:29 Yoqub — ibroniycha matnda Isroil, Yoqubning yana bir ismi (Ibtido 32:27-28 ga qarang). oʻgʻli Yusuf avlodlari yashagan edi.
Osher nasli
30Osherning oʻgʻillari quyidagilardir: Yimnax, Yishvo, Yishvi va Bariyo. Osherning Serax ismli bir qizi ham bor edi.
31Bariyoning Xaber va Malxiyol ismli ikki oʻgʻli boʻlib, Malxiyol Birzayit shahrini qurgan edi.
32Xaberning Yaflet, Shoʻmer va Xoʻtam ismli uch oʻgʻli va Shuva ismli bir qizi bor edi.
33Yafletning oʻgʻillari — Poʻsax, Bimxal va Oshvot.
34Shoʻmerning#7:34 Shoʻmer — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Shamer. Uning Shoʻmer degan shakli shu bobning 32–oyatidan olingan. oʻgʻillari — Oxi, Roxgax, Xubbo va Oram.
35Shoʻmerning ukasi Xoʻtamning#7:35 Xoʻtam — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Xalem. Uning Xoʻtam degan shakli shu bobning 32–oyatidan olingan. oʻgʻillari — Zoʻfax, Yimno, Shalash va Amal.
36Zoʻfaxning oʻgʻillari — Suvax, Xarnatar, Shuvol, Beri, Yimra, 37Bazer, Xoʻd, Shammo, Shilsho, Yitron va Bera.
38Eterning oʻgʻillari — Yafunax, Fispa va Orro.
39Ulloning oʻgʻillari — Orax, Xanniyol va Riziyo.
40Osher nasli ana shulardan iborat boʻlib, ular urugʻboshilar, mashhur bahodir jangchilar, obroʻli yoʻlboshchilar edilar. Osher qabilasining nasabnomasida jang qilishga qodir 26.000 kishi qayd etilgan edi.

Currently Selected:

1 Solnomalar 7: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in