YouVersion Logo
Search Icon

1 Solnomalar 14

14
14–BOB
Dovudning Quddusdagi faoliyati
1Tir#14:1 Tir — Finikiyada muhim ahamiyatga ega boʻlgan shahar. Bu shahar Isroildan shimolda, Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan edi. Bugungi kunda bu yer Livan mamlakatining janubiy qismini tashkil qiladi. shohi Xiram Dovud huzuriga elchilar yubordi. Ular bilan Dovudga saroyining qurilishi uchun sadr yogʻochlarini joʻnatdi, tosh teruvchilar va duradgorlarni yoʻlladi. 2Dovud endi bildiki, Egamiz uni Isroil ustidan shoh qilib tayinlagan ekan, Oʻz xalqining haqi–hurmati uchun uning shohligini nihoyatda yuksaltirgan ekan.
3Dovud Quddusda yana xotinlar oldi, ular Dovudga yanada koʻp oʻgʻil–qizlar tugʻib berishdi. 4Dovudning Quddusda tugʻilgan farzandlari quyidagilar edi: Shammuva, Shoʻvav, Natan, Sulaymon, 5Yibxar, Elishuva, Elfalat, 6Noʻgax, Nafax, Yofiya, 7Elishama, Elyodax#14:7 Elyodax — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Balyodo. Uning Elyodax degan shakli 3:8 dan va 2 Shohlar 5:16 dan olingan. va Elifalet.
Filist xalqi ustidan gʻalaba
8Filistlar: “Dovudga moy surtilibdi. U butun Isroil xalqi ustidan shoh boʻlibdi” degan xabarni eshitishdi. Shundan keyin barcha Filist lashkari Dovudni qidirib jangga otlandilar. Bundan xabar topgan Dovud ham oʻz lashkari bilan ularga qarshi jangga otlandi. 9Filistlar kelib, Rafa vodiysini#14:9 Rafa vodiysi — Quddusdan bir necha kilometr janubi–gʻarbda joylashgan. talon–taroj qila boshladilar. 10Dovud Xudodan:
— Filistlarga hujum qilaymi? Ularni qoʻlimga berasanmi? — deb soʻradi#14:10 …Xudodan…deb soʻradi — shoh biror muhim qaror chiqarishdan oldin, Xudoning xohishini bilish uchun ruhoniylarga murojaat qilardi. Bunday hollarda ruhoniylar Urim va Tummim degan muqaddas narsalardan foydalanishardi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun Chiqish 28:15 ning ikkinchi izohiga qarang. Xudo Oʻz xohish–irodasini odamlarga baʼzan paygʻambarlar yoki tushlar orqali bildirgan (1 Shohlar 14:36, 28:6 ga qarang)..
— Hujum qil! — deb javob berdi Egamiz Dovudga. — Ularni qoʻlingga beraman.
11Shunday qilib, Dovud Baal–Perazimga borib, u yerda Filistlarni tor–mor qildi. Keyin shunday dedi:
— Suv toʻgʻondan toshib, dalani bosgani singari, Xudo gʻanimlarimni bosib, mening qoʻlim bilan ularni uloqtirib yubordi.
Shu sababdan bu yerga “Baal–Perazim”#14:11 “Baal–Perazim” — ibroniychadagi maʼnosi toshqinday bosib yoʻq qiluvchi xudo. degan nom berildi. 12Filistlar oʻsha yerda xudolarining tasvirlarini tashlab qochgan edilar, Dovud ularni yondirib yuborishni buyurdi.
13Koʻp oʻtmay Filistlar vodiyga qaytib kelib, u yerlarni yana talon–taroj qila boshladilar. 14Dovud tagʻin Xudoning xohish–irodasini soʻradi. Xudo esa unga shunday javob berdi:
— Sen ularning old tomonidan hujum qilma. Ularni aylanib oʻtgin–da, mumiyo daraxtlari tomondan yaqinlashib bor. 15Mumiyo daraxtlari tepasida Mening qadamim tovushlarini eshitganing zahoti ularga hujum qil. Oʻshanda Men Filist lashkarini yoʻq qilish uchun sening qarshingdan chiqqan boʻlaman.
16Dovud Xudo amr berganiday qilib, Givondan Gezer shahrigacha boʻlgan joylarda Filistlar lashkarini tor–mor qildi. 17Dovudning dongʻi hamma yurtlarga taraldi. Egamiz hamma xalqlarni undan qoʻrqadigan qilib qoʻydi.

Currently Selected:

1 Solnomalar 14: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in