Hayotim azob bilan tugaydi,
Yillarim oh–voh bilan bitadi.
Gunohlarim dastidan kuchdan qoldim,
Etlarim suyaklarimga yopishib ketgan.
Dushmanlarim meni haqorat qiladi,
Qoʻshnilarim mendan hazar qiladi.
Doʻstlarim ham mendan qoʻrqadi,
Koʻchada koʻrib meni, qochib ketadi.