1 Solnomalar 10
10
10–BOB
Shoh Shoulning oʻlimi
1Filistlar Isroil lashkari bilan jang qildi. Isroil lashkari Filistlarning oldiga tushib qochdi, koʻplari Gilbova togʻida#10:1 Gilbova togʻi — Jalila koʻlidan qariyb 32 kilometr janubi–gʻarbda joylashgan. halok boʻldi. 2Filistlar Shoul bilan uning oʻgʻillari ortidan tushdilar. Natijada Shoulning oʻgʻillari Yoʻnatan, Abunadav va Malkishuva oʻldirildi. 3Shoulning atrofida jang tobora avjiga chiqdi. Shu payt Filist kamonkashlari Shoulga qarata oʻq otdilar. Shoul yaralandi. 4U qurolbardoriga:
— Qilichingni sugʻurgin–da, menga sanch, toki anavi sunnatsizlar kelib, meni xoʻrlamasinlar, — dedi.
Lekin qurolbardori qoʻrqdi, Shoulning aytganini qilmadi. Shunda Shoul qilichini qinidan sugʻurib, oʻzini qilich ustiga tashladi. 5Qurolbardori ham Shoulning halok boʻlganini koʻrib, oʻzini qilichi ustiga tashlab, oʻldi. 6Shunday qilib, Shoul, uning uchala oʻgʻli va butun xonadoni bir kunda halok boʻlishdi. 7Yizril vodiysida#10:7 Yizril vodiysi — Gilbova togʻidan shimoli–sharqda joylashgan. yashaydigan Isroil xalqi oʻz sipohlarining qochganini, Shoul bilan oʻgʻillari oʻlganini koʻrishdi–yu, shaharlarini tashlab qochishdi. Filistlar bu shaharlarga kelib oʻrnashib olishdi.
8Ertasi kuni Filistlar halok boʻlganlarni talon–taroj qilgani jang maydoniga kelishdi. Birdan ular Gilbova togʻida Shoul bilan uning oʻgʻillarining jasadlari yotganini koʻrib qolishdi. 9Ular Shoulning kiyimlarini yechishdi, boshini kesib, qurollarini olishdi. Filist yurti boʻylab xabarchilar joʻnatib, bu xushxabarni oʻz butxonalarida eʼlon qilib, xalqqa eshittirishdi. 10Shoulning qurol–aslahasini oʻz xudolari uyiga qoʻyishdi, boshini esa xudo Doʻgʻon#10:10 xudo Doʻgʻon — Filist xalqining bosh xudosi (1 Shohlar 5:2 ga qarang). uyining devoriga qoqib qoʻyishdi. 11Giladdagi Yobosh#10:11 Yobosh — 1 Shohlar 11:1-11 ga qarang. aholisi Filistlarning Shoulni nimalar qilganini eshitishdi. 12Shunda hamma jasur yigitlar Shoul bilan oʻgʻillarining jasadlarini olib, Yobosh shahriga keltirishdi. Suyaklarini Yoboshdagi eman daraxti tagiga dafn qilgach, yetti kun roʻza tutishdi#10:12 …yetti kun roʻza tutishdi — oʻsha davrdagi urf–odatlarga koʻra, yetti kunlik roʻza azadorlikni bildirardi..
13Shunday qilib, Shoul Egamizga qilgan sadoqatsizligi uchun halok boʻlgan edi. U Egamizning soʻziga itoat etmadi. Buning ustiga, arvoh chaqiruvchiga maslahat solgan edi#10:13 …arvoh chaqiruvchiga maslahat solgan edi — 1 Shohlar 28:3-25 ga qarang.. 14Egamizning xohish–irodasini esa soʻramadi. Shuning uchun Egamiz uni oʻldirib, shohlikni Essay oʻgʻli Dovudga berdi.
Currently Selected:
1 Solnomalar 10: O‘zbMK
Highlight
Share
Copy

Want to have your highlights saved across all your devices? Sign up or sign in
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020

: