1 Solnomalar 24
24
24–BOB
Ruhoniylar va ularning vazifalari
1Horun nasli xizmat uchun guruh–guruhlarga boʻlindi. Horunning Nadov, Abihu, Elazar va Itamar ismli toʻrt oʻgʻli bor edi. 2Lekin Nadov bilan Abihu otalaridan oldin, oʻgʻil koʻrmasdan vafot etganlari uchun, Elazar bilan Itamar ruhoniy boʻldilar. 3Shoh Dovud Horun naslini, bajaradigan vazifalariga koʻra, guruhlarga boʻldi. Unga bu ishda Elazar naslidan boʻlgan Zodoʻx va Itamar naslidan boʻlgan Oximalek yordam berdilar. 4Elazar naslidagi urugʻboshilarning soni Itamar naslinikiga qaraganda koʻproq boʻlgani uchun, Elazar nasli 16 guruhga, Itamar nasli esa 8 guruhga boʻlindi. 5Maʼbadda Xudoga xizmat qiladigan malakali rahnamolarning baʼzilari Elazar naslidan, boshqalari esa Itamar naslidan edilar. Shu sababdan tarafkashlikka yoʻl qoʻymaslik uchun bajaradigan vazifalari ularga qurʼa boʻyicha#24:5 …qurʼa boʻyicha… — 6:54 izohiga qarang. boʻlib berildi.
6Elazar va Itamar nasllari uchun navbatma–navbat qurʼa tashlandi. Levilardan boʻlgan kotib Natanil oʻgʻli Shamayo qurʼa natijalarini qayd etib turdi. Shoh, uning aʼyonlari, ruhoniy Zodoʻx, Abuatar oʻgʻli Oximalek hamda ruhoniy va levi xonadonlarining urugʻboshilari bunga shohid boʻldilar.
7Birinchi qurʼa Yohayirivga tushdi.
Ikkinchi qurʼa Yodayoga tushdi.
8Uchinchi qurʼa Xarimga tushdi.
Toʻrtinchi qurʼa Sayoʻrimga tushdi.
9Beshinchi qurʼa Malkiyoga tushdi.
Oltinchi qurʼa Miyominga tushdi.
10Yettinchi qurʼa Xakkoʻzga tushdi.
Sakkizinchi qurʼa Abiyoga tushdi.
11Toʻqqizinchi qurʼa Yeshuvaga tushdi.
Oʻninchi qurʼa Shaxaniyoga tushdi.
12Oʻn birinchi qurʼa Eliashabga tushdi.
Oʻn ikkinchi qurʼa Yaximga tushdi.
13Oʻn uchinchi qurʼa Xuppaga tushdi.
Oʻn toʻrtinchi qurʼa Eshebovga tushdi.
14Oʻn beshinchi qurʼa Bildaxga tushdi.
Oʻn oltinchi qurʼa Immarga tushdi.
15Oʻn yettinchi qurʼa Xazirga tushdi.
Oʻn sakkizinchi qurʼa Xapizezga tushdi.
16Oʻn toʻqqizinchi qurʼa Patixiyoga tushdi.
Yigirmanchi qurʼa Yoxizqiyolga tushdi.
17Yigirma birinchi qurʼa Yoxinga tushdi.
Yigirma ikkinchi qurʼa Gamulga tushdi.
18Yigirma uchinchi qurʼa Daloyoga tushdi.
Yigirma toʻrtinchi qurʼa Maziyoga tushdi.
19Har bir guruh Egamiz uyidagi oʻz vazifasini ularning bobokaloni Horun tomonidan belgilangan koʻrsatmalar asosida bajarishi lozim edi. Bu koʻrsatmalarni Horunga Isroil xalqining Xudosi — Egamiz bergan edi.
Levi urugʻboshilarining roʻyxati
20Levidan bino boʻlgan boshqa urugʻboshilar quyidagilar edi:
Imrom naslidan — Shavuvol#24:20 Shavuvol — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Shuvavol. Uning Shavuvol degan shakli 23:16 dan olingan (yana 26:24 ga qarang).,
Shavuvol naslidan — Yoxidayo,
21Raxaviyo naslidan — yoʻlboshchi Ishshiyo,
22Izxor naslidan — Shalumit#24:22 Shalumit — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Shalumoʻt. Uning Shalumit degan shakli 23:18 dan olingan.,
Shalumit naslidan — Yaxat,
23Xevron naslidan — toʻngʻichi Yoriyo, ikkinchisi — Emoriyo#24:23 Xevron naslidan — toʻngʻichi Yoriyo, ikkinchisi — Emoriyo… — ikkita ibroniy qoʻlyozmasidan va qadimiy yunoncha tarjimaning baʼzi qoʻlyozmalaridan (yana 23:19 ga qarang). Ibroniycha matnda Yoriyo naslidan — ikkinchisi Emoriyo…., uchinchisi — Yaxaziyol va toʻrtinchisi — Yoxamom,
24Uziyol naslidan — Mixo,
Mixo naslidan — Shomir,
25Mixoning ukasi — Ishshiyo,
Ishshiyo naslidan — Zakariyo,
26-27Marori naslidan — Maxli, Mushi va Yaziyo,
Yaziyo naslidan — Shoʻham, Zakkur va Ibri,
28-29Maxli naslidan — Elazar va Kish. Elazarning oʻgʻillari yoʻq edi.
Kish naslidan — Yaraxmal#24:28-29 …Maxli naslidan…Yaraxmal… — yoki …Marori naslidan — Elazar. Elazarning oʻgʻillari yoʻq edi. Kish naslidan — Yaraxmal….,
30Mushi naslidan — Maxli, Eder va Yarimoʻt.
Levi nasli, urugʻlari boʻyicha, ana shulardan iborat edi.
31Ular ham Horun nasli singari, qurʼa tashlab, bajaradigan vazifalarini aniqlab olgan edilar. Shoh Dovud, Zodoʻx, Oximalek, ruhoniy va levi xonadonlarining urugʻboshilari bunga shohid edilar. Katta oʻgʻil xonadoni, kichik oʻgʻil xonadoni qatori, qurʼa tashladi.
Currently Selected:
1 Solnomalar 24: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020