YouVersion Logo
Search Icon

1 Solnomalar 11

11
11–BOB
Dovud Isroil shohi boʻladi
1Jamiki Isroil xalqi Xevronga#11:1 Xevron — Quddusdan qariyb 32 kilometr janubi–gʻarbda joylashgan shahar. — Dovudning huzuriga yigʻilib shunday dedi:
— Biz sizning jigaringizmiz. 2Ilgari Shoul shoh boʻlganda ham, urushlarda Isroil lashkariga oʻzingiz bosh boʻlar edingiz. Egangiz Xudo sizga: “Sen xalqim Isroilning choʻponi boʻlib, ularni boqasan, xalqim Isroilga sen rahnamolik qilasan”, deb aytgan edi.
3Shunday qilib, Dovud Xevronda Isroil oqsoqollari bilan Egamiz oldida ahd qildi. Isroil oqsoqollari, Egamizning Shomuil orqali bergan soʻziga muvofiq, Dovudning boshiga moy surtib, uni Isroil ustidan shoh qilib koʻtarishdi.
Dovud Quddusni bosib oladi
4Shoh Dovud bilan hamma Isroil sipohlari Quddusga yurish qildilar. Oʻsha davrda Quddus shahri Yobus deb atalgan boʻlib, u yerning oʻtroq xalqi Yobus xalqi deb atalar edi. 5Yobus aholisi Dovudga: “Sen bu yerga kira olmaysan”, dedi. Ammo Dovud Sion qalʼasiga#11:5 Sion qalʼasi — aslida Yobus xalqining qalʼasi, bu qalʼa Quddusdagi Sion tepaligida joylashgan edi. bostirib kirib, qalʼani egalladi. Keyinchalik bu qalʼaga “Dovud qalʼasi” deb nom berildi. 6Dovud: “Kimki Yobuslarga birinchi boʻlib hujum qilsa, u lashkarboshi boʻladi”, deb aytgan edi. Zeruya oʻgʻli Yoʻab birinchi boʻlib hujum qildi va lashkarboshi boʻldi. 7Dovud qalʼada yashay boshladi. Shuning uchun bu joy “Dovud qalʼasi” deb nom oldi. 8Dovud Quddusning sharq tomonidagi Millodan#11:8 Quddusning sharq tomonidagi Millo — Quddus shahri tepalik ustida edi. Bu tepalikning sharq tomoni oʻpirilib ketgani uchun uni tuzatish shart boʻlgan. Tepalikning oʻpirilib ketgan joyi tuproq bilan toʻldirilgan, kengaytirilgan va mustahkamlangan edi. Tepalikning bu qismi Millo deb atalardi. boshlab, butun shahar atrofini devor bilan oʻrab mustahkamladi. Yoʻab esa shaharning qolgan joylarini tuzatdi. 9Dovud tobora kuchayib borardi, chunki Sarvari Olam unga yor edi.
Dovudning “Uch qahramon” va “Oʻttiz qahramon” degan guruhlaridagi bahodir jangchilar
10Quyida shoh Dovudning bahodir jangchilari roʻyxati berilgan. Ular qolgan Isroil xalqi bilan birgalikda Egamizning vaʼdasiga muvofiq, Dovudni shoh deb eʼlon qilganlar hamda uning shohligi uchun kuchli tayanch boʻlganlar.
11Dovudga xizmat qilgan bahodir jangchilar quyidagilar: birinchisi — Xaxmoʻn urugʻidan Yoshuvam. U “Uch#11:11 Uch — qadimiy yunoncha tarjimaning baʼzi qoʻlyozmalaridan (yana 2 Shohlar 23:8 ga qarang). Ibroniycha matnda Oʻttiz. “Uch” va “oʻttiz” soʻzlari ibroniychada deyarli bir xil yoziladi. qahramon”ning#11:11 “Uch qahramon” — bular eng dongdor jangchilar guruhi edi. Ular mashhur “Oʻttiz qahramon” guruhining maxsus bir qismi boʻlgan. sardori edi. U nayzasi bilan uch yuz kishiga hujum qilib, hammasini bir jangda oʻldirgan edi.
12“Uch qahramon”dan ikkinchisi Oxoʻva urugʻidan Doʻdoʻ oʻgʻli Elazar edi. 13Filistlar jang qilish uchun Pas–Dammimda toʻplanganda, Elazar Dovud bilan birga edi. U yerdagi dalaning bir qismiga arpa ekilgan edi. Isroil lashkari qocha boshlagach, 14Elazar bilan Dovud dalaning oʻrtasida turib olib, u yerni himoya qilishdi. Filistlarni qirib tashlashdi. Shu tariqa, Egamiz ularni katta gʻalabaga erishtirdi.
15“Oʻttiz qahramon”#11:15 “Oʻttiz qahramon” — mashhurlikda ikkinchi oʻrinda turgan jangchilar guruhi. guruhi tarkibiga kirgan oʻsha uchta qahramon#11:15 “Oʻttiz qahramon” guruhi tarkibiga kirgan oʻsha uchta qahramon… — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Oʻttiztadan uchtasi…. Baʼzilar, matnda “Uch qahramon”dan boshqa uchta jangchiga ishora qilinadi, deb tushunadilar. Lekin shu bobdagi 19–oyatning ikkinchi qismida berilgan xulosada, 11-19–oyatlarda oʻsha uchta jangchi toʻgʻrisida soʻz ketyapti, degan fikr aytiladi. Dovudning yoniga — Adullam gʻori oldidagi qoyaga ketishdi#11:15 …Adullam gʻori oldidagi qoyaga ketishdi — Dovud Shoulning taʼqibidan qochib yurgan paytda bu voqea yuz bergan boʻlishi mumkin (1 Shohlar 22:1-6 ga qarang).. Rafa vodiysida#11:15 Rafa vodiysi — Quddusdan bir necha kilometr janubi–gʻarbda joylashgan. Filistlar lashkari qarorgoh qurgan edi. 16Bu paytda Dovud oʻzining adirdagi qarorgohida edi. Bitta Filist qoʻnolgʻasi esa Baytlahmda joylashgan edi. 17Dovud hasrat bilan:
— Qaniydi birortasi Baytlahm darvozasining yonidagi quduqdan menga suv olib kelib bersa! — dedi. 18Oʻsha uchta qahramon Filistlar qarorgohini yorib oʻtishdi–da, Baytlahmdagi darvozaning yonidagi quduqdan suv tortib, Dovudga olib kelishdi. Lekin Dovud suvni ichmay, yerga toʻkib, Egamizga bagʻishladi.
19— Bunday qilishdan meni Xudoyimning Oʻzi asrasin! — deb xitob qildi u. — Shu yigitlarning qonini ichaymi? Axir, ular jonini xavf–xatarga qoʻyib, suv olib kelishdi–ku!
Shuning uchun ham Dovud suvni ichishni istamadi. “Uch qahramon” ana shunday jasurlik koʻrsatishgan edi.
20Yoʻabning akasi Abushay “Oʻttiz#11:20 Oʻttiz — qadimiy suryoniycha tarjimadan. Ibroniycha matnda Uch. “Uch” va “oʻttiz” soʻzlari ibroniychada deyarli bir xil yoziladi. Shu bobning 21–oyatida ham bor. qahramon”ning sardori edi. Abushay nayzasi bilan uch yuz kishini oʻldirdi. Shu tariqa u “Uch qahramon” singari dong taratdi. 21U “Oʻttiz qahramon”dan ham mashhur edi, ularning yoʻlboshchisi boʻldi. Lekin “Uch qahramon”dan biri hisoblanmasdi.
22Kabzil shahridan Yohayido oʻgʻli Binayo degan jasur bir jangchi bor edi. U ajoyib ishlar qildi, Moʻablik ikki dovyurak odamni#11:22 Moʻablik ikki dovyurak odam — yoki Moʻabdagi ikkita ulkan sher yoki Moʻablik Oriyolning ikki oʻgʻli. oʻldirdi. Qor yoqqan kunda bir xandaqqa tushib, sherni oʻldirdi. 23Yana boʻyi besh tirsak#11:23 besh tirsak — taxminan 2,3 metrga toʻgʻri keladi. keladigan devday bir Misrlikni ham oʻldirdi. Misrlikning qoʻlidagi nayzasi toʻquvchining dastgohi xodasiday kelardi. Binayo uning ustiga tayoq bilan bostirib bordi. Nayzani Misrlikning qoʻlidan tortib oldi–da, oʻsha nayza bilan uni oʻldirdi. 24Binayoning qilgan ishlari ana shulardir. Shu tariqa, Binayo “Uch qahramon” kabi dong taratdi. 25U “Oʻttiz qahramon” orasida shuhrat topdi, lekin “Uch qahramon”dan biri hisoblanmasdi. Dovud uni qoʻriqchilar sardori qilib tayinladi.
26Boshqa bahodir jangchilar quyidagilardir:
Yoʻabning ukasi Osoyil,
Baytlahm shahridan Doʻdoʻ oʻgʻli Elxanon,
27Xaroʻd shahridan Shammox#11:27 Shammox — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Shammoʻt. Uning Shammox degan shakli 2 Shohlar 23:25 dan olingan.,
Palonlik Xalez,
28Taxuva shahridan Ixesh oʻgʻli Ero,
Onotoʻt shahridan Abuazar,
29Xusha shahridan Sibaxay,
Oxoʻva urugʻidan Zalmon#11:29 Zalmon — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Ilay. Uning Zalmon degan shakli 2 Shohlar 23:28 dan olingan.,
30Natufo shahridan Maxray va Banax oʻgʻli Xaled,
31Benyamin naslidan Givolik Ribay oʻgʻli Etxay,
Piraton shahridan Binayo,
32Gash soyliklaridan Xuray,
Bayt–Araba shahridan Abualvon#11:32 Abualvon — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Abil. Uning Abualvon degan shakli 2 Shohlar 23:31 dan olingan.,
33Boxurim#11:33 Boxurim — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Baxarum. Uning Boxurim degan shakli 2 Shohlar 23:31 dan olingan. shahridan Ozmobit,
Shalbim shahridan Eliyaxba,
34Gizonlik Yoshon#11:34 Yoshon — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Xoshim. Uning Yoshon degan shakli 2 Shohlar 23:32-33 dan olingan. oʻgʻillari,
Xaror shahridan Shaxey oʻgʻli Yoʻnatan,
35Xarorlik Shoror#11:35 Shoror — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Soxor. Uning Shoror degan shakli 2 Shohlar 23:32-33 dan olingan. oʻgʻli Oxiyom,
Ur oʻgʻli Elifal,
36Maxirotlik Xafer,
Palonlik Oxiyo,
37Karmil shahridan Xazro,
Ezbay oʻgʻli Paray#11:37 Paray — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Naray. Uning Paray degan shakli 2 Shohlar 23:35 dan olingan.,
38Natanning ukasi Yoʻel,
Xagri oʻgʻli Mivxor,
39Ommon xalqidan Zilax,
Baroʻt shahridan Zeruya oʻgʻli Yoʻabning qurolbardori Naxray,
40Yitar urugʻidan Ero va Goriv,
41Xet xalqidan Uriyo,
Oxlay oʻgʻli Zabad,
42Ruben qabilasining yoʻlboshchisi Shizo oʻgʻli Adinax va uning oʻttiz jangchisi,
43Maxo oʻgʻli Xanon,
Mitanlik Yoshafat,
44Ashtarutlik Uzziya,
Arorlik Xoʻtamning oʻgʻillari Shomo va Yaviyol,
45Shimri oʻgʻli Yodiyol va uning ukasi Tizlik Yoʻxo,
46Maxavlik Eliyol,
Elnamning oʻgʻillari Yarivay va Yoʻshaviyo,
Moʻab yurtidan Yitmo,
47Eliyol, Obid va Zoʻvolik Yasiyol.

Currently Selected:

1 Solnomalar 11: O‘zbMK

Highlight

Share

Copy

None

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in